Tarjima haqida
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt
ham emas edilar. 9. So'ngra (bergan) va'damizga vafo qilib, u (payg'ambar)larga o'zimiz xohlagan imonli kishilar bilan birga najot berganmiz va haddan oshuvchilarni esa halok qilganmiz. 10. Darhaqiqat, sizlarga Kitob (Qur'on) nozil qildik. Unda sizlarning zikringiz bordir. (Buni) anglamaysizlarmi?!
12. Bas, qachonki, ular azobimiz (kelishi)ni sezib qolishgach, birdaniga u joydan qochib qolurlar. 13. (Shu payt farishtalar): "Qochmanglar, maishatga botgan joylaringizga, o'z maskanlaringizga qaytinglar, balkim so'roq qilinursizlar", (deganlarida): 14. (Ular o'zaro): "Ey, holimizga voy! Darhaqiqat, bizlar zolim ekanmiz", - dedilar. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 211
15. Bas, to Biz ularni (giyoh kabi) o'rilgan, (olov kabi) o'chgan (o'lgan) holga keltirgunimizcha shu (hol) ularning da'vo (dod-voy)lari sifatida davom etdi. 16. Biz osmon va Yerni hamda ularning orasidagi narsalarni o'ynab (behuda) yaratganimiz yo'q. 17. Bordiyu, o'yin-kulgi qilishni (xotin va farzand orttirishni) istasak, agar (shunday) qiluvchi bo'lganimizda ham uni o'z huzurimizdan (ya'ni, farishtalardan yoki jannat hurlaridan) qilgan bo'lur edik. 18. Yo'q, (Biz) Haq (Qur'on)ni botil (jaholat)ning ustiga tashlaymiz, bas, uni ezib yuborgach, bexos (botil) yo'q bo'lur. Sizlarga esa (ey, mushriklar, Allohning bunday) sifatlaganingiz sababli holingizga voy! 19. Osmonlar va Yerdagi borliq Unikidir. Uning huzuridagi zotlar (farishtalar) Uning ibodatidan orlanmaydilar ham, charchamaydilar ham. 20. Ular tunu kun sustkashlik qilmasdan (Allohga) tasbeh aytadilar. 21. Yoki ular (mushriklar) yerdan (tosh, yog'ochlardan o'liklarni) tiriltira oladigan "ilohlarni" o'zlashtirdilarmi?! 22. Agar ikkisi (Yer va osmon)da Allohdan o'zga ilohlar bo'lganida, har ikkisi buzilib ketgan bo'lur edi. Bas, Arsh egasi bo'lmish Alloh ular sifatlayotgan (sheriklardan) pokdir. 23. U o'zi qiladigan biror narsa haqida javobgar emas, balki ular (bandalar) javobgardirlar. 24. Yoki Uni qo'yib (boshqa) "iloh"larni o'zlashtirdilarmi?! (Ey, Muhammad,) ayting: "Hujjatingizni keltiringiz! Mana shu men bilan birga bo'lgan (mo'minlarning) eslatmasi (Qur'on) va mendan avvalgilarning eslatmalari (Tavrot, Injil). Yo'q, ularning aksariyati Haqiqatni bilmay turib, (Undan) yuz o'giruvchilardir".
bas, Menga ibodat qilinglar", - deb vahiy yuborgandirmiz. 26. Ular (ya'ni mushriklar): "Rahmonning (farishtalardan) bolasi bor", - deydilar. U esa bundan mutlaqo pokdir! Yo'q, (farishtalar) azizu mukarram bandalardir. 27. (Farishtalar) Undan ilgari biror so'z aytmaydilar. Ular (Allohning) amri bilangina ish qilurlar. 28. (U) ularning oldilaridagi (qiladigan) va orqalaridagi (qilib o'tgan) ishlarini bilur. Ular faqat (Alloh) rozi bo'lgan kishilarnigina shafoat qilurlar. Ularning (o'zlari) Undan xavfsirab qo'rqib tururlar. 29. Ulardan qaysi biri: "Men ham (Allohdan) o'zga bir ilohman", desa, bas, Biz o'shani jahannam bilan jazolaymiz. Barcha zolimlarni ana shunday jazolaymiz. 30. Kofir bo'lganlar osmonlar ham, Yer ham (avvalda) yaxlit bo'lganini, bas, Biz ularni yorib yuborganimizni va barcha tirik mavjudotni suvdan (paydo) qilganimizni ko'rmadilarmi?! Endi ham imon keltirmaydilarmi?! 31. Yer ularni (odamlarni) tebratmasin uchun unda tog'larni (paydo) qildik va yo'l topib yurishlari uchun unda keng dara va yo'llarni paydo qildik. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 212
32. Osmonni saqlanib turuvchi tom qilib qo'ydik. Ular (mushriklar) esa ularning alomatlaridan yuz o'giruvchidirlar. 33. U kecha va kunduzni, quyosh va oyni yaratgan zotdir. (Bu ikkisining) har biri falakda suzib yurar. 34. (Ey, Muhammad,) Biz sizdan avval biror odamzotga mangu hayot bergan emasmiz, Siz o'ladiganu, ular mangu qoluvchilarmi?! 35. Har bir jon o'limni totuvchidir. Biz sizlarni yomonlik bilan ham, yaxshilik bilan ham sinab, imtihon qilurmiz. (Keyin) faqat bizgagina qaytarilursizlar.
"Ilohlaringizni ayblaydigan kimsa mana shumi?" - (deyishib) masxara qiladilar. Holbuki, ularning o'zlari Rahmonning zikri (Qur'on)ni inkor etuvchilardir. 37. (Haqiqatan) inson shoshqaloq qilib yaratilgandir. Yaqinda Men sizlarga o'z alomatlarimni ko'rsaturman. Bas, Meni shoshiltirmangiz! 38. Ular: "Agar rostgo'y bo'lsangiz (aytinglar-chi), mana shu va'da qachon bo'ladi?" - derlar. 39. Agar kofir bo'lganlar na oldilaridan va na ortlaridan olovni to'sa olmay qolishadigan, ularga yordam berilmaydigan vaqtni (qiyomat kuni shiddatini) bilsalar edi, (bu so'zlarni aytmagan bo'lur edilar). 40. Yo'q, (qiyomat) to'satdan kelib, ularni hayronu lol qilib qo'yar, bas, uni qaytarishga kuchlari yetmas, ularga (tavba uchun) muhlat ham berilmas. 41. (Ey, Muhammad,) aniqki, Sizdan avvalgi payg'ambarlar ham masxara qilingan. Bas, ularning ustidan kulgan kimsalarni o'zlari masxara qilgan narsalari (Allohning azobi) qamrab olgandir. 42. Ayting: "Kechasiyu kunduzi sizlarni Rahmon (azobi)dan kim saqlay olur?!" Yo'q, ular Parvardigorlari zikridan yuz o'giruvchilardir. 43. Yoki ularda Bizdan o'zga himoya qiladigan "ilohlar" bormi?! Ular o'zlariga yordam qilishga ham qodir emaslar va ular Biz (tomon)dan ham himoya qilinmaslar. 44. Yo'q, Biz ularni (kofirlarni) va ota-bobolarini (dunyo matolaridan shunday) foydalantirdikki, hatto ularga umr uzun ko'rindi. Axir, ular Biz yerni atrofidan kamaytirib kelayotganimizni (kufr dunyosi qisqarib borayotganini) ko'rmaydilarmi?! Bas, ular g'olibmilar?!
vaqtlarida da'vatni eshitmaydilar". 46. Qasamki, agar ularga Rabbingizning azobidan andak yetsa, albatta, ular: "Holimizga voy! Darhaqiqat, bizlar (o'zimizga) zolim ekanmiz", - deb qolurlar. 47. Biz qiyomat kuni uchun adolatli tarozilar qo'yurmiz, bas, biror jonga zarracha zulm qilinmas. Agar xantal (o'simligi) urug'idek (yaxshi yoki yomon amali) bo'lsa ham, o'shani keltirurmiz! Biz o'zimiz yetarli hisob-kitob qiluvchidirmiz. 48. Darhaqiqat, Biz Muso va Horunga Furqon (Tavrot), ziyo va taqvodor kishilar uchun eslatma ato etdik. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 213
49. Ular Parvardigorlaridan g'oyibona qo'rqurlar va qiyomatdan ham ular xavfda turuvchilardir. 50. Bu (Qur'on) Biz nozil qilgan muborak eslatmadir. Hali sizlar uni inkor qiluvchimisizlar?! 51. Darhaqiqat, Biz (Musodan) ilgari Ibrohimga to'g'ri yo'lni ato etdik. Biz uni biluvchimiz. 52. O'shanda (Ibrohim) otasi va qavmiga: "Sizlar doimo sig'inadigan bu haykallar nimadir?!" - dedi. 53. (Ular) aytdilar: "Bizlar ota-bobolarimizni ularga sig'ingan holda topganmiz". 54. (U) dedi: "Darhaqiqat, sizlar ham, ota-bobolaringiz ham ochiq zalolatda ekansizlar". 55. (Ular) aytdilar: "Bizga haq narsani keltirdingmi yoki sen o'yin qiluvchilardanmisan?" 56. (U) dedi: "Yo'q! Sizlarning Rabbingiz (butlar emas, balki) osmonlar va Yerning Parvardigoriki, ularni o'zi yaratgandir. Men bunga guvohlik beruvchilardandirman. 57. Alloh nomiga qasamki, sizlar o'girilib (bayramga) ketganlaringizdan keyin butlaringizga makr (hujum) qilurman".
o'shanigina (qoldirdi). 59. Ular (qaytib kelib): "Bizning ilohlarimizni kim bunday qildi? (Kim bo'lsa ham) u zolimlardan ekan", - dedilar. 60. Ular (ayrimlari) aytishdi: "Ularni gapirib (ayblab) yuradigan Ibrohim degan bir yigitni eshitgandik". 61. (Shunda ularning kattalari): "Uni odamlar oldiga keltiringiz, shoyad ular guvoh bo'lishsa", - deyishdi. 62. (Uni keltirishgach): "Ilohlarimizni sen shunday qildingmi, ey, Ibrohim?" - deb (so'rashdi). 63. (Ibrohim) aytdi: "Yo'q, bu ishni ularning kattasi - mana bu (haykal) qildi. Bas, ulardan so'ranglar, agar gapira olsalar". 64. Bas, (mushriklar) o'zlariga (hushlariga) kelib (bir-birlariga): "Sizlar o'zingiz zolimlarsiz", - dedilar. 65. So'ngra, yana boshlari aylanib: "Sen ularning gapirmasliklarini yaxshi bilardingku?!" - deyishdi. 66. (Ibrohim) aytdi: "Axir, Allohni qo'yib, sizlarga biror foyda ham, ziyon ham yetkaza olmaydigan narsalarga sig'inasizlarmi?! 67. Sizlarga ham, Allohni qo'yib sig'inayotgan butlaringizga ham tuf-ye! Axir, aql yurgizmaysizlarmi?!" 68. (Namrud boshchiligidagi mushriklar) dedilar: "Uni yoqib yuboringlar! Agar qiluvchi bo'lsalaring (shu ish bilan) ilohlaringizga yordam qilinglar!"
quroli) solib olovga otdilar. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 214
69. Biz aytdik: "Ey, olov, Ibrohim uchun salqin va omonlik bo'l!" 70. Ular (Ibrohimga) makr qilmoqchi bo'ldilar. Biz esa ularning o'zlarini ko'proq ziyon ko'ruvchi qilib qo'ydik. 71. Unga hamda Lutga najot berib, (ularni) Biz barcha olamlar uchun muborak qilgan yer (Shom)ga (yubordik). 72. Biz (Ibrohimga) Ishoqni hadya etdik va Ya'qubni ham (nabira qilib) qo'shib berdik hamda barchalarini solih kishilar qildik.
amallar qilishni, namozni to'la ado etishni va zakot berishni vahiy qildik. Ular Bizgagina ibodat qiluvchi bo'ldilar. 74. Lutga esa hikmat va ilm ato etdik va uni iflos ishlar qiluvchi qishloq (ahli)dan qutqardik. Darhaqiqat, ular yomon, buzuq qavm edilar. 75. Uni (Lutni) o'z rahmatimizga doxil qildik. Haqiqatan, u solihlardandir. 76. Nuhni (eslang), u ilgari nido qilganida, Biz uni (nidosini) mustajob qilib, o'zini va ahlini buyuk g'amdan qutqardik.
ikkinchisining ekinzoriga kirib, payhon qilib ketganini aytib, fatvo so'raydilar. Dovud (a. s.) qo'ylar ekinzor egasiga berib yuborilsin, deydilar. Shunda Sulaymon (a. s.) bu hukmga e'tiroz bildirib, qo'ylarni ekinzor egasiga, yerni esa qo'ylarning egasiga berib, ekinzorni avvalgi holiga keltirgandan keyin qo'ylarni qaytarib berishga, bu vaqtgacha tug'ilgan qo'zilar esa ekinzor egasida qoldirilishini taklif etadilar. Dovud (a. s.) bu hukmga rozi bo'ladilar.
shukr qiluvchimisizlar?! 81. Sulaymonga esa bo'ronli shamolni (bo'yin sundirib), uning amri bilan Biz muborak qilgan zamin (Shom) sari esadigan (qilib qo'ydik). Biz barcha narsani biluvchidirmiz.
ado etadiganlarini (yaratdik). Yana Biz ularni qo'riqlab turuvchi bo'ldik. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 215
83. Ayyubning esa Parvardigoriga nido qilib: "(Parvardigorim,) menga musibat yetishdi. O'zing rahmlilarning rahmlirog'idirsan", - deb iltijo qilgan paytini (eslang). 84. Bas, Biz uni (duosini) mustajob qilib, undagi zahmatni ketkazdik hamda o'z huzurimizdan mehribonlik ko'rsatib, barcha ibodat qiluvchilarga eslatma bo'lsin, deb (Ayyubga) oilasini va ular bilan qo'shib, yana ularning barobarida ahlu avlod ato etdik.
Zero, u shaytonning hasadiga javoban Allohning yuborgan barcha musibat va dardlariga sabr qilgan, shikoyat qilmagan. Bu ishlarning ajrini yorug' dunyoda qisman olishga muyassar bo'lganlar.
86. Biz ularni o'z rahmatimizga doxil qildik. Darhaqiqat, ular solih zotlardandir. 87. Zunnun (Yunus)ning (o'z qavmidan) g'azablangan holda (qishlog'idan chiqib) ketib, Bizni unga qarshi chiqa olmaydi, deb o'ylagan paytini, so'ng (Biz uni baliq qorniga tashlaganimizdan keyin) qorong'u zulmatlar ichra: "Sendan o'zga iloh yo'qdir. Sen (barcha) nuqsonlardan pokdirsan. Darhaqiqat, men (o'zimga) zulm qiluvchilardan bo'ldim", - deb nido qilgan (paytini eslang)! 88. Bas, Biz uning (duosini) mustajob qildik va uni g'amdan qutqardik. Biz mo'minlarga mana shunday najot berurmiz. 89. Zakariyoning: "Ey, Rabbim, meni yolg'iz tashlab qo'yma (merosxo'r farzand ato et), o'zing vorislarning yaxshirog'idirsan", - deb nido qilgan paytini (eslang). 90. Bas, Biz uni (duosini) mustajob qildik va unga Yahyoni ato etdik hamda jufti (haloli)ni o'nglab (tug'adigan qilib) qo'ydik. Darhaqiqat, ular (mazkur payg'ambarlar) yaxshi ishlarni qilishga shoshar va Bizga rag'bat va qo'rquv bilan duo qilar edilar hamda Bizga itoat etuvchi edilar.
homilador bo'ldi) va uni hamda o'g'lini olamlar uchun alomat qildik. 92. (Ey, insonlar,) sizlarni ushbu diningiz (aslida) bir din (ya'ni, Islom)dir. Men esa (barchalaringizning) Rabbingizdirman. Bas, Menga ibodat qilingizlar! 93. (Odamlar) esa ishlarini (dinlarini) o'zaro bo'lib oldilar. Barcha(lari) Biz sari qaytuvchidirlar. 94. Bas, kim mo'minlik holida solih (amal)lardan qilsa, uning sa'y-harakati zoye ketmas. Biz, albatta, uni yozib qo'yuvchidirmiz. 95. Biz halok qilgan qishloq (ahli) qayta (hayotga) kelmasligi mumkin emasdir. 96. To Ya'juj va Ma'juj (to'g'oni) ochilib, ular har bir tepalikdan oqib keladigan, 97. haqqoniy va'da (qiyomat) yaqin bo'ladigan vaqtda bexos kofir bo'lganlarning ko'zlari qotib: "Ey, holimizga voy, bizlar bundan g'aflatda ekanmiz. (Yo'q), balki bizlar zolim ekanmiz" (deydilar). 98. (Ey, mushriklar,) sizlar va Allohni qo'yib sig'inayotgan (but)laringiz ham jahannam o'tinlaridir. Sizlar Unga tushuvchidirsizlar! 99. Agar o'sha (ma'buda)lar (chindan ham) shohlar bo'lganida, (jahannamga) tushmagan bo'lur edilar. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 216
Barchalari u yerda mangu qoluvchidirlar. 100. Ular uchun u joyda (faqat) dod-faryod qilishgina bordir. Ular u yerda (hech narsani) eshitmaslar. 101. Albatta, Biz (tomon)dan sobiqan go'zal (martaba) berilgan zotlar - aynan o'shalar (jahannamdan) uzoq qilinganlardir.
103. Ularni Buyuk dahshat (qiyomat) g'amgin qilmas. Ularni farishtalar: "Mana shu sizlarga va'da qilingan kundir", - deb kutib olurlar. 104. U kunda Biz osmonni xuddi maktub yozilgan sahifani o'ragan kabi o'rab, birinchi marta qanday yaratgan bo'lsak, (o'sha holga) qaytarurmiz. (Bu) Bizning zimmamizdagi va'dadir. Albatta, Biz (shunday) qiluvchidirmiz. 105. Biz Zikrdan so'ng Zaburda: "Albatta, (jannatdek) yerga faqat Mening solih bandalarim voris bo'lurlar", - deb yozib qo'ygandirmiz.
shariatlarining bag'rikengligi, hatto kufr va shirk ahliga ham zulmni ravo ko'rmasligi, mehr oqibat, ezgulik kabi fazilatlar manbai bo'lganliklarini keltirish mumkin.
109. Bas, agar yuz o'girsalar, ayting: "Men sizlarga (vahiyni) barobar eshittirdim. Sizlarga va'da qilingan (qiyomat azobi) yaqin yo yiroqligini esa bilmasman. 110. Albatta, U so'zning oshkorasini ham bilur, sizlar yashiradigan (so'zlar)ni ham bilur. 111. Bilmayman, ehtimol bu (jazoning kechiktirilishi) sizlar uchun bir sinov va bir oz vaqtgacha (o'lguningizgacha) foydalanishdir". 112. (Muhammad) aytdi: "Ey, Rabbim! o'zing haqqoniy hukm qilgin! Rabbimiz mehribondir va sizlarning (noo'rin) sifatlashlaringizga qarshi Undan madad so'raluvchidir".
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 217
HAJ SURASI
Surada Haj ibodati, Ka'ba tarixi haqida oyatlar borligi uchun unga haj surasi deb nom berilgan. Surada oxirat, qiyomat voqealari, mahshargohdagi holatlar, imon, e'tiqod, ilohiy o'gitlar keng yoritilgan.
Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling