Mavzu: pedagogik jarayonni rivojlantirish


Download 97.2 Kb.
bet2/10
Sana16.06.2023
Hajmi97.2 Kb.
#1512902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Педагог.жараённи ривожл.

Kurs ishining maqsadi: Pedagogik jarayonni rivojlantirishda o‘quv-biluv faoliyatini motivlashtirishning didaktik asoslarini ishlab chiqish hamda ta’lim sharoitida tarbiyalanuvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini motivlashtirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.


Kurs ishining vazifalari:

  1. Pedagogik jarayonni rivojlantirishda tarbiyachining tutgan o‘rni va ahamiyatini asoslash.

  2. Ta’limda o‘quv-biluv faoliyatini motivlashtirishning psixologik xususiyatlarini ochib berish.

  3. Pedagogik jarayonni rivojlantirish jarayonida tarbiyachi faoliyatining o‘rni va ahamiyatini ilmiy jihatdan asosolash.

  4. Ta’limda o‘quv-biluv faoliyatini motivlashtirish shakllari, metod va vositalarini belgilab berish.

Kurs ishining metodologik asoslari: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning ta’lim jarayonida barkamol shaxsni shakllantirish, ta’limni modernizatsiyalash, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishga qaratilgan yondashuvlari, Hukumat qarorlarida bu borada yaratilayotgan shart-sharoitlar va yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar, me’yoriy hujjatlar.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 4 bo‘lim, umumiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.



  1. MOTIVLAR - O‘QUV-TARBIYA JARAYONINI HARAKATLANTIRUVCHI KUCH SIFATIDA

Pedagog olimlar tomonidan olib borilgan qator didaktik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ta’lim jarayoni samaradorligini oshiradigan o‘qitish omillari ichida o‘quv-biluv faoliyatiga motivlashtirish omili birinchi o‘rinda turar ekan, ya’ni ta’lim samaradorligi 92% o‘quv-biluv faoliyatini motivlashtirishga bog‘liq ekan. Inson tabiatini ozgina bo‘lsada tushunadigan kishi buning bejiz emasligini e’tirof etadi. Motivlar didaktik jarayonning asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. Harakatlantiruvchi motivlarni o‘rganish, to‘g‘ri qo‘llash va uni to‘g‘ri yo‘naltira olish pedagogik faoliyat mazmunining asosiy mohiyatini belgilaydi.
Motivlashtirish – (lotincha moveo – harakatlantiraman, siljitaman degan ma’nolarni anglatadi) bu tarbiyalanuvchilarni samarali o‘quv-biluv faoliyatiga, o‘quv materiali mazmunini faol o‘zlashtirishga yo‘naltiradigan jarayonlar, metodlar, vositalarning umumiy nomidir. Obrazli qilib aytganda, motivlashtirish tizginlarini tarbiyachi ham, tarbiyalanuvchilar ham o‘z qo‘llarida tutib turadilar. O‘qitish faoliyati nuqtai nazaridan qarasak, ta’limni motivlashtirish, o‘qish faoliyati nuqtai nazaridan qarasak, o‘quv-biluv faoliyatini motivlashtirish haqida gapirish mumkin.
Motivlashtirish shaxsning ruhiy holati va munosabatlarining o‘zgarish jarayoni sifatida motivlarga asoslanadi. Motiv deganda shaxsni u yoki bu xatti-harakatni amalga oshirishga majbur qiladigan muayyan sabab, turtki tushuniladi. Shuningdek, motiv deganda tarbiyalanuvchining o‘z faoliyati perdmetiga munosabatini ham tushunish mumkin. Motivlar ehtiyoj va qiziqishlar, intilish va hissiyotlar, tayanch tushuncha va ideallar shaklida amal qilishi mumkin. Shuning uchun ham motivlar juda murakkab tuzilma bo‘lib, alternativlar, tanlov va qarorlar tahlil qilinadigan, baholanadigan dinamik tizimdir.
Ta’lim tizimida mavjud bo‘lgan motivlarni turli mezonlarga ko‘ra tasnif etish mumkin. Turiga ko‘ra ijtimoiy va biluv motivlari farqlanadi. Darajasiga ko‘ra esa motivlar quyidagilarga bo‘linadi:

  • Keng ijtimoiy motivlar (burch, mas’uliyat, o‘qishning ijtimoiy ahamiyatini tushunish). Eng avvalo, bu shaxsning o‘qish orqali o‘zining jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini tasdiqlashi bilan belgilanadi.

  • Tor ijtimoiy (yoki pozitsiyali) motivlar (kelajakda muayyan kasb-korni egallashga, atrofdagilarning e’tiboriga tushishga, o‘z mehnatiga yarasha munosib taqdirlanishga bo‘lgan intilish).

  • Ijtimoiy hamkorlik motivlari (atrofdagilar bilan turli ko‘rinishdagi o‘zaro hamkorlik qilishga, sinf jamoasi orasida o‘z pozitsiyasi va o‘rinini belgilashga intilish).

  • Keng biluv motivlari. Eruditsiyaga ko‘ra yo‘nalish olish, ta’lim jarayoni va uning natijalaridan qoniqish hissi bilan belgilanadi. Kishining o‘quv-biluv faoliyati uning hayot faoliyatida yetakchi o‘rin egallaydi.

  • O‘quv-biluv motivlari (bilimlarni egallash usullari, muayyan o‘quv predmetlarini o‘zlashtirishga yo‘nalganlik).

  • Mustaqil ta’lim motivlari (qo‘shimcha bilmlarni egallashga yo‘nalganlik).

Amaliy pedagogikada bu motivlar yo‘nalishi va mazmuniga ko‘ra alohida guruhlarga birlashtiriladi:

  1. ijtimoiy (ijtimoiy qimmatga ega) motivlar;

  2. biluv motivlari;

  3. kasbiy ahamiyatga molik motivlar;

  4. estetik motivlar;

  5. kommunikativ;

  6. mavqe-pozitsiyali motivlar;

  7. tarixiy-an’anaviy motivlar;

  8. utilitar-amaliy motivlar.

Motivlarni ba’zida ichki va tashqi motivlarga ajratadilar. Dastlabkisi, albatta, tarbiyachilar, ota-onalar, sinf jamoasi, yaxlit olganda – jamiyat talablaridan kelib chiqadi va ko‘satma, ishora, talab, topshiriq, turtki berish va hatto ba’zan majburlash shaklida namoyon bo‘ladi. Bular, odatdagidek, o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, ammo ko‘pincha ichki qarshilikka sabab bo‘ladi, shuning uchun ham bu motivlarni insonparvarlik nuqtai nazaridan qaraganda ma’qullab bo‘lmaydi. Shunday qilish kerakki, tarbiyalanuvchining o‘zi nimanidir bajarishni xohlasin va bajarsin. Insonni motivlashtirishning haqiqiy manbai kishining o‘zida mavjud bo‘ladi. Shuning uchun ham ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishda o‘qitish motivlar – tashqi tomondan bosim o‘tkazishga emas, balki o‘qish motivlari – ichki qo‘zg‘otuvchi kuchlarni shakllantirish hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Bundan tashqari kishida anglangan va anglanmagan motivlar ham mavjud bo‘ladi. Anglangan motivlar tarbiyalanuvchining uni xatti-harakatga keltiradigan sabablar to‘g‘risida aniq so‘zlab bera olishida namoyon bo‘ladi. Anglanmagan motivlar esa shunchaki his etiladi, ong orqali nazorat qilinmaydigan, mavhum xatti-harakatlarda namoyon bo‘lishiga qaramay, ba’zida juda kuchli bo‘lishi mumkin.
Nihoyat, aniq, ya’ni tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar tomonidan anglangan, maktabdagi yutuqlarni aniq belgilab beradigan motivlar hamda o‘tkinchi (o‘ylab topilgan, sarobga o‘xshagan) motivlar ham bo‘ladiki, ular mayyan sharoitda amal qilishi mumkin. Didaktik jarayon aniq motivlarga tayanshi va shu orqali yangi-yangi, yanada yuksak hamda amaliyotga yaroqli, ayni paytda shaxsni takomillashtirish dasturida istiqbolli ahamiyatga molik motivlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi lozim.
Tarbiyalanuvchining o‘qishga nisbatan munosabatini kuzatib turib, u yoki bu xildagi o‘qish motivlari haqida dastlabki tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tarbiyalanuvchining o‘quv jarayoniga kirishuvchanligining bir nechta darajalari mavjud: salbiy, loqayd (yoki neytral), ijobiy-1 (amorf, tabaqalashmagan), ijobiy-2 (tashabbuskor va anglangan), ijobiy-3 (shaxsiy, mas’uliyatli, ta’sirchan).
Tarbiyalanuvchilarning o‘qishga nisbatan salbiy munosabatlari motivlarning sayozligi va torligi bilan, ya’ni o‘qishdagi yutuqlarga nisbatan qiziqishning pastligi, bahoga yo‘nalganlik, maqsad qo‘ya olmaslik, qiyinchiliklarni yenga olmaslik, o‘qishni istamaslik, maktabga va tarbiyachiga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lish bilan belgilanadi.
Loqadlik munosabati ham xuddi shunday tavsifga ega, ammo ijobiy natijalarga erishish uchun qobiliyati va imkoniyati mavjudligi bilan belgilanadi. Qobiliyatli, ammo dangasa - bu tipga mansub bo‘lgan tarbiyalanuvchilarning qisqacha ta’rifi shunday.
Tarbiyalanuvchilarning o‘qishga nisbatan ijobiy munosabatlarining turli darajalarida o‘zgaruvchan motivlar yanada chuqurroq anglangan motivlarga aylanib boradi, shuning uchun ham ta’sirchanroq bo‘lib hisoblanadi. Eng yuqori darajadagi motivlar o‘zining qat’iyligi, ierarxiyasi, tarbiyalanuvchining istiqbolli maqsadlar qo‘ya olishi, o‘z xatti-harakatlari va o‘quv faoliyati natijalarini oldindan ko‘ra olish, maqsadga erishish yo‘lidagi qiyinchiliklarni yenga olish ko‘nikmalarining mavjudligi bilan belgilanadi. Shuningdek, o‘quv-biluv faoliyatida o‘quv topshiriqlarini bajarishda nostandart yechimlarni qidirishga intilish, xatti-harakatlarning moslashuvchanligi va uyaliligi, ijodiy faoliyatga o‘tib borishi, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarininig shakllanib borishi ham motivlarning ushbu darajasi uchun xos xususiyat bo‘lib hisoblanadi.
Tarbiyalanuvchining o‘qishga nisbatan munosabatini tarbiyachilar, odatda, ularning faolligiga ko‘ra aniqlaydilar. Faollik (o‘qishdagi, bilimlarni o‘zlashtirishdagi) tarbiyalanuvchining faoliyat predmetiga ta’siri darajasiga ko‘ra belgilanadi.
Faollik quyidagi ichki komponentlardan tashkil topadi:

  • o‘quv topshiriqlarini bajarishga tayyorlik;

  • mustaqil faoliyatga intilish;

  • topshiriqlarni ongli bajarish;

  • o‘qishning tizimliligi;

  • o‘zining shaxsiy imkoniyatlarini oshirishga harakat qilish va boshqalar.

O‘quv-biluv faoliyatini motivlashtirishning yana bir muhim tomoni – mustaqillik, ya’ni tarbiyalanuvchining kattalar ko‘magisiz faoliyat ob’ekti, vositalarini o‘rganish, uni amalga oshirish ko‘nikmalari bo‘lib hisoblanadi. Tarbiyalanuvchining o‘quv-biluv faoliyati faolligi va mustaqilligi o‘zaro ajralmas tushunchalar bo‘lib, biri ikkinchisini taqozo qiladi va rivojlantiradi.
Tarbiyalanuvchilar faolligini boshqarish an’anaga ko‘ra faollashtirish deb ataladi. Uni samarali va maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv-biluv faoliyatiga nisbatan doimimy ravishda yo‘llab borish jarayoni sifatida tasavvur qilish mumkin. Faollashtirishning asosiy maqsadi – tarbiyalanuvchilarning faolligini, ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish. Pedagogik amaliyotda o‘quv-biluv faoliyatining faollashtirishning turli yo‘llari qo‘llaniladi, bular, asosan – ta’limning turli shakl, metod va vositalari bo‘lib, ulardan shundaylari tanlanishi kerakki, muayyan vaziyatlarda tarbiyalanuvchilarning faolligi va mustaqilligi uchun sharoit yarata olsin.



Download 97.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling