Mavzu: pedagogik jarayonni rivojlantirish


TA’LIMDA O‘QUV-TARBIYA JARAYONINI RIVOJLANTIRISH JARAYONIDA TARBIYACHI FAOLIYATI


Download 97.2 Kb.
bet3/10
Sana16.06.2023
Hajmi97.2 Kb.
#1512902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Педагог.жараённи ривожл.

2. TA’LIMDA O‘QUV-TARBIYA JARAYONINI RIVOJLANTIRISH JARAYONIDA TARBIYACHI FAOLIYATI
Ta’lim jarayonida tarbiyalanuvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini motivlashtirishda tarbiyachi juda muhim o‘rin egallaydi. Chunki u ta’lim jarayonini tashkil etuvchi va boshqaruvchi sub’ekt sifatida tarbiyalanuvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini ham bevosita boshqarib boradi.
Ta’lim jarayonida tarbiyalanuvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini boshqarish va motivlashtirish juda ko‘p omillarga bog‘liq. Shunday muhim omillardan biri bu o‘z predmetini qiziqarli qilib yetkaza olishdir. Zero, qiziqish barcha psixik jarayonlar (idrok, diqqat, xotira, tafakkur, iroda) ning kechishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. “Tarbiyalanuvchini tarbiyalash va ta’lim berish jarayonida o‘quv qiziqishi ko‘pqirrali ta’sirga ega bo‘ladi: ham tarbiyalanuvchini mashg‘ul qiluvchi, jonli ta’lim vositasi, ham tarbiyalanuvchi alohida xatti-harakatlarining kuchli motivi, ham tarbiyalanuvchining yo‘nalishini belgilaydigan qat’iy shaxsiy fazilat kabi ta’sir darajalariga ega bo‘lad”.
Xo‘sh, o‘quv-biluv qiziqishlarini shakllantirishning shart-sharoitlari nimalardan iborat? Tarbiyachi qanday qilib ta’lim jarayonida uni shakllantirishi mumkin? O‘quv-biluv motivlari doimiy ravishda takomillashib borishi uchun u nima qilishi kerak? Tajribali tarbiyachi o‘qishga nisbatan ongli ijobiy munosabatni qanday qilib vujudga keltiradi?
Mahoratli tarbiyachi o‘z tarbiyalanuvchilarida ijobiy o‘quv-biluv motivlarini shakllantirish uchun quyidagilarga e’tibor beradi:

  1. O‘quv-biluv motivlari va o‘quv predmetiga ijobiy munosabat tarbiyalanuvchi faol bo‘lganda, yangi bilimlarni mustaqil izlash va kashf qilish, muammoli topshiriqlarni hal etish jarayoniga jalb etilganda rivojlantirilishi mumkin.

  2. O‘quv mehnati ham, xuddi boshqa mehnat turlari singari, xilma-xil bo‘lsagina qiziqarli bo‘ladi.

  3. O‘qitilayotgan o‘quv predmetiga qiziqish paydo bo‘lishi uchun yaxlit holda va alohida olingan bo‘limlarining kerakligi, muhimligi va maqsadliligini tushunish alohida ahamiyatga ega.

  4. Yangi o‘quv materiali o‘tilgan materiallar bilan qancha ko‘proq aloqador bo‘lsa, tarbiyalanuvchi uchun u shunchalik qiziqarli bo‘ladi.

  5. O‘ta yengil yoki o‘ta murakkab o‘quv materiali tarbiyalanuvchida hech qanday qiziqish paydo qilmaydi. Ta’lim yetarli darajada murakkab, ammo tarbiyalanuvchining kuchi yetadigan bo‘lishi kerak.

  6. Tarbiyalanuvchining ishi qanchalik tez-tez tekshirilib, baholanib borilsa, uning uchun ishlash shunchalik qiziqarli bo‘ladi.

  7. O‘quv materialining yorqinligi, hissiyligi, tarbiyachining jonli va hissiy yorqin muloqoti tarbiyalanuvchiga, uning o‘quv predmetiga nisbatan munosabatiga juda katta kuch bilan ta’sir ko‘rsatadi.

Tarbiyachi har doim tarbiyalanuvchisining rivojlanish darajasi, uning xotirasi, diqqati, irodasi, maqsadga yo‘nalganligi ustidan nazorat qilib boradi. Bunda nimaga asoslanadi? Tarbiyachi o‘z tarbiyalanuvchisi - inson haqida shoshib yomon fikrga borishi yoki uni ayblashi mumkin emas. Uning bosh vazifasi – tarbiyalanuvchini barcha ko‘rinishlarida o‘rganish va tushunishga harakat qilishdir. Tarbiyachilik kasbi o‘ylamasdan ish ko‘rishni kechirmaydi. Tarbiyalanuvchi qalbiga chuqur kirib borish, uning ruhiyati va xarakterini anglab olish mahoratli tarbiyachiga xos bo‘lgan xususiyatdir.
Ma’lumki, o‘quv-biluv faoliyatiga motivlashtirish darsdagi mos psixologik iqlimning yaratilishiga ham bog‘liq. Darsda samarali psixologik muhitni qanday qilib o‘rnatish mumkin? Eng avvalo sinfda tarbiyalanuvchining xotirjam ishlashi uchun xalaqit beradigan, chalg‘itadigan, uni g‘ashiga tegadigan barcha narsalarni yo‘qotishga harakat qilish kerak.
To‘g‘ri talab qo‘yishning muhim omillaridan biri – bu muayyan pedagogik vaziyatni hisobga olishdir. Ya’ni o‘qiuvchi u yoki bu talab shaklini tanlaganda o‘sha talab qo‘yiladigan sharoitni ham inobatga olishi muhimdir. Eng asosiysi – tarbiyachining talabi ijobiy, aniq, tarbiyalanuvchining kuchi yetadigan va oxiriga yetkaziladigan bo‘lishi kerak.
Darsda tarbiyalanuvchi o‘quv predmeti va tevarak-atrofdagi voqea-hodisalarni faol anglab boradi, shuningdek, tarbiyalanuvchida unga nisbatan muayyan munosabat ham shakllanadi. Ba’zi voqealar uni tashvishlantirsa, ba’zilariga nisbatan u loqayd bo‘ladi, nimadir unga yoqsa, nimadirga nisbatan befarq bo‘ladi, ba’zi tarbiyachilarni yaxshi ko‘rsa, ba’zilariga chidashga majbur. Psixologlar ijobiy his-tuyg‘ularni faoliyatga yo‘llovchi va ruhlantiruvchi buyuk kuch deb hisoblaydilar. Ta’lim jarayonida darsning hissiy-aqliy muhitini turli usullar bilan saqlab turish mumkin. Birinchidan, o‘rganilayotgan o‘quv materialining yoki qo‘shimcha materialning mazmunidagi qiziq ma’lumotni berish orqali.

Download 97.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling