Tarixiy toponimika


Download 176.46 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.10.2020
Hajmi176.46 Kb.
#135788
Bog'liq
arab geograflari muqaddasiy istaxriy ibn havqal asarlarida toponomik malumotlar


O’ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI  

 

 

IJTIMOIY-IQTISODIY FAKU’TETI  

TARIX YO’NALISHI  

 

 

 201-GURUH TALABASI  

 

NASRIDDINOVA SANOBARNING 

 

“TARIXIY TOPONIMIKA” 

fanidan 

 

“Arab geograflari: Muqaddasiy, Istaxriy, Ibn Havqal asarlarida toponomik 



ma’lumotlar” 

 mavzusida yozgan 

 

R e f a r a t 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

ILMIY RAHBAR:                                       Z.SH.MADRAHIMOV 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Namangan-2014 

 

 



 

 


Mavzu: Arab geograflari: Muqaddasiy, Istaxriy, Ibn Havqal asarlarida 

toponomik ma’lumotlar

 

 



Reja: 

 

 



 

Kirish 


1.  Muqaddasiy va uning “Ahsan at-taqosim” asarida berilgan toponomik 

ma’lumotlar. 

2.  Istaxriy va uning “Kitob  masolik ul-mamolik” asarida berilgan toponomik 

ma’lumotlar. 

3.  Ibn Havqal va uning “ Kitob ul-masolik va-l-mamolik” asarida berilgan 

toponomik ma’lumotlar.  

Xulosa 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

          

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

KIRISH 

Dunyodagi hamma narsaning o’z nomi bor. Insonlar bir joyni ikkinchisidan, 

bir  ko’chani  yonidagi  bir  ko’chadan,  tog’-adirlarni,  shahar  va  qishloqlarni  bir-

biridan  farq  qilish  uchun  nomlar  o’ylab  chiqarganlar.  Ibtidoiy  jamoa  tuzumi 

davrida  nomlar  juda  kam  bo’lgan,  keyinchalik  aholi  paydo  bo’lib,  qo’yilgan 

nomlar  ham  ko’p  vaqtlar  o’tishi  bilan  boshqa  nomlarga    o’zgartirilib  yuborilgan 

yoki butunlay yo’q bo’lib ketgan. Bu voqeani hozirgi vaqtda ham aniq ko’rishimiz 

mumkin.  Ayrim  shahar  va  qishloqlarning  eski  nomlari  o’rniga  yangi  nomlar 

qo’yiladi, bu eski nom nima uchun yo’qotildi-yu, nima uchun yangi nom qo’yildi, 

buning  sabablarini  ham  aniqlash  mumkin.  Sobiq  ittifoq  davrida  paydo  bo’lgan 

geografik  nomlar  aksari  kommunistik  partiyaning  rahbarlari  va  partiya  hamda 

davlat  yugurdaklarining  nomlaridan  iborat  mafkuraviy  nomlar  edi.    Mustaqillik 

yillarida  bunday  toponimlar  bekor  qilinib,    joylarning  tarixiy  nomlari  tiklandi  va 

sof  xalqona  toponimlar  paydo  bo’ldi.  Mana  shunday  joy  nomlarini,  geografik 

nomlar yoki toponimlar deb ataladi. Toponimlarni esa toponimika fani o’rganadi.  

 Toponimika geografik nomlar, kishi ismlarini o’rganadigan fan hisoblanadi. 

Toponimika  atamasi  lotin  tilidan  olingan  bo’lib,    “topos”  –  joy  ,  “onom”  yoki 

“onima” – nom degan ma’noni bildiradi. 

Toponimika  faniga  qiziqish  Yevropada  XIX  asrning  oxirlaridan  kuchaydi. 

Toponimikaga  oid  maxsus  asarlar  paydo  bo’ldi  va  geografik  nomlarni 

o’rganadigan komissiyalar tashkil etildi.  

1917-  yilga  qadar  toponimika  mustaqil  fan  sifatida  o’rganilmay,  uning 

vazifasini tarixiy geografiya fani bajarib kelardi. Sobiq ittifoq davrida toponimika 

faniga e’tibor kuchayib,  toponimik materiallarni to’plash va qayta ishlash sohasida 

jiddiy  ishlar  boshlandi.  Toponimikaning  fan  sifatida  tarkib  topishida  rus 

olimlarining  xizmatlari  katta.  Bunday  olimlarga  misol  sifatida  A.P.Dulzon, 

A.K.Matveev,  E.M.Murzayev,  V.A.Nikonov,  A.I.Popov,  V.N.Toporov  va 

boshqalarni keltirish mumkin.  

Bu  davrda  O`zbekiston  toponimlarini  o`rgangan  va  O`zbekiston 

toponimikasi  rivojiga  katta  hissa  qo`shgan  bir  qancha  o`zbek  toponimist  olimlar 



yetishib 

chiqqan. 

Jumladan, 

Ya.G`ulomov, 

M.Yo`ldoshev, 

H.Hasanov, 

A.B.Ahmedov, R.G.Muqminova kabi olimlar katta ishlarni amalga oshirgan.  

O`zbekistonning  VII  asr  oxiridan  boshlab,  XII  asrgacha  bo`lgan  tarixi 

ko`proq  va  deyarli  arab  tilidagi  yozma  manbalarda  yoritilgan  va  bu  an`ana 

keyincha ham Temuriylar davrigacha davom etgan. Bu davrda yurtimiz avval arab 

xalifaligi 

tarkibida 

so`ngra 

Somoniylar, 

Qoraxoniylar, 

G`aznaviylar, 

Xorazmshohlar davlatlarini boshdan kechirdi.  

O`zbekiston joy nomlarining o`rganilishiga “arab geograflari” nomlari bilan 

mashxur  olimlar  katta  hissa  qo`shgan.  Arab  eografiyasi  ayniqsa  X  asrda  keng 

rivojlandi. Bu davrda Muqaddasiy, Istaxriy, Ibn Havqal, Ibn Rusta, Ibn Xurdodbeh 

kabi  olimlar  va  boshqalar  yetishib  chiqdi.  Mazkur  muarrixlar  yurtimiz  hududini 

umummusulmon  olami,  arab  xalifaligi  bir  qismi  sifatida  yoritganlar.  Arablar 

tomonidan  yurtimizga  berilgan  nom  Movarounnahr  –  daryoning  u  yog`idagi 

mamlakat  mazmunii  bildiruvchi  jug`rofiy  nom  bizgacha  yetib  kelgan  bo`lib, 

asosan arab mualliflari asarlarda keltirib o`tilgan.  

 

1.  Muqaddasiy  va  uning  “Ahsan  at-taqosim”  asarida  berilgan 

toponomik ma’lumotlar. 

Yirik  arab  geografi  va  sayyoh  olim  Muqaddasiy  to`liq  ismi  sharifi  Abu 

Abdulloh  Muhammad  Ibn  Ahmad  Ibn  Abu  bakr  al-Muqaddasiydir.  Olim  947  yili 

Quddusi sharifda tug`ilgan, butun dunyo musulmon mamlakatlari bo`ylab sayohat 

qilgan va 1000 yilda vafot etgan

1



Al-Muqaddasiy  sayohat  vaqtida  to`plagan  hamda  boshqa  manbalardan 

olingan aniq ma`lumotlar asosida 985 yili “Ahsan at taqosim fi ma`rifat al-aqolim” 

(“Iqlimlarni  o`rganish  uchun  eng  yaxshi  qo`llanma”)  asarini  yozgan.  Kitobning 

ikkita  tahriri  mavjud:  birinchi  tahriri  986  yili  amalgam  oshirilgan  bo`lib 

Somoniylarga, 989 yilgi ikkinchisi esa Fotimiylarga bag`ishlangan.  

Asar  muqaddima  va  ikki  qismdan  iborat.  Muqaddimada  muallif  asarning 

yozilish  tartibini  bayon  etgan  va  o`zidan  avval  o`tgan  geograf  olimlarning 

                                                 

1

 O'zME. 5-jild. – T.: O’zbekiston Milliy Ensklopediyasi, 2004. –B. 174. 



asarlariga  to`xtalib  o`tgan.  14  ta  bobida  esa  Arab  xalifaligiga  kiruvchi 

viloyatlarning  geografik  holati,  tabiiy  sharoitlari,  yirik  shaharlari,  me’moriy 

yodgorliklari, aholisi, xo`jaligi, karvon yo`llari, urf-odatlari, soliq va jarima turlari, 

har bir mamlakatning mashxur kishilariga doir aniq ma`lumotlar berilgan.  

Asarning  keyingi  boblarida  ajam  mamlakatlari  (Xuroson,  Seiston, 

Movaraunnahr) tavsiflangan.  Birinchi qismda arab  mamlakatlari, Arabiston yarim 

orolida joylashgan mamlakatlar Iroq, Mesopatamiya, Suriya, Misr, Mag`rib hamda 

kichik  Osiyoning  geografik  holati,  mashxur  shaharlari  osor-atiqlari  har  bir 

mamlakat va viloyatning ma`muriy tuzilishi haqida ma`lumotlar keltirilgan.  

“Ahsan  at-taqosim”  ijtimoiy-iqtisodiy  tarixiy  hamda  madaniy  hayotga  oid 

qimmatli  ma`lumotlari  bilan  boshqa  geografik  asarlardan  ajralib  turadi  va  arab 

mamlakatlari,  shuningdek  O`zbekistonning  ijtimoiy-iqtisodiy  hamda  siyosiy 

tarixini o`rganishda muhim manba bo`ladi.  

Asarning  arabcha  matni  de  Gue  tomonidan  1877-yili  chop  etilgan  edi.  U 

yana 1906-1967-yillari nashr etildi.  

Bu asarda ko`plab toponomik  ma`lumotlar rivoyat va afsonalar  keltirilgan. 

Jumladan Xorazm toponimi haqida shunday rivoyat keltirilgan. Podsho g`azabnok 

bo`lib    o`zining  bebosh  fuqarolarini  kimsasiz  uzoq  joyga  badarg`a  qilinishini 

buyuradi.  Lekin  bu  yerda  o`tin  va  go`sht  (ya`ni  Amudaryoda  baliq)  ko`p 

bo`lganligidan ular omon qoladilar. Musofirlar bu o`lkani obod qilib, Xorazm deb 

atadilar(xovar-go`sht, azim-o`tin).  

Farg’ona  so’zi  haqida  ham  rivoyatlar  bor.  Masalan,  Farg’onani  Nushirvon  

(Anushirvon) bunyod qilgan va podsho bu yerga har bir joydan bittadan qabila olib 

kelgan ekan. Shunday qilib, turli joylardan kelgan kishilar imoratlar qurib, ekinlar 

ekkan.  Kishilar  ularni  turli  joylardan  kelganligidan  Az,  har,  xona  “turli 

xonadonlardan  kelganlar”  deb  atay  boshlaganlar.  So’ngra  az  qo’shimchasi  tushib 

qolib, Harxona bo’lib ketgan , bu esa bora-bora Farg’ona shaklini olgan emish.  

Bundan tashqari Muqaddasiy ma`lumotlariga ko`ra, Chag`aniyonda 1600 ga 

yaqin  qishloq  bo`lgan.  Sayyoh  Farg`onada  Axsikat,  O`zgand,  O`sh,  Qubo, 

Marg`inon,  Rishton,  Koson,  Bob,(Pop)  Asht,  Avval,  Andukon,(Andijon), 



Xuqand(Qo`qon)  kabi  40  ta  shahar  hamda  jomiy  masjidli  qishloqni  sanab  o`tadi.    

Muqaddasiy    va  arab  geograflarining  asarlarida  nomlari  hozirgacha  saqlanib 

qolgan  toponimlar  tilga  olingan:  Zomin,  Jizzax,  Sobot,  Xovos,  Kurkat,  Samg`ar, 

Xo`jand va boshqalar

2

.  


Bu  kabi  ma`lumotlar  Vatanimiz  toponimiyasini  qamidiy  ekanligini 

ko`rsatadi. 



 

2.  Istaxriy  va  uning  “Kitob    masolik  ul-mamolik”  asarida  berilgan 

toponomik ma’lumotlar.  

Mashhur arab geograf olimi va sayyohi Istaxriy yoki Abu Is’hoq Ibrohim ibn 

Muhammad  al-Forsiydir.  Taxminan  850-yilda  Eronning  Fors  viloyatida  tug’ilib, 

taxminan  934-yilda  vafot  etgan.  U  915-yildan  boshlab  Eron,  Movarounnahr, 

Suriya,  Misr  va  Mag’rib  bo’ylab  sayohat  qilgan.  Mana  shu  sayohat  vaqtida 

to’plangan  boy  daliliy  material  va  zamondoshi  Abu  Zayd  Ahmad  ibn    Sahl  al-

Balhiyning  “Suvar  al-aqolim”  (“Iqlimlar  surati”)  kitobi  asosida  930-933-yillarda 

o’zining  “Kitob  masolik  ul-mamolik”(“Mamlakatlarga  boriladigan  yo’llar  haqida 

kitob”) nomli qimmatli asarini yozgan.  

Asar  yigirma  bobdan  iborat.  Unda  musulmon  mamlakatlari  (Arabiston, 

Mag’rib,  Misr,Suriya,  Iroq,  Eron,  Movarounnahr)  ,  Shuningdek,  Hindistonning 

chegaralari,  iqlimi,  ma’muriy  bo’linishi,  mashxur  shaharlari,  ularga  olib 

boriladigan  yo’llar,  aholisi  va  uning  mashg’uloti,  atoqli  kishilari,  savdo-sotiq  va 

boshqa  masalalar  bayon  etilgan.  O’lkalar  tavsifiga  ularning  xaritalari  ham  chizib 

ilova  qilingan.  Movarounnahr  tavsifi  va  xaritasida  O’rta  Osiyoning  suvlari  (Orol 

dengizi,  Amudaryo,  Sirdaryo,  Zarafshon,  kanallar),  aholi  maskanlari  kabilar 

to’g’risida ma’lumot bor.  

 “Kitob  masolik  ul-mamolik”  asarining  asl  matni  uch  marta  1870,  1927  va 

1967-yillari  Leydenda  chop  etilgan.  U  Abulmahosin  Muhammad  ibn  Sa’d  ibn 

Muhammad  an-Naxchivoniy  tomonidan  XVI  asrning  ikkinchi  yarmida  fors  tiliga 

                                                 

2

 Qorayev S. Toponimika. –T.: O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2006. –B. 37. 



tarjima  qilingan,  qo’lyozma  nushalari  Sankt-Peterburg  va  Toshkentda 

saqlanmoqda

3

.  


 

Ibn Havqal va uning “ Kitob ul-masolik va-l-mamolik” asarida berilgan 

toponomik ma’lumotlar.  

O’zdavrining  ko’zga  ko’ringan  yirik  geograf  olimi  va  sayyohi  bo’lgan  Ibn 

Havqalning  to’liq  ismi  Abulqosim  ibn  Havqal  an-Nisibiy  bo’lib,  nasabiga  ko’ra 

olim Shimoliy Mesopotamiyada joylashgan Nasibin shahridan chiqqan.  

Ibn Havqal 943-yildan boshlab savdogar sifatida turli mamlakatlar Markaziy 

Afrika, Ispaniya, Italiya, Eron Hindiston bo’ylab sayohat qilgan.  U Istaxriy bilab 

shaxsan uchrashgan. Uchrashuv vaqtida Istaxriy go’yoki undan o’z asaridagi xato 

va chalkashliklarni xalos qilish va qaytadan ushlashni iltimos qilgan.  

“Men,-  deb  yozadi  Ibn  Havqal,  -  uning  kitobidagi  bir  emas,  bir  necha 

xaritalarni  tuzatdim,  so’ngra  ushbu  o’z  kitobimni  yozishga  qaror  qildim.  Istaxriy 

kitobida uchragan xatolarni tuzatdim, kitobimga bir nechta xaritalarni ilova qildim 

va ularni izohlab berdim”. 

Ibn  Havqalning  asari  “Kitob  ul-masolik  va-l-mamolik”  (“Yo’llar  va 

mamlakatlar haqida kitob”) yoki qisqacha “ Kitob surat al-ard” (“Yerning surati”) 

nomi  bilan  mashhur  bo’lib,  Hamadoniylardan  Sayfulla  Ali  I  (945-967)  ga 

bag’ishlangan

4

. Uni yozishda muallif sayohatlari vaqtida to’plagan, savdogarlardan 



so’rab-surishtirib  yiqqan  materiallardan  hamda  Ibn  Xurdodbeh,  al-Jayhoniy, 

Qudama  asarlaridan  foydalangan.  Kitobda  tavsiflangan  har  bir  mamlakat  va 

viloyatning xaritasi ham berilgab.  Masalan, Movarounnahr qismiga ilova qilingan 

xaritada  Jayhun  (Amudaryo),  Buxoro,  Samarqand,  Usrushana  (O’ratepa),  Ispijob 

(Sayram) , Shosh va Xorazm shaharlari va viloyatlari tasvirlangan. Asarda turk va 

g’uzzlar,  ularning  mashg’uloti,shuningdek,  Movarounnahr  shaharlari,  xalqlari 

xususida keltirilgan ma’lumotlar nihoyatda qimmatlidir.  

                                                 

3

 Madrahimov A., Fuzailova G. Manbashunoslik. – T.: O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2008. –B. 150. 



4

 Madrahimov A., Fuzailova G. Manbashunoslik. – T.: O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2008. –B. 151. 



“Kitob ul-masolik va-l-mamolik” asarining arabcha matni  ikki marta M.Ya. 

de  Guye  (1878)  hamda  Kramers  tomonidan  (1938-1939)  chop  etilgan.  Kramers 

nashri  (u  1086-yili  ko’chirilgan  va  hozir  Istanbul  kutubxonalaridan  birida 

saqlanayotgan mo’tabar qo’lyozmaga asoslangan ) birmuncha noyob nashr sifatida 

qadrlanadi. 

Istaxriy,  Ibn  Havqal,  Muqaddasiy    kabi  arabinavis  olimlarning  asarlari 

Toshkent  shahri  toponimlarini  o’rganish  bo’yicha  muhim  manba  hisoblanadi. 

Jumladan,  olimlar  o’z  asarlarida  Shosh  viloyatining  markazi  Binkat  shahri  deb 

ko’rsatganlar. Binkat hozirgi Eskijo’va va Chorsu oralig’ida bo’lgan. Binkat nomi 

forscha –tojikcha bo’lib, “ko’rimli shahar demakdir” . Istaxriy   o’z asarida Shosh 

viloyatidagi  27  ta  shahar  va  qishloqni  nomini  tilga  olgan.  Ohangaron  vodiysida 

qayd qilingan 14 ta shahar-qishloqning 7 tasi kat qo’shimchali nomlardir. 

Jumladan,  Muqaddasiy  o’z  asarida  Zarankent  qishlog’ini  tilga  olgan. 

V.V.Bartold  bu  qishloqni  hozirgi  Zarkent  bo’lishi  mumkin  degan.  Bu  qishloq 

hozirda Toshkent viloyati Parkent tumaniga to’g’ri keladi. Shuningdek, Namangan 

viloyati Yangiqo’rg’on viloyatida ham shu nomli qishloq bor. 

Ko’hisim  –  o’rta  asrlarda  Shosh  viloyatida  qayd  qilingan  kon  va  qishloq. 

Arab geograflari asarlarida Ko’hi sim  “kumush tog’i” tarzida keltirilgan. Konning 

arabcha nomi Ma’dani Shosh. 

Parak- Chirchiq daryosi nomlaridan biri. Arab geograflari bu daryoni Nahri 

Turk deb atashgan. Istaxriy bu daryoni Nahri Turkiston deb aniq yozgan. 

Piskent-  Piskent  tumani  markazi.  Arab  geograflari  dastlab  o’z  asarlarida 

Biskat  Shaklida  tilga  olishgan.  Piskom  arab  manbalarida  Biskom  shaklida  tilga 

olingan.  

Xotunkat- O’rta asrlarda Toshkentdan 2 farsax narida ,bo’lgan shahar. Arab 

geograflari  asarlarida  tilga  olingan.  Xotun  qadimiy  turk  tilida  “oyim,  xonim” 

ma’nosida bo’lgan. 

Chinoz- arab geograflari  o’z asarlarida Jinanjkat shaklida keltirishgan.  

Bu  shahar  hozirda  Chinoz  tumani  markazi  hisoblanadi.  Manbalarda  turli 

nomlarda  uchraydi.  Jumladan,  chinos  degan  urug’  nomidan  olingan.  Chinos 



mog’ulchada  chin  –  bo’ri,  -s  esa  ko’plik  affiksi

5

  ya’ni  bo’rilar  yashaydigan  joy 



degan ma’noda ham ishlatilgan. 

XULOSA 

Umuman  olganda,  o’rta  asr  arab  sayyoh  olimlari  tomonidan  keltirilgan 

toponimik  manbalar  shu  davrda  mavjud  bo’lgan  shaharlar  va  qishloqlar  nomini 

kelib  chiqishi,  shu  bilan  birga  bu  shaharlarning  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy  hayoti 

to’g’risida  ham  qimmatli  ma’lumotlar  beradi.  Arab  muarrixlari  asarlarida 

keltirilgan Farg’ona, Xorazm, Toshkent hududlarida joylashgan shahar va qishloq 

toponimlari  toponimikada  o’ziga  xos  o’ringa  ega.  Xususan,  arab  geografi  va 

sayyohi Muqaddasiy o’z asarlarida Farg’ona va Xorazm toponimlari kelib chiqishi 

to’g’risida, Chag’aniyonda joylashgan 1600 ga yaqin qishloq nomlari, shuningdek 

Toshkent shahri va uning hududida joylashgan Piskent, Zarkent, Chinoz, Chirchiq, 

Ko’hisim,  Xotunkat  kabi  bir  necha  qishloq  toponimlari  to’g’risida  ma’lumotlar 

keltiradi.  Bundan  tashqari,  Ibn  Xavqal,  Istaxriy  kabi  arab  sayyoh  va  geograflari 

ham yurtimiz hududidagi joy nomalari to’g’risida o’z fikr-mulohazalarini bildirib 

o’tishadi. 

 

                                                 



5

 Qorayev S. Toponimika. – T.:O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2006. –B. 145. 



Foydalanilgan adabiyotlar: 

 

1. 



Qorayev  S.  Toponimika.  –  T.:  O’zbekiston  faylasuflari  milliy 

jamiyati, 2006.  

2. 

Madraimov  A.,  Fuzailov  G.  Manbashunoslik.  –T.:  O’zbekiston 



faylasuflari milliy jamiyati, 2008.  

3. 


O’zbekiston  Milliy  Ensklopediyasi.  5-jild.  –  T.:  Davlat  ilmiy 

nashriyoti, 2004. 

4. 

www.ziyonet.uz



 internet sayti. 

 

 



 

 

 



 

                                      

 

 

 



 

 

                                                                      



Download 176.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling