Tarixiy va sinxron derivatsiya tahlili


Download 118.33 Kb.
Sana24.02.2023
Hajmi118.33 Kb.
#1226939
Bog'liq
Husanova Mashhura Yusuf qizi


ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNVERSITETI ONA TILI VA ADABIYOTINI O‘QITISH FAKULTETI 2-BOSQICH TALABASI HUSANOVA MASHHURANING “TARIXIY VA SINXRON DERIVATSIYA TAHLILI” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI
REJA:
1. MORFEMIKA HAQIDA MA’LUMOT
2. TARIXIY DERIVATSIYA HAQIDA
3.SINXRON DERIVATSIYA
DERIVATSIYA- so‘z yasash jarayoni deganda so‘z yasash asosi va hosila orasidagi denotativ ma’nolarda farqning mavjudligi tushuniladi Misol: qushchi-shaxs; qush(asos)-parranda.Ular borliqdagi ikki xil ma’noni atab kelmoqda.
Derivatsiya ham til taraqqiyoti natijasida tarixiylik va zamonaviylikka daxldor bo‘ladi. Shu boisdan tarixiy va sinxron derivatsiyani farqlash lozim.
Tarixiy va sinxron derivatsiya. Hozirgi derivatsiyada yasama so‘z bilan derivatsion (so‘z yasash) qolip orasida aloqa mavjud bo‘lib, qolipning shakliy va mazmuniy tomoni hosila so‘zda o‘z izini qoldirgan bo‘ladi. [Kitobchi] yasama so‘zida [ot+chi=ot bilan shug‘ullanuvchi shaxs oti] qolipidagi tenglik alomatining chap (shakliy) va o‘ng (mazmuniy) tomoni izlari yaqqol ko‘rinib turibdi.
Tarixiy derivatsiyada yasama so‘zning shakli va ma’nosiga mos qolip mavjud bo‘lmaydi. Bu maxsus tekshirish natijasida aniqlanadi. Masalan, [qishloq], [ovloq] so‘zlarining ma’nosini ularning tashkil etuvchilari va derivatsion qolipi asosida chiqarib bo‘lmaydi. Chunki ular tarixiy yasalmalardir. [Qorovul], [yasovul], [silliq] so‘zida ham shu hol kuzatiladi.
Derivatsiya (so‘z yasalishi, hosil bo‘lishi) tilshunoslikning alohida bo‘limi. U derivatsiya hodisasi, uning diaxron va sinxron turi, so‘z yasash, hosil bo‘lish usuli kabi masala bilan shug‘ullanadi. Derivatsiya so‘z yasalishiga: ([ishchi], [ishla], [kitobxon]) o‘rganadi.
So‘z yasalishi – sof nutqiy hodisa, nutqiy jarayon. U derivatsiyaning asosiy qismini tashkil etadi. Biroq uning lisoniy asosi bor. Shu sababli lison va nutqqa birday daxldor.
So‘z yasalishi lingvistik termin sifatida ikki ma’noli:
a) so‘z yasash jarayoni atamasi;
b) ushbu jarayonni o‘rganuvchi soha.
So‘z yasash (derivatsion) qolipi haqida. Har qanday yasama so‘z so‘z yasash qolipi asosida hosil qilinadi. Hosila lisoniylashib, o‘z qolipidan uzilib ketsa ham, unda bilinar-bilinmas qolip bilan (agar qolip yashovchan bo‘lsa) bog‘lanish baribir saqlanib qoladi.
So‘z yasash qolipi ikki uzvdan iborat bo‘ladi:
a) qolipning shakliy tomoni;
b) qolipning mazmuniy tomoni.
Yasama so‘zda ana shu ikki jihat tajallilanadi. Yasalma shaklan va mazmunan ana shu qolipga muvofiq kelsa, unga shu qolip hosilasi sifatida qarash mumkin. Masalan, [kitobchi] so‘zida mazkur qolipning izi bor. Lekin [xabarchi] so‘zida qolipning mazmuniy tomoni aks etmagan. Demak, leksema bu qolip mahsuli emas.
So‘z yasash qolipining shakliy tomoni ikki qismdan tashkil topadi: yasovchi asos va yasovchi vosita. Masalan, [ot+chi=shu ot bilan shug‘ullanuvchi shaxs oti] qolipining shakliy qismi bo‘lgan [ot+chi] ning ot qismi yasovchi asos, [-chi] qismi esa yasovchi vosita.
Derivatsiya va relyatsiyaning substansial tadqiqida bu ilmiy tushunchalarning yuqorida sanab o‘tilgan umumlingvistik talqiniga tayangan holda quyidagilarga qat’iy rioya qilish lozim.
So‘z yasash qolipi ikki tomonli – shakl va mazmun tomonlaridan iborat lisoniy birlikdir. Chunonchi, [ot+-chi = ot anglatgan narsa/hodisa… bilan aloqador ish-harakatni bajaruvchi shaхs/predmetni atovchi ot] so‘z yasash qolipida shakl tomoni [ot+-chi …], mazmun tomon esa […. ot anglatgan narsa/hodisa… bilan aloqador ish-harakatni bajaruvchi shaхs / predmetni atovchi ot] so‘z yasash qolipining shakl tomoni so‘z yasash asosi va so‘z yasash vositasi/usuli dan iborat, uning mazmun tomonini esa leksik-grammatik хususiyatlar majmuasi sifatida olingan hosila tashkil etadi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 118.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling