Mavzu: pedagogik jarayonni rivojlantirish


Download 97.2 Kb.
bet9/10
Sana16.06.2023
Hajmi97.2 Kb.
#1512902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Педагог.жараённи ривожл.

Binar dars.
Maqsad:
-narsa-hodisalarni tizimlilikning to‘rtinchi darajasida o‘rganish;
-tarbiyachilarning o‘zaro hamkorligini rivojlantirish;
-tarbiyalanuvchilarda predmetlarning o‘zaro bog‘liqligi, dunyoning bir butunligiga ishonch hosil qildirish.
Binar darsni o‘tkazishda bir nechta tarbiyachi ishtirok etish mumkin, yoki boshlang‘ich sinf tarbiyachisining (bir o‘zi bir nechta predmetdan dars berganligi uchun) o‘zi o‘tkazishi mumkin.
Masalan, matematika bilan jismoniy tarbiya darsini birgalikda olib borish. Mashg‘ulot kichik maydonchada olib boriladi yoki sinf maxsus tayoyrlanadi. Matematik topshiriqlar bilan estafeta o‘tkaziladi. Buning uchun tarbiyalanuvchilar 2, 3 yoki 4 guruxga ajratiladi. Har bir guruxda 1 tadan a’zo tarbiyachining komandasi bilan oldinga sakrab chiqadi, qator oralab yugurib borib, doska oldida terib ko‘yilgan kartochkalardan birini oladi. Unda yozilgan misolni doskaga yozib, yechadi va orqaga o‘girilib bir oyoqda sakrab o‘rniga keladi. Keyin guruxning navbatdagi a’zosi o‘yinni davom ettiradi. Tarbiyalanuvchilarning yugurish va sakrashlaridagi qoidalar jismoniy tarbiya tarbiyachisi tomonidan tushuntiriladi va kuzatib boriladi. Misollarni yechish tartibi esa sinf tarbiyachisi tomonidan tushuntiriladi, va kuzatib boriladi. Mashg‘ulotning bunday ko‘rinish shunisi bilan qiziqki, bunda jismoniy mashqlar orqali aqliy faoliyat faollashtiriladi.
Mashg‘ulotda musiqa tarbiyachisini ham taklif etish mumkin. Tarbiyalanuvchilar estafeta o‘yinini matematika yoki jismoniy tarbiyaga oid biror qo‘shiqni kuylab turib yoki shunchaki bir sho‘x kuy fonida bajarishlari mumkin.
Binar dars predmetlararo aloqani rivojlantiradi va ta’limning yaxlitligi, tizimliligini ta’minlaydi.


UMUMIY XULOSALAR
Ta’limda tarbiyalanuvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini motivlashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlarimiz quyidagi xulosalarni shakllantirish imkonini berdi.

  1. Didaktik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ta’lim jarayoni samaradorligini oshiradigan o‘qitish omillari ichida o‘quv-biluv faoliyatiga motivlashtirish omili birinchi o‘rinda turadi, ya’ni ta’lim samaradorligi 92% o‘quv-biluv faoliyatini motivlashtirishga bog‘liq.

  2. Motivlashtirish – (lotincha moveo – harakatlantiraman, siljitaman degan ma’nolarni anglatadi) bu tarbiyalanuvchilarni samarali o‘quv-biluv faoliyatiga, o‘quv materiali mazmunini faol o‘zlashtirishga yo‘naltiradigan jarayonlar, metodlar, vositalarning umumiy nomidir.

  3. Motivlashtirishni o‘rganish didaktika va pedagogik psixologiyaning markaziy muammolaridan biri bo‘lib hisoblanadi. “Agar didaktikada haqiqiy san’at sohasi bor bo‘lsa, u ham motivlar va ular bilan bog‘liq holda o‘qitish metodlari bo‘lib hisoblanadi”,- deb yozadi I.P.Podlasыy.

  4. Qat’iy o‘quv qiziqishlarini shakllantirishning amaliyotda isbotlangan samarali usul va vositalari sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • ta’sirchan dars o‘tish; o‘quv materialining yangiligi; tarixiy daktlarga asoslanganlik; bilimlarning ularni kashf qilgan kishilar taqdiri bilan bog‘liqligi; bilimlarni tarbiyalanuvchi hayoti va rejalarida qo‘llash imkoniyatlarini amaliy asoslab berish; ta’limning chngi va noan’anaviy shakllaridan foydalanish; ta’lim shakl va metodlarini almashtirib turish;

  • muammoli o‘qitishni tashkil etish; evristik ta’limni tashkil etish; kompyuterli o‘qitish; ta’limda multimediya-tizimlarni qo‘llash; ta’limda interaktiv kompyuter vositalarini qo‘llash; o‘zaro ta’lim (juftliklar va mikroguruhlarda); bilim, ko‘nikma va malakalarni test sinovidan o‘tkazish; tarbiyalanuvchilarning yutuqlarin namoyish etish; muvaffaqiyat vaziyatini yaratish;

  • musobaqa (sinfdagi o‘rtoqlari yoki o‘z-o‘zi bilan); sinfda ijobiy mikroiqlimni yaratish; tarbiyalanuvchiga ishonch bildirish; pedagogik takt va tarbiyachi mahorati; tarbiyachining o‘z predmeti va tarbiyalanuvchilarga munosabati; maktabdagi munosabatlarni insonparvarlashtirish.

  • 5. Tarbiyachining o‘z tarbiyalanuvchilari oldiga qo‘yadigan talablari ham unda o‘quv-biluv motivlarining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Talab qilish metodikasini puxta egallagan tarbiyachilar o‘z talablari bilan avvalo tarbiyalanuvchilarning alohida xatti-harakatlarini stimullashtirib boradilar.

Tanlangan mavzu bo‘yicha olib borilgan izlanishlar, amalga oshirilgan tajribalar, kuzatishlar natijasida quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:

  • Ta’limda tarbiyalanuvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini motivlashtirish muammosi nazariy jihatdan asoslanganligi bu ma’lumotlardan boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi sohasida foydalanish imkonini beradi.

  • To‘plangan ma’lumotlardan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan mutaxassislik fanlaridan olib boriladigan mashg‘ulotlarda, pedagogik amaliyotda, maxsus seminarlarda, ilmiy-amaliy koferensiyalarda foydalanish mumkin.




Download 97.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling