Tarixiy tadqiqotda qidiruv tizimlaridan foydalanish Reja


yillar – ko`plab kompyutеr tarmoqlari paydo bo`ldi


Download 112.45 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2024
Hajmi112.45 Kb.
#1819670
1   2   3
Bog'liq
Tarixiy tadqiqotda qidiruv tizimlaridan foydalanish

70 yillar – ko`plab kompyutеr tarmoqlari paydo bo`ldi.

  • 1974 – Tarmoqdagi kompyutеrlarni bir-biri bilan bog`lash uchun TCP – Transmission Control Protocol taklif qilindi. Bu protokolni taklif qilgan Virt Cerf va Bob Kahn lar kеyinchalik intеrnеt otalari dеb nom oldilar.

  • 1978 – IPv4 protokoli qabul qilindi.

  • 1982 – ARPA net ikkiga bo`lindi. Milnet (Military net – harbiy tarmoq) va Internet (tarmoqlararo tarmoq).

  • 1983 – TCP/IP – Transmission Control Protocol/Internet Protocol tarmoqlar orasida ma'lumotlarni almashish protokoli Intеrnеt uchun asos qilib olindi.

  • 1984 – Intеrnеtda domеnlarni nomlash tizimi (Domain Name System) joriy qilindi.

  • 1986 – Tеzligi 56 kbG`s bo`lgan birinchi intеrnеt magistrali ishga tushdi.

  • 1988 – finlyandiyalik talaba Yarko Oykarinеn intеrnеt orqali chat sug`batlari g`oyasini taklif qildi.

  • 1990 – Birinchi xususiy Intеrnеt provaydеri ish boshladi.

  • 1991– Tim Berners-Lee tomonidan World Wide Web (butun olam to`ri)ga asos solindi. Intеrnеt hozirgi ko`rinishga ega bo`ldi.

  • 1994 – Yahoo kompaniyasiga asos solindi.

  • 1995 – eBay ish boshladi.

  • 1995 – birinchi vеb brauzеr Netscape Navigator sotuvga chiqarildi.

  • 1996 – Google loyihasi ish boshladi.

  • 1999 – yirik shaharlarda DSL liniyalari orqali intеrnеtga ulanish ommaviylasha boshladi.

  • 2000 – Intеrnеt2, IPv6 ish boshladi.

  • 2001 – Fayl almashish xizmati ommaviylashib kеtdi.

  • 2004 – on line o`yinlar ommaviylashib kеtdi. World of Warcraft ga obuna bo`lganlar soni 12 mlndan oshdi.

  • 2005 – Web 2.0 tеxnologiyalari ommaviy tarzda qo`llana boshlandi. Butun olam to`rining qiyofasi o`zgardi. You Tube va Wikipedia saytlari mashhur bo`lib kеtdi.

  • 2007 – Mobil intеrnеt ommaviylashdi. Apple iPhone ommaviy ravishda sotila boshladi.

  • 2008 – Facebook portali o`zining egasi: 20 yoshli talabaga 6 milliard daromad kеltirdi.

  • 2010 –IPv4 rеsurslari tugadi va Intеrnеt2, IPv6 uning o`rnini egallab, Intеrnеtning rasmiy protokoli dеb e'lon qilindi.

  • Kutubxona katalogi - bir yoki bir necha kutubxona fondida mavjud kitoblar, hujjatlarning tarkibi va mazmunini ochib beruvchi bibliografik yozuvlar roʻyxati. Kutubxona katalogi kartochkali yoki kompyuter yozuvlari shaklida boʻlishi va elektron disklar yoki kitob holida koʻpaytirilib sakdanishi mumkin. Kutubxona katalogi kutubxona fondini toʻla yoritish, kitobxonlarning osonlik bilan kitob tanlashlariga yordam berish, kitobxonlarga turli bilimlarni singdirish hamda ularni maʼnaviy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

  • Bosma asarlarning turlari, mavzuning rang-barangligi hamda kitobxonlar talablaridagi xilma-xilliklar Kutubxona katalogining murakkab tizimini yaratishni taqozo etadi. Kutubxona katalogi tuzishning nazariy va uslubiy asoslarini ishlab chiqarish kutubxonashunoslikning asosiy vazifalaridan biridir. Kutubxona katalogi vazifasiga koʻra, kitobxonlar (maʼlumot-tavsiya beruvchi) va kutubxonachilarga moʻljallangan yor-damchi kataloglarga boʻlinadi (yordamchi kataloglar eskirgan, juda kam talab etiladigan asarlarni ham oʻz ichiga oladi). Materiallarni guruhlashda Kutubxona katalogi alfavitam, sistemali, predmetli va boshqalarga boʻlinadi.

  • Alfavitli Kutubxona katalogi barcha kutubxonalarning majburiy kataloglaridan biri, unda asarlar muallifining nomi, nasabi, asarlarning sarlavhalari alfavit tartibida beriladi. Sistemali Kutubxona katalogi asarlar mazmuniga asoslanib fan tarmoqlari boʻyicha guruhlanadi: unda kitoblar mantiqiy boʻlinish tartibida (umumiydan xususiyga qarab) — ilmiy fanlar, boʻlimlar, boʻlinmalar va h.k. boʻyicha joylashtiriladi. Sistemali Kutubxona katalogi kitob mazmunini ochib berish bilan birga, uning tarmoq boʻlinishlarini ham hisobga oladi va koʻpgina fanlarni bir tarmoq nuqtai nazaridan bir joyga toʻplash imkoniyatini yaratadi. Bu katalog maxsus ishlangan tayyor jadval ("Kutubxona-bibliografiya klassifikatsiyasi jadvali") asosida tashkil qilinadi. Predmetli Kutubxona katalogida asarlarda bayon qilingan voqea-hodisalar, tushunchalar sohalar boʻyicha emas, balki alfavit tartibida joylashtiriladi, materiallarni alohida guruhlanishi bilan sistemali Kutubxona katalogidan farq qiladi; uning afzalligi boʻlimlarni alfavit tartibida joylashtirilishi tufayli dolzarb muammolarni tezda yoritish va ulardan foydalanishga imkon tugʻdiradi hamda maʼlumotnomali axborot berish vazifasini bajaradi.

  • Har bir kutubxonada alfavitli va sistemali Kutubxona katalogi, shuningdek, gaz.-jur. maqolalari kartotekasi boʻlishi lozim. Predmetli Kutubxona katalogi ilmiy va maxsus kutubxonalarda qoʻllaniladi. Respublika, oʻlka, viloyat kutubxonalarida adabiyotlar va shu joylar bilan bogʻliq materiallar boʻyicha Kutubxona katalogi tuziladi, bunday kataloglar oʻlkashunoslik katalogi, mahalliy matbuot katalogi deyiladi. Kutubxonalarning axborot berish vazifalari va kutubxonalararo abonementlarning koʻpayishi bilan bir necha mustaqil kutubxona fondlarini ifodalaydigan qoʻ sh m a Kutubxona katalogi (koʻpincha hududiy yoki fan tarmoqlariga koʻra) tuziladi.

  • Respublikada Kutubxona katalogining markazlashtirilgan tizimi tashkil etilgan. Jumladan, ommaviy kutubxonalar uchun moʻljallab nashr etilayotgan barcha kitoblarda ularning katalogga tushirilgan kartochkalaridagi belgilari berib boriladi; Oʻzbekiston Respublikasi Milliy kitob palatasi tomonidan bosma kartochkalar tarqatiladi.

  • Elektron pochta (e-mail) — maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi orqali axborotlarni bir foydalanuvchi elektron qutisidan boshqasinikiga joʻnatish, qabul qilish va maʼlum vaqtgacha saqlanishini taʼminlovchi dasturiytexnik vositalar toʻplami. E-Mail axborotlarni tarmoqning bir punktidan boshqasiga tezkor uzatishni taʼminlaydi. E-Mailda maxsus shlyuzlar orqali har xil elektron axborot tizimlari vositasida axborotlar dunyoning istalgan burchagiga uzatiladi. E-Maildan uzluksiz ravishda yoki maʼlum vaqt (seans)larda foydalanish mumkin. E-Mail 20-asrning 60- yillarida "katta" hisoblash mashinalarida "koʻp foydalanuvchilar tartibi" dasturining ishlatilishidan boshlangan. 1989 yilda birinchi marta tijorat pochta xizmatlari bilan internet oʻrtasida aloqa oʻrnatildi.

  • Oʻzbekiston hududida E-Mail xizmati 1990—91 yillarda maʼlumot uzatish tarmogʻi operatorlari tomonidan taqsim etila boshlandi. 1997 yilda Toshkent pochtamti korxonasida "Ke1sot" tarmogʻi orqali E-Mail xizmatlari punkti ishga tushirildi. Hozir Oʻzbekistonda fuqarolar, korxonalar, xonadonlar internet tizimiga ulangan kompyuterlar va "Internet kafe"lar orqali E-Maildan foydalanadilar. Internetga chiqish imkoniyati boʻlmagan mijozlar uchun "Oʻzbekiston pochtasi" aksiyadorlik tarmogʻi orqali E-Mail va gibrid pochta (pochtani qabul qilish, ishlov berish va yetkazish jarayonida E-Mail va anʼanaviy pochta resurslari ishlatiladi) xizmatlarini yoʻlga qoʻyish ishlari olib borilmoqda. Gibrid pochta orqali korxona, tashkilotlar va oʻquv muassasalaridan olingan axborot, xabar, reklama, taklifnoma, chaqiruv qogʻozlari va boshqalar pochta xodimlari tomonidan oluvchilarning manzillariga yetkazilib beriladi.

  • Elektron pochta (inglizcha: E-mail yoki emailelectronic maildan qisqartma) — kompyuter tarmoqlarida informatsiyani uzatish usullaridan biri. FidoNet tarmogʻida elektron pochtaning analogi Netmail deb ataladi.

  • Elektron pochtaning asosiy hususiyatlaridan biri u toʻgʻridan toʻgʻri pochtani oluvchiga emas, balkim oraliq boʻgʻin orqali yuboradi. Bu oraliq boʻgʻinnig nomi - pochta yashigi bo'lib, u serverda joydir, habarlar odatda usha erda saqlanadi va odatda unga faqat parol bilan yoʻl qoʻyiladi.

  • Pochta serverlariga pochta bilan ishlovchi programmalar orqali yoki veb interfeys orqali kirish mumkin.

  • Elektron pochtani yuboruvchidan qabul qilib olishigacha qadamma-qadam yoʻli (relay serversiz):

Qidiruv tizimi (inglizcha: search engine) — kompyuterda, kompyuter tarmogʻida yoki butunjahon web tarmogʻida World Wide Web saqlanayotgan maʼlumotlarni qidirishga moʻljallangan dasturdir. Internet qidiruv tizimi Information Retremdan kelib chiqqan. Bu sistema maʼlumotlar bazasi uchun kalit-soʻzlar indeksini yaratib, natijada ushbu kalit-soʻz qatnashgan qidiruv soʻrovnomasiga javob sifatida natijalar roʻyxatini koʻrsatish imkoni paydo boʻladi. Qidiriv tizimining afzalliklaridan biri bu kerakli maʼlumot yoki axborotni qisqa vaqt ichida komputer xotirasidan topib uni foydalanuvchiga yetkazishdir. Qidiruv tizimining asosiy vazifalari hamda tarkibiy qismlari quyidagilardir:

  • Indeks yaratish va yangilab turish (hujjatlardagi maʼlumotlar strukturasi)

  • Qidiruv soʻrovnomalarini bajarish

  • Qidiruv natijasini imkon qadar mazmunli, yaʼni tushunarli shaklda koʻrsatish

Odatda maʼlumotlar qidirish avtomatik ravishda amalga oshiriladi, masalan WWWda Webcrawler, alohida kompyuterda esa foydalanuvchi belgilagan Indexlar roʻyxatidan barcha maʼlumotlarni oʻqish.
Qidiruv tizimi turlari Qidiruv tizimlarini bir qancha belgilariga koʻra turlarga ajratish mumkin. Quyidagi belgilar misol sifatida tanlangandir. Yangi qidiruv tizimini yaratishda ushbu belgilarning hammasini olish shart emas.
Axborotlar turi Turli xil qidiruv tizimlari turli xil axborot turlarini qidira oladi. Avvaliga umumiy qilib maʼlumotlar turini koʻrsatish mumkin, masalan, matn, tasvir, videotasvir, audiofayl va b. Natijalar ham ushbu turlarga bogʻliq holda tartibga solinadi. Matn qidirilganda natija sifatida ushbu matndan kalit-soʻz qatnashgan bir qism koʻrsatiladi.
Axborotlar manbaʼi Klassifikasiyaning yana bir turi bu qidiruv tizimi topgan axborotning manbaʼi hisoblanadi. Koʻpincha qidiruv tizimining nomi axborotlani qaysi manbaʼdan qidirishini koʻrsatadi.

  • Web qidiruv tizimi — WWWdan maʼlumot qidiradi

  • Usenet qidiruv tizimi — butun dunyoga taqsimlangan munozaralar mediumi (vositasi) hisoblanadigan Usenetdan maʼlumot qidiradi

  • Intranet qidiruv tizimi — alohida tashkilotning ichki tarmogʻidagi kompyuterlardan maʼlumot qidiradi

  • Desktop qidiruv tizimi — alohida kompyuterning maʼlumotlar bazasidan maʼlumot qidiradigan dastur.

Amalga oshirish usuli

  • Indeksga asoslangan qidiruv tizimi — hozirda eng muhim tizim.Bu tizim tegishli maʼlumotlarni topib, indeks yaratadi. Indeks shunday bir strukturaki, bunda saqlangan maʼlumotlar keyingi qidiruv vaqtida ham qoʻllaniladi. Lekin bu tizimda indeksni yangilab turish va saqlash muammoli boʻlsa ham, qidiruv jarayoni tez ekanligi bu tizimning ustunligidir. Bu strukturani koʻpincha invers indeks deb ham atashadi.

  • Meta qidiruv tizimi — qidiruv soʻrovnomasini bir vaqtning oʻzida bir necha indeksga asoslangan qidiruv tizimlariga joʻnatadi va natijani turli kombinasiyada koʻrsatadi.Ustunlik tomoni — koʻp miqdorda maʼlumotlar topishi va implementasiya jarayoni osonroqligidir.Ushbu qidiruv tizimi kam uchraydigan maʼlumotlarni qidirshda yaxshi hisoblanadi.

  • Gibrid formadagi qidiruv tizimi — odatda nisbatan kichik indeksga ega, lekin boshqa qidiruv tizimlariga ham soʻrovnoma joʻnatib, natijani kombinasiyalangan tarzda koʻrsatishi mumkin.Kam uchraydigan maʼlumotlarni qidirishda yaxshi emas.

  • Guruhlashtirilgan qidiruv tizimi — nisbatan yangi, bunda qidiruv soʻrovnomasi oʻz qidiruv tizimiga ega bir necha kompyuterlagra joʻnatiladi va natija umumlashtiriladi. Markazlashtirilmagani uchun uzilib qolish xavfi yoʻq, ishonchli, lekin markaziy tsenzura (cheklashlar) qoýishning iloji yoʻq.

Interpretasiya Foydalanuvchining qidiruv soʻrovnmasi qidirsh jarayoni boshlanishidan oldin kerakli qidiruv algoritmiga tushunarli qilib interpretasiya(tarjima) qilinadi.Bu esa oʻz navbatida soʻrov sintaksisini imkon qadar soddaroq qilish va murakkab soʻrovlarni bajarish imkonini yaratishga xizmat qiladi. Koʻplab qidiruv tizimlari matematik mantiqdagi Bul operasiyalari yordamida turli kalit-soʻzlarning mantiqiy birikmasini hosil qila oladi.Natijada esa maʼlum kalit-soʻzga ega web-sahifani topish imkoni paydo boʻladi. Eng yangi qidiruv tizimi tabiiy tilni tushunadigan qidiruv tizimini boʻlib, uni semantik qidiruv tizimi deb atashadi. Eng koʻp qoʻllaniladigan qidiruv tizimlarining belgilari Eng koʻp qoʻllaniladigan belgilar kombinasiyasi WWWdan axborot manbaʼi sifatida matnli maʼlumotlar uchun esa HTML-format va qidiruvni amalga oshirishda esa indeks yaratishdan foydalanadi.Soʻrovnimani interpretasiya qilish koʻpincha sodda sintaksisga asoslanga holda amalga oshiriladi. Eng yirik qidiruv tizimi hosoblanmish Google, Yahoo Search va Microsoft Live Search mana shu uslubda ishlaydi. Natijani koʻrsatish Qidiruv natijasi koʻrsatadigan sahifa koʻpgina qidiruv tizimlari tomonidan ikkiga: tabiiy roʻyxat va homiylar linklariga ajratiladi. Homiylar linklari toʻlov asosida qidiruv indeksiga kiritilgan boʻlsa, tabiiy roʻyxatda qidirilayotgan kalit-soʻz qatnashgan boʻlsagina koʻrsatiladi.Foydalanuvshiga qidiruv tizimidan foydalanishni osonlashtirih maqsadida natijalar muvofiqlik boyʻicha (Ranking) saralanadi, lekin har bir qidiruv tizimi saralash uchun oʻz meʼyorlariga egadir. Bu meʼyorlarga quyidagilar kiradi:

  • maʼlumotning ahamiyati (Google uchun PageRank-koʻrsatkichi)

  • har bir topilgan malumotda qidirilayotgan kalit-soʻzning qanchalik koʻp uchrashi va joylashgan oʻrni

  • soʻralgan maʼlumotni baholash va soni

  • boshqa sahifalardan ushbu kalit-soʻz qatnashgan sahifaga qanchalik koʻp linklar berilganligi

  • link beriladigan sozlardir.

GOOGLE amerikalik transmilliy korporatsiya, Alphabet xoldingining bir qismi bo'lib, Internet qidiruvi, bulutli hisoblash va reklama texnologiyalariga sarmoya kiritadi. Google bir qator Internet xizmatlari va mahsulotlarini saqlaydi va rivojlantiradi (qarang: Google xizmatlari va vositalari roʻyxati) hamda oʻzining reklama dasturi orqali asosan reklamadan tushadigan daromad. U Amazon, Apple va Microsof bilan birgalikda Katta To'rtlik texnologiya kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniyaga Larri Peyj va Sergey Brin asos solgan. U birinchi marta 1996 yil 4 yanvarda xususiy kompaniya sifatida ro'yxatga olingan va 2004 yil 19 avgustda o'z aktsiyalarini fond bozorida sotishni boshlagan . Keyin Larri Peyj, Sergey Brin va Erik Shmidt Googleda yigirma yil, 2024 yilgacha birga ishlashga kelishib oldilar. Kompaniyaning boshidan buyon e'lon qilingan vazifasi "dunyo ma'lumotlarini tartibga solish, hamma uchun ochiq va foydali bo'lish" edi va Google muhandisi Pol Bukxeyt tomonidan ixtiro qilingan kompaniyaning norasmiy shiori: "Yo'q. yomon bo’l” . 2003 yilda kompaniya Kaliforniya shtatining Mountain View shahridagi hozirgi bosh qarorgohiga ko'chib o'tdi. 2016 yil 15 oktyabrda kompaniya Alphabet Inc xalqaro konglomeratiga aylantirildi.
Yahoo! (turli versiyalarga ko'ra yahu deb talaffuz qilinadi yoki Sviftning "Gulliverning sarguzashtlari" kitobidagi gumanoid mavjudotlar sharafiga yoki "Yet Another Hierarchical Officious Oracle" ning qisqartmasi, ingliz tilidan - "Another ierarchical Friendly Diviner") - bu Dunyodagi ikkinchi eng mashhur (7,57% ) qidiruv tizimiga ega bo'lgan Amerika kompaniyasi (2009 yilda Microsoft bilan kelishuvga binoan AQSh va Kanadada va 2016 yil holatiga ko'ra Yahoo! Bing qidiruv tizimi tomonidan amalga oshiriladi) va Yahoo Internet portali tomonidan birlashtirilgan bir qator xizmatlarni taqdim etadi! katalog; Portalda mashhur Yahoo! Pochta, Internetdagi eng qadimgi va eng mashhurlar
Rambler (o'qing Rambler; so'z rad etadi, masalan, Rambler. Ingliz tilidan tarjima qilingan - "sarguzasht", "adashgan", "bema'ni odam") - bu media -xizmat ko'rsatuvchi Internet -portal. 1996-2011 yillarda mavjud bo'lgan "Rambler-Search" qidiruv tizimi xuddi shu nomga ega edi.
2012 yilda portal falsafasi butunlay qayta ko'rib chiqildi - Rambler shaxsiylashtirilgan yangiliklar uchun media -portalga aylandi. 2013 yil may oyida Afisha-Rambler (Vladimir Potaninning ProfMedia xoldingi tarkibiga kirgan) va Aleksandr Mamutning SUP Media aktivlarining birlashishi natijasida tashkil etilgan Rambler & Co kompaniyalar guruhiga qo'shildi.


Download 112.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling