Tarixiy xotira g’oya va mafkuralar rivojlanishining muhim omili


Download 29.93 Kb.
bet1/2
Sana23.02.2023
Hajmi29.93 Kb.
#1225099
  1   2
Bog'liq
saloxiddin milliy g\'oya





Tarixiy xotira g’oya va mafkuralar rivojlanishining muhim omili.
Mustaqillik yillarida tarixiy haqiqat, tarixiy xotirani tiklashga imkon berilishi va bunga shart-sharoit yaratilishi tufayli xalqning kelajakga ishonchi oshdi. Bu esa o‘z navbatida, jamiyat taqdiri va taraqqiyotiga dahldorlik hissini kuchaytirdi-ijtimoiy faollikni oshirdi, inson ma’naviy dunyosini boyitdi, demokratik-huquqiy jamiyatning muhim elementi-erkin fikrlashni kuchaytirdi. “Bir so‘z bilan aytganda, deb xulosa chiqaradi Islom Karimov 2012-yil 9-mayda Toshkentdagi Xotira maydonida,xalqimizning mustaqil fikrlashi, ma’naviy olami, ijtimoiy faolligi o‘sib borayotgani barcha-barcha yutuqlarimizning poydevoriga , quch-quvvatimiz manbaiga
aylanayotganini sezish, ko‘rish qiyin emas.” Ayni paytda, tarixiy haqiqatga asoslangan tarixiy xotiraning tiklanishi va undan oziqlangan milliy g‘oyaning yaratilishi hamda inson qadri va manfaatlari ustuvorligini ta’minlanishi inson omilining ma’naviy qudrat manbalari bo‘lib, o‘z faoliyatini bunday manbalarga asoslantiruvchi inson-bunyodkor insondir. Prezidentimiz ta’kidlaydiki, “yurtimizda amalga oshirilayotan ulkan bunyodkorlik ishlari, erishilayotgan yutuqlarning negizida, avvalo, inson omili mujassam” Tarixiy ong, uning o‘zagi tarixiy xotira milliy g‘oyaninig tarixiy va zamonaviy ildizlaridan biridir. Mustakillik na faqat milliy g‘oyaninig maqsad-mohiyatini anglashga, balki uning tarixiy ildizlari, jumladan tarixiy ong, tarixiy xotirani o‘rganishga imkon yaratdi. «Mustakillik yillarida o‘zligimizni anglash, tarixiy – milliy qadriyatlarimizni tiklash borasida nimaiki ish qilayotgan bo‘lsak, ularning barchasini yagona maqsad- ko‘p millatli xalqimizni birlashtirish uchun qilmoqdamiz». Xalq mamlakat kelajagi tarixiy ongining teranligi, tarixiy xotiraning uyg‘oqligi, tarixdan xulosa va saboqlar chiqarish bilan bog‘lik.Biz buyuk davlat qurishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz buning uchun zamonaviy siyosiy, iqtisodiy, ilmiy – texnikaviy, ma’naviy imkonlarimiz bilan bir qatorda tarixiy asosimiz ham bor. Tarixiy ong va tarixiy xotira inson, jamiyat ma’naviyatining ajralmas qismi bo‘lib, u qanchalik boy mazmunli bo‘lsa, insonda o‘tmishdan faxrlanish tuygusini uyg‘otadi, xalqni uyushtiradi, uni tarixdan saboq chiqarib, ulug‘vor, bunyodkor ishlarni bajarishga chorlaydi. Shuning uchun ham tarixiy ong va tarixiy xotira, milliy g‘oyaninig ham tarixiy, ham zamonaviy asoslaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning milliy g‘oyaning tarixiy ildizlarini o‘rganishda dasturilamal bo‘lib xizmat qiluvchi asarlaridan biri - «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» asarida ana shunday umumnazariy va umumamaliy xulosalar chiqarilgan. Ma’naviyat va milliy g‘oya jumladan, tarixiy ong va tarixiy xotira masalalariga bag‘ishlangan asarlaridan biri «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida Islom Karimov ta’kidlaydiki, Har qaysi xalq milliy qadriyatlarini o‘z maqsad – muddaolari, shu bilan birga, umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, ma’naviy dunyosini yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ya’ni tarixiy xotira tuyg‘usi to‘laqonli ravishda tiklangan xalq bosib o‘tgan yo‘l o‘zining muvaffaqiyat va zafarlari, yuqotish va qurbonlari,quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o‘rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo‘ladi. Bu masalada mustaqillik yillarida ilmiy yondashildi, tarixni o‘rganishda va baho berishda uning barcha davrlari va jabhalari e’tiborga olindi va shu asosda milliy g‘oyaning tarixiy ildizlari chuqur tahlil qilindi, tarixiy ong va tarixiy xotirani shakllantirish va tarbiyalashga alohida e’tibor berilmoqda. Shuni ta’kidlash zarurki, tarixiy ong va tarixiy xotiraning ilmiy tahlil qilishga Respublikamizda katta e’tibor berilmoqda. Tarixiy ong va tarixiy xotiraning mazmun mohiyatini milliy g‘oyaninig tarixiy ildizi sifatidagi ahamiyati, uni shaxs faoliyati va jamiyat hayotidagi, ijtimoiy, jumladan milliy ong tizimidagi, dunyoqarashni shakllantirishdagi o‘rni haqida ko‘plab fikrlar bildirilgan. Shu masalalar bo’yicha ilmiy va ilmiy ommabop risolalardan biri Yoshlar dunyoqarashi shakllanishida tarixiy ong va tarixiy xotira kitobidan mualliflarning chuqur tahliliy xulosaviy muloxazalarini qiluvchi diqqatiga xavola qilamiz. Ijtimoiy ong shakllaridan bo‘lgan tarixiy ong va tarixiy xotira murakkab hamda serqirra hodisadir. Tarixiy ongga, shuningdek uning tarkibiy qismi bo‘lgan tarixiy xotiraga, ularning o‘zaro hamda ijtimoiy ongning boshqa shakllari bilan aloqasiga ko‘plab ta’riflar berilgan.
Tarixiy ong, bu — har qanday bilimda bo‘ladigan, hamma narsa, hatto ma’naviy borliq ham bo‘lib o‘tganligini anglashdir. Tarixiy ong ijtimoiy ong shakli bo‘lib, jamiyat tomonidan o‘zining kelib chiqishi va zamondagi o‘rni, o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagi o‘rtasidagi aloqadorlikning
anglanishi, ijtimoiy voqelikning obyektiv idrok etilishidir.
Tarixiy ong ilgari sodir bo‘lgan tarixiy voqealarni o‘zida aks ettirgan turli-tuman manbalar, ashyolar avloddan-avlodga meros sifatida o‘tib, tariximiz, madaniyatimizning uzluksizligini ta’minlaydi. Ilm-fanda tarixiy ong deganda odatda ijtimoiy guruhlar, sinflar, xalqlar, millatlarda o‘zining kelib chiqishi, o‘z tarixidagi muhim voqealar va o‘tmish-dagi
buyuk arboblar haqida, o‘z tarixining boshqa kishilik jamoalari va umuman bashariyat hamjamiyati tarixi bilan nisbati haqidagi qarashlar, an’analar, udumlar,odatlar,konsepsiyalar mujassami tushuniladi.
Tarixiy xotira selektiv xususiyatga egaligi tufayli ularni (tarixiy ong elementlarini) saralay oladi, bir tizimga solishga xizmat qiladi yoki tarixiy xotirada san’at, urfodat, marosimlar bilan bog‘liq axborotlar saralangan tarzda jamlanadi va saqlanadi.
Tarixiy xotira — ajdodlar tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarning kishilar ongi va kundalik amaliy faoliyatida qayta namoyon bo‘lishi, eslanishi,qadrlanishi. Insonni butun insoniyat yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar bilan bog‘lab turadigan, uning ongi va kundalik amaliy faoliyatiga ruhiy-ma’naviy ozuqa
beradigan qudrat tarixiy xotiradir. Shuningdek, adabiyotlarda tarixiy ong ijtimoiy xotiraning tarkibiy qismi, uning elementlaridan biridir, degan fikr ham mavjud.
Tajribadan ko‘rinishicha, «tarixiy ong» tushunchasi o‘z mazmuniga ko‘ra, «ijtimoiy xotira» tushunchasi bilan qiyoslaganda, unga nisbatan ancha keng tushunchadir,
chunki yuqorida aytib o‘tganimizdek, «xotira» tushunchasi o‘zaro cham-barchas bog‘liq bo‘lgan va birgalikda tizim sifatidagi «ong»ni tarkib toptiradigan o‘zaro bog‘langan ko‘plab elementlardan, shu jumladan xotiradan ham iborat bo‘lgan ancha kengroq bo‘lgan «ong» tushunchasining muhim, hatto markaziy elementi hisoblanadi. Bunda ong tizimidagi xotira — «kechinmalar onidan so‘ng idrok etish
va tasavvur etishni saqlab qolish qobiliyati xotira (obrazli ifodalaganda) saqlovxonani ham bildiradi».
Yuqorida bayon etilganlardan tashqari, tarixiy ong tizimida xotira «nafaqat tarixiy xotirani saqlaydi, balki inson ongida shakllangan bilim asosida o‘tmishda ro’y bergan voqealarni tahlil etadi, xulosa chiqaradi, xarakterli tomonlarini qabul qiladi, turmushga joriy etadi va jamiyatning hozirgi sharoiti bilan solishtirib, qadrini belgilaydi. Ong va tafakkur — jarayon, xotira esa qobiliyatdir. Binobarin, ijtimoiy
ongning barcha shakllari o‘zaro uzviy bog‘langan, bir-biri bilan munosabatda bo‘ladi, bir-birini o‘zaro boyitadi.
Demak, tarixiy ong bilimlar, tasavvurlar, qarashlar, an’analar, marosimlar, urfodatlar, g‘oyalar, konsepsiyalar, fikrlarning shunday yig‘indisini, majmuini tashkil etadiki, ular vositasida individlarda, ijtimoiy guruxlarda, xalqlarda, millatlarda
o‘zining kelib chiqishi, o‘z tarixidagi eng muhim voqealar va o‘tmishdagi buyuk arboblar to‘g‘risida, o‘z tarixi bilan kishilarning boshqa mushtarakligi, shuningdek
inson sotsiumi va o‘zining undagi o‘rnining nisbati to‘g‘risida muayyan tasavvur paydo bo‘ladi.
Tarixiy ong — o‘tmishni uning umuman jamiyatga, xususan turli ijtimoiy -demografik, ijtimoiy - professional, etnoijtimoiy, etnokonfessional guruhlarga,shuningdek alohida individlarga xos bo‘lgan butun rang-barangligini hisobga olgan
holda baholash hamdir. Tarixiy ong jamiyat, uning ijtimoiy guruhlari va individlarning o‘z o‘tmishi hamda butun insoniyat o‘tmishi haqidagi tasavvurlari yig‘in-disidir.
Tarixiy ongda o‘tmish, bugun va kelajak uyg‘unlikda in’ikos etadi. Har qanday ijtimoiy mushtaraklik o‘zining kelib chiqishi, o‘z tarixidagi eng muhim voqealar, o‘tmishdagi buyuk (ba’zan unchalik buyuk bo‘lmagan) arboblar to‘g‘risida,
o‘z tarixining insoniyat tarixidagi o‘rni haqida, o‘z tarixining boshqa xalqlar tarixi bilan nisbati to‘g‘risida muayan tasavvurlar tizimiga ega.Tarixiy ongni shakllantirishda milliy g‘oya beqiyos o‘rinni egallaydi. Bu avvallo milliy g‘oyaning mazmun, mohiyatidan kelib chiqadi. Milliy g‘oya tarixiy ildizlarga asoslanadi. Milliy g‘oya ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar davomida e’zozlanib kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning
qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyoji va hayotiy talabiga aylanib ketgan, ta’bir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umid maqsadlarini ifodalaydigan tushunchadir. Ana shu ta’rifdan kelib chiqadigan bo‘lsak, milliy g‘oya tarixiy taraqqiyot, tarixiy xotira va tarixiy ong tushunchalar bilan chambarchas bog‘liqligi aniq bo‘ladi. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalari yoki milliy
g‘oyaning asosiy tamoyillari asrlar, ming yilliklar davomida tarixiy ongga singdiriladi, shakllantiriladi. Bu tamoyillar umuminsoniy tamoyillar bilan hamohang, hozirgi davr
umuminsoniy tarixiy ong mazmuniga ham mos keladi. Agar har qanday mafkuraning umumbashariy insoniyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi tamoyillari – qonun ustuvorligi, inson huquqlari va hurfikrlik, turli elat, millat vakillariga hurmat va bahamjihat yashash, diniy bag‘rikenglik, dunyoviy bilimlarga intilish, ma’rifatparvarlik va hokazolar uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonlari sinovlaridan o‘tib, yuksak sifat darajasiga erishganini hisobga oladigan bo‘lsak, tarixiy ong ham ijtimoiy va subyektiv darajada bu ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirib kelgan. Ijtimioy amaliyot va ongning o‘zaro ta’siri jamiyat manfaatlariga
xizmat qilgan, ijtimoiy taraqqiyot talablariga o‘ziga xos javob bo‘lgan.Milliy mafkuraning maqsad va vazifalaridan biri g‘oya orqali kishilarni ma’naviy ruhiy rag‘batlantirish, tarbiyalash va g‘oyaviy immunitetni shakllantirishdir. Bu vazifani bajarish tarixiy xotirasi mustahkam, tarixiy ongining ilmiy-nazariy darajasi rivojlangan kishilarda yengil kechadi. Demak, tarixiy ongning nazariy-mafkuraviy darajasini shakllantirish va rivojlantirishda milliy mafkura g‘oyaviy asos bo‘lib xizmat
qiladi. Mustaqillikning buyuk ne’matligi shundaki, o‘zlikni anglash shart-sharoitlarni yaratib, milliy g‘oya orqali moziyga murojaat qilib, tarixiy haqiqatni tiklashga imkon
berdi. Milliy mafkura o‘tmishni kelajak bilan bog‘laydi, tarixiy xotirani obyektivlik, xolislik asosida tiklash jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, milliy g‘oyamizning asosiy tamoyillaridan biri komil inson bo‘lsa,inson
barkamolligining mezonlaridan biri esa uning rivojlangan tarixiy ongga egaligidir. Mustaqillik ijtimoiy ongning barcha shakllarini, jumladan tarixiy ongni mustabid davri mafkurasidan tozalash imkonini berdi. Tarixiy ong yangi
sifat, yangi mazmun bilan boyimoqda. Uning ijtimoiy ong tizimidagi o‘rni o‘zgarib, ma’naviyat asoslaridan biriga aylanmoqda. Tarixiy ong ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida tarixiy voqelik hodisalari, jarayonlarini aks ettiruvchi bilimlar yigindisidangina iborat deb tushunish ilmiy haqiqatga to‘la mos kelmaydi. Tarixiy ong ana shu voqealar, jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro bogliqlikni hamda bu bog‘liqlikning hozirgi tarix va kelajak tarixga ta’sirini ham aks ettiradi. Shu nuqtai nazardan tarixning tub burilish pallalarida, ayniksa
millat, xalqning mustaqillik, istiqlolga erishgan davrlarida tarixiy ongning yangilangan mazmun-mohiyatini anglash va uni shu davr talablari asosida tarbiyalash ehtiyojlari oshadi.
Tarixiy ong moddiy va ma’naviy madaniyat, ularning taraqqiyot qonunlarini, jumladan ma’naviy merosimizning vorislik, tarixiy davomiylik qonunini aks ettiruvchi
ong shakllaridan biridir. Tarixiy ongning nazariy darajasi tarixiy taraqqiyotning eng umumiy va xususiy
qonuniyatlarini, jumladan madaniy, ma’naviy hayot rivojlanishi qonuniyatlarini, xalqimizning o‘tmish, hozirgi tarixga taalluqli ilmiy tushunchalar, kategoriyalar bilan
tarixiy voqea, hodisa, jarayonlarining dialektik alokadorliklarini aks ettiradi. Tarixiylik va mantikiylik uslublarini qo‘llash, moziy voqeligining ijobiylik, ahamiyatlilik xususiyatlarini mustaqillik davriga ko‘chirish orqali tarixiy ongni shakllantirish,tarbiyalash yanada dolzarblashmoqda.
Ma’lumki, ma’naviy boylik komil insonning asosiy mezoni hisoblanadi. Agar ma’naviyatning tarkibiy qismlarini ilmiy-falsafiy tahlil nigohidan o‘tkazar ekanmiz,tarixiy ong, uning mag‘zi-tarixiy xotira bu tizimda markaziy o‘rinlardan birini
egallaganligini ko‘ramiz. Tarixiy xotirasi shakllangan insonni yuksak ma’naviyatli inson deb baholash mumkin. «Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson» , deb ta’kidlaydi Islom Karimov. Prezidentimiz inson irodasini tarbiyalashda tarixiy
xotiraning juda muhim rol o‘ynashini, demak barkamol inson shakllanishida tarixiy ongning e’tiborli o‘rin egallashini ko‘rsatmokda. Tarixni bilish, undan ruhiy quvvat olib, o‘z ma’naviyatini mustahkamlash har bir insonning burchi, huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish talablaridan biridir. Shunday ekan, davlatimiz rahbarining «tarix-xalq ma’naviyatining asosidir», degan lo‘nda xulosasining nazariy-tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy va amaliy ahamiyati o‘z-o‘zidan ayon bo‘lib qoladi. O‘z Vatani, millati, xalqi tarixi va kelajak taqdiriga loqayd qaraydigan odamni
barkamol inson deb aytib bo‘lmaydi. Insonning komilligi mezonlariga uning nafaqat axloqiy pokligi, balki ma’rifatli, bilimliligi, jumladan tarixiy bilimlarga egaligi hamda
bunday bilimlar orqali tarixiy voqea, hodisalarga mustakil fikrli yondasha bilish qobiliyati ham kiradi.Tarixiy ongning eng asosiy xususiyatlaridan biri - shaxsda moziy sarvaraqlari va ma’naviy merosimizdagi komil inson kiyofasini anglatadi, o‘z subyekti (tarixiy ong egasi) da komillikka intilish tuyg‘usini uyg’otadi. Insondagi barkamollik mezonlari u yoki bu tarixiy shaxs, buyuk allomalar, mutafakkirlar faoliyatini, ularning aqliy, axloqiy jihatlarini bilish orqali o‘rganuvchi (o‘quvchi, talaba va b.) ning dunyokarashi, ongida yaxlit holda o‘z aksini topadi. Bunday mezonlar ilmiy-amaliy ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanadi. Shu nuqtai nazardan, fikrimizcha, maktab, litsey va kollejlarda O‘zbekiston tarixi, milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslarifanlariga ajratilgan dars soatlarining bir qismini ochik ko‘chma darslar sifatida buyuk allomalarning qadamjolari, tarix va o‘lkashunoslik muzeylari hamda xotira maydonlarida o‘tish katta samara beradi, o‘kuvchi yoshlarda komillikka intilish tuyg‘usini mustaxkamlaydi, ularning komil inson xaqida olgan bilimlarini xayot bilan bog‘liqligini ta’minlaydi. Demak, ma’naviy tarbiya, jumladan komil inson tarbiyasiamaliy asoslarga suansagina u yanada ta’sirchan bo‘ladi.Mamlakatimizda ma’naviy tiklanish va yuksalish jarayonlarining tarkibiy qismi bu - tarixiy xotirani sho‘rolar davri mafkuraviy sarqitlaridan tozalash va milliy tarixiy ongnishakllantirish hamda mutsaqillik davri tarixiy ongini ijtimoiy ongning ajralmas shakllaridan biriga, jamiyat ma’naviyati negiziga aylantirishdir. Keng miqyosli bu vazifani bajarish imkoniyatlarini mustaqillik vujudga keltirdi va muayyan yutuqlarga erishildi ya’ni ma’naviy meros tiklanib, tarixiy xotira sho‘rolar davr g‘oyalaridan tozalandi. Ammo milliy tarixiy ongni shakllantirish, uni kishilar, ayniksa yoshlar
dunyokarashining tarkibiy qismiga aylantirish mashaqqatli mehnatni talab qiladigan uzoq yillarni o‘z ichiga oladigan jarayondir.O‘zbekistonda tarixiy ong, xotirani shakllantirish milliy va umuminsoniy qadriyatlar uygunligi, umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi tamoyillarini hisobga olgan holda olib
borilmoqda. Tarixiy ongni tarbiyalash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Dune tajribasida bu noyob hodisa. Shuning uchun davlat shu soha tarbiyaviy jarayonlarini
jamiyat talablari asosida borayotganligini aniqlash va undagi paydo bo‘luvchi muammolarni o‘z vaqtida hal qilish yo‘llarini takomillashtirish maksadida sotsiologik tadqikotlar o‘tkazish, ilmiy tadqikotlar olib borishni rag‘batlantiradi. Maktablar, litsey va kollejlar hamda oliy o‘quv yurtlarida asosan og‘zaki-so‘rov usuli yordamida olib borilgan sotsiologik tadkiqotlar va ta’lim-tarbiya amaliyoti davrida o‘kuvchi, talaba bilim darajasi va sifatining tahlili shuni ko‘rsatadiki, ularning 30% ga yaqini tarixiy voqea, hodisa jarayonlar haqida ko‘proq miqdoriy (sanalarni yodlab olish, voqealararo bog‘liklikni anglamaslik) tasavvurlarga ega. Hozirgi davrda tarixiy ongni shakllantirish mustaqil fikrlashni tarbiyalashni ham taqozo etishini hisobga oladigan bo‘lsak, o‘kuvchi, talaba tomonidan nafaqat hodisa, balki voqea, jarayonlardagi mohiyat, qonuniyat, muqarrarlik, ahamiyatlilik, o‘zaro bog‘liqlik ham anglanishi zarur.
Tarixiy hodisalar ro‘y bergan joylar, yodgorliklar muhitida talaba, o‘quvchi tomonidan nazariy bilimlarni qabul qilinishi unda komillikning yana bir jihati - vatanparvarlik, millatparvarlik, o‘z xalqi, Vataniga sadoqat, ajdodlar yaratgan
boyliklarni asrab-avaylash, milliy iftixor tuyg‘usi - o‘z xalqining boy tarixi, madaniyati, ma’naviyatidan, uning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasidan g‘ururlanish hissini shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuni ta’kidlash zarurki, respublikamizda tarixiy ong va tarixiy xotira to‘g‘risida
maxsus asarlar yozilgan emas. Faqat gazeta, jurnal materiallari mavjud va bu muammoga qisman tegishli ilmiy ishlar yozilgan, xolos. Bu tadqiqotlarning aksariyati tarix, xususan Uzbekiston tarixi nigohida bayon qilingan. Tarix falsafasi, sotsiologiya fanlari mutaxassislari hali o‘z diqqat-e’tiborlarini bu muammoga to‘la qaratmaganlar. Tarixiy ong, uning darajalari (ruhiy-hissiylik va nazariy-mafkuraviy),
tarkibiy unsurlari, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, tarixiy xotiraning ushbu ong tarkibidagi o‘rni, rivojlanish qonuniyatlari chuqur tahlil qilinib, uning xulosalari
ma’naviyat, ma’rifat, ta’lim-tarbiya mutaxassislari tomonidan o‘z vaqtida qo‘llanilsa barkamol insonni hozirgi davr talablari negizida tarbiyalash jarayoni yanada samarali bo‘lar edi.


Download 29.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling