Tarjima haqida
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 1
Bismillahir rohmanir rohiym
Ma’nolari tarjimasi
Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur
TARJIMA HAQIDA
Ma'lumki, Qur'oni karim Alloh taolo tomonidan Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomga 23 yil mobaynida sura, oyat tarzida elchi farishta –Jabroil alayhissalom orqali ilohiy vahiy sifatida, arab tilida, og'zaki nozil qilingan. Islom dini ta'limotining asosiy manbalari (Qur'on, Sunnat, Ijmo', Qiyos)ning birinchisi sanalmish bu Kalomi sharifning til va bayon jihatidan ilohiy mo''jizaligi ham uni arab tilida o'qib, fikr yuritgandagina namoyon bo'ladi. Boshqa har qanday tilga o'girilganda Qur'on tiliga xos xususiyatlar, nazmiy uslub, maftunkor ohang va ruhiy ta'sir o'z kuchini yo'qotadi. Tarjimon har qancha mahoratli, tajribali lug'atga boy bo'lmasin, oyatlarning arabcha holidagi mazmunini boshqa tilda mukammal ifoda eta olmaydi. Bu inkor etib bo'lmas haqiqat.
Arab tilida o'qib anglash esa, hammaning ham imkon darajasida emas. Hatto arablarning o'zlari ham Qur'on oyatlarini to'la tushuna olmasliklarini tan oladilar. Ulug' sahobalar ham ko'pdan-ko'p oyatlar mazmunida bahslashib, bir yechimga kelisha olmay, Rosul alayhissalomning o'zlaridan so'rab, aniqlab olganlari to'g'risida sahih hadislar mavjud.
Qur'oni karimni boshqa tillarga tarjima qilish harakati ancha qadimdan boshlangan. Ayniqsa, arab bo'lmagan halqlarning islomga kirishlari bu harakatga asosiy sabab bo'lgan. Garchi islom ulamolari oyatlarni har qanday tilda sharhlab tafsir qilishga ruxsat bersalar-da, biroq so'zma-so'z tarjima qilib yozishga mutloqo izn bermaganlar, zero tarjimani yozib qo'yishlik bilan Qur'on mazmuni shundangina iborat degan iddao bo'ladi, deb uning mas'uliyatidan qo'rqqanlar. Shuning uchun ajdodlarimiz merosida o'zbekcha tafsirlar ko'p. Ammo sof ona tilimizdagi tarjimalarni deyarli uchratmaymiz.
Keyingi asrlarda Qur'oni karim jahon xalqlarining ko'pgina tillariga tarjima qilindi. Shuningdek, o'zbek tilida ham bir qancha tarjimalar paydo bo'ldi. Endilikda bu jarayon yanada kuchayib borishi tabiiy. Bas, shunday ekan, bu sohada kundan-kunga taraqqiyot sari intilish maqsadga muvofiqdir. Avvalgi tarjimalarda uchragan tarjimalarda uchragan kamchiliklarni takrorlamagan holda, tobora sifatli tarjima va tafsirlarni ta'lif etish yangi ulamolarining sharafli vazifalaridandir.
Binobarin, shu jarayonni davom ettirishdek mas'uliyatni zimmamizga olar ekanmiz, bunda mutlaqo xato nuqsonlar yo'q, degan fikrdan yiroqmiz. Beayb-Parvardigor.
Yangi tarjimaning o'ziga hos hususiyatlari asosan quyidagilardan iborat: 1. Tarjima hanafiylik mazhabiga muvofiq holda tayyorlandi. Boshqa mazhablar bilan qiyosiy tafsirlar izohda ko'rsatib borildi.
2. Oyatlar mazmunini imkoni boricha so'zma-so'z ifodalashga harakat qilindi. Qo'shimcha, yordamchi so'z va iboralar qavs ichida berildi.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 2 3. Murakkabroq va sharhga muhtoj oyatlarga sahifa ostida izoh berildi. 4. Amalda bo'lib kelgan kirill yozuv qoidalariga rioya qilindi. Ya'ni 1990 yillardan boshlab, asosan diniy adabiyotlarda buzila boshlagan imlolar tiklandi. Masalan: Iso, imon, rab, rasul, sahih, Arafot, salavot kabi arabchadan o'tib qolgan so'zlarni ba'zilar arab talaffuziga moslashtirmoqchi bo'lishib, keyingi paytda Iyso, iymon, Robb, Rosul, sahiyh, Arofat, solavat shaklida yozishga o'tgan edilar. Vaholanki, umumiy urfda chet so'zlar qaysi tilga ko'chib o'tsa, o'tgan so'z o'sha tilning tovush va imlo qoidalariga bo'ysunishi lozim. Qur'on oyatlari qiroatida yoki arabcha jumla tarkibida talaffuz etilgandagina tajvidga rioya etilishi kerak bo'ladi. Agar biz arabchadan o'tgan barcha so'zlarni tajvidga binoan yozadigan va talaffuz etadigan bo'lsak, kitobxonlarning o'qishi va anglashiga katta qiyinchiliklar tug'dirib qo'yamiz.
Eng muhimi, mushafning ushbu tarjimasida juda omonatdorlik bilan, ya'ni arabchada qanday bo'lsa, o'zbekchada ham o'sha mazmunni to'la saqlab qolishga harakat qilindi. Biror maqsadda bo'rttirish yoki o'zgartirish kabilardan xoli.
So'zimiz intihosida aziz kitobxonlardan bandai ojizning sahvlarinima'zur tutishlarini, tarjima to'g'risidagi o'z fikr mulohazalarini bildirgudek bo'lsalar, mamnuniyat bilan qabul etib, keyingi nashrlarda ularni inobarga olishimizni bildiramiz. Abdulaziz Mansur.
1. “Madorikut-tanzil va haqoiqut-ta'vil” nomli tafsir. Mufassir: Abul-barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud an-Nasafiy al-Hanafiy (vafoti 701h. ). Stambul nashri. 1324 h. 2. “Bahrul-ulum” tafsiri. Mufassir: Abul-lays Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad as-Samarqandiy (vafoti 375 h. ). Bayrut nashri. 1993 y. 3. “Anvorut-tanzil va asrorut ta'vil” tafsiri. Mufassir: Qoziy Nosiruddin Abu Said Abdulloh ibn Umar al- Bayzoviy ash-Shofeiy (vafoti 685 h. ). Stanbul nashri. 1324 h. 4. “Lubobut-ta'vil fi maonit-tanzil” tafsiri. Mufassir: Alouddin Ali ibn Muhammad ibn Ibrohim al-Bag'dodiy as- Sufiy ash-Shofeiy (Xozin). Vafoti 735 h. Stanbul nashri. 1324 h. 5. “Jomeul-bayon an ta'vili oyil-Qur'on” nomli tafsir. Mufassir: Abu Ja'far Muhammad ibn Jarir at-Tabariy (vafoti 310 h. ). Bayrut nashri. 1988 y. 6. “Tafsirul-Qur'onil-azim”. Mufassir: Abul-fido al-Hofiz Ibn Kasir ad-Dimashqiy (vafoti 774 h. ). Bayrut nashri. 1988 y. 7. “Imlou mo manna bihir-Rahmon” tafsiri. Mufassir: Muhibbuddin Abul-baqo al-Ukbariy az-zarir al-hanbaliy (538-616h. ). Misr nashri. 1306 h. 8. “Azvoul-bayon fi izohil-Qur'on bil-Qur'on” tafsiri. Mufassir: Muhammad Amin ibn Muhammad Muxtor al- Jakaniy ash-Shanqitiy (vafoti 1393 h. ). Qohira nashri. 1988 y. 9. “As'ila val-ajviba” kitobi. Muallif: Muhammad ibn Abi Bakr ibn Abdulqodir ar-Roziy, “Muxtorus-sihoh” muallifi. 10. “Sahihul-Buxoriy” – Kitobut-tafsir. 11. “Al-hidoya” kitobi. Muallif: Burhonuddin Abul Hasan Ali ibn Abi Bakr ibn Abdiljalil ar-Roshidoniy al- Marg'inoniy (tavalludi 1123m. vafoti 1197mG'593 h. ) 12. “Ta'vilotu Ahlis-Sunna” qo'l yozma kitobi. Muallif: Abu Mansur Moturidiy (vafoti 333 h. G' 944 m. ) 13. “Mabohis fi ulumil-Qur'on”. Muallif: Mannoul Qatton. Bayrut nashri, 1980y. 14. “Kitobut-Tibyon fi odobi hamalatil-Qur'on”. Muallif: Muhyiddin Yahyo ibn Sharaf an-Navaviy (vafoti 676 h. ). Qohira nashri. 1307 h. 15. “Kanzul-ibod” sharhi. Matn muallifi: Shihobuddin as-Suhravardiy ash-shofiiy (tavalludi 587 hG' 1191m. ) Shorih: Ali ibn Ahmad al-G'uriy al-hanafiy. 16. “Maal-Qur'onil-karim”. Muallif: Shayx Jodul-haq Ali Jodul-haq (Shayxul Azhar). Qohira nashri. 1991 y.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 3
Bu sura Qur'on nusxalarida Makkada nozil qilingan deb kelinayotgan bo'lsada, tafsir va hadislarda u Madinada ham takroran nozil qilingan, deyiladi. Shuning uchun ham bu suraning nomlaridan biri - "Sab'ul-masoniy", ya'ni "ikki bor nozil qilingan yetti oyat" demakdir.
Suraning o'nga yaqin nomlari bo'lib, ulardan eng mashhuri "Fotiha", ya'ni, "ochuvchi" - suralarning joylashishi bo'yicha avvalida qo'yilgani uchun unga shu nom berilgan. "Al-Hamdu" so'zi bilan boshlangani uchun bu nom bilan ham ataladi. Islom dini mafkurasi va ahkomlarini muxtasar shaklda o'zida mujassam etgani uchun "Ummul-Qur'on", ya'ni "Qur'onning onasi" nomi berilgan. Mazkur yetti oyatni sharhlab ba'zi mufassirlar bir necha jildlik asar yozib qoldirganlar.
"Bismillohir Rahmonir Rahim" oyati "Fotiha" surasining tarkibiga kiradimi yoki u keyin qo'shib qo'yilganmi degan masalada mujtahidlarning ba'zilari uni shu suradan deb sanaganlar. Boshqalar esa Qur'ondagi 113 ta sura boshlanishidagi hamma "Bismilloh"lar ham suralarining tarkibiy qismidan emas, balki ularni bir-biridan ajratib turuvchi - fosila sifatida joylashtirilgan, deganlar. "Bismilloh" oyati faqat bir joyda - Naml surasining 30- oyatida kelgan, deb ta'kidlaydilar.
Abu Hanifa (Imom A'zam) ham shu fikrda bo'lganlar. Shuning uchun Hanafiy mazhabiga mansub xattot va noshirlar tomonidan ko'chirilgan va chop etilgan Qur'on nusxalarida, xususan Turkiya va Pokistonda nashr etilgan nusxalarda "Fotiha" surasining boshida kelgan "Bismilloh"ga raqam qo'yilmaydi. Arab dunyosida chiqadigan Qur'onlarda esa unga birinchi raqam, "Fotiha" surasining birinchi oyatiga esa 2 raqamini qo'yadilar.
Izoh: Hamd so'zi arabcha bo'lsada, musulmon xalqlari tilida ko'p ishlatilishi va uning mazmuni ham bir qadar tushunarli bo'lib ketgani uchun tarjimasiz o'zi berildi. Aslida hamd - bu maqtov demakdir. Lekin bu maqtov Allohgagina xosdir. Ya'ni, Allohdan boshqaga hamd so'zini ishlatilmagani ma'qul. Zero, hamd - bu maqtaluvchidagi yaxshi sifatlarni har qancha ta'rif va tavsif qilsa ham ozlik qilishini anglatadi. Insonni maqtaganda esa madh so'zini ishlatgan ma'qul. Zero, madh - bu maqtaluvchida mavjud bo'lmagan yaxshi sifatlarni ham qo'shib maqtashdir. Oyatdagi "olamlar"dan murod butun mavjudotdir.
4. va jazo kuni (qiyomat)ning egasidir. 5. Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina yordam so'raymiz! 6. Bizni shunday to'g'ri yo'lga boshlaginki, 7. (u) Sen in'om (hidoyat) etganlarning yo'lidir
Izoh: Alloh in'om etgan kishilar - payg'ambar, siddiq va shahidlardir. g'azabga uchragan va adashganlarning emas!
Izoh: Allohning g'azabiga uchraganlar - Muso qavmining itoatsizlaridir (Baqara surasi, 61-oyatga qaralsin). Adashganlar esa - Iso qavmining, "Allohning farzandi bor" deydiganlaridir. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 4
Baqara sigir demakdir. Surada Muso alayhissalom qavmi orasida noma'lum shaxs tomonidan bir kishi o'ldirilganda, Alloh taolo bir sigir so'yib, uning bir bo'lagi bilan o'likni ursinlar, deb buyuradi. Shu buyruqni bajarishganda murda tirilib, o'z qotili kimligini aytib beradi. Shu sababli sura sigir nomi bilan atalgan. Bu Qur'ondagi eng yirik sura bo'lib, unda e'tiqod (Islom mafkurasi), ibodat, muomala, axloq, nikoh, taloq va idda kabi masalalar bayoni bilan bir qatorda Muso alayhissalom, Fir'avn va Isroil avlodi o'rtasidagi mojarolar o'z aksini topgan.
Izoh: Alif, Lom, Mim. Qur'onda 27 ta sura shu kabi hijo (alifbo) harflari bilan boshlanadi. Ularni "Hurufi muqattaot", ya'ni, tarkibdan ajratilgan harflar deb ataladi. Bu harflarning mazmuni yoki nimalarning alomati ekanligi to'g'risida bahs yuritish man etilgan. Ularning ma'nosini faqat Allohning O'zi biladi deb e'tiqod qilish zarurdir. Lekin ba'zi mufassirlar o'z tafsirlarida ularni izohlashga ham uringanlar.
(manbai)dirkim, 3. ular g'oyib (diniy xabarlar)ga imon keltiradigan, namozni mukammal o'qiydigan va Biz rizq qilib bergan narsalardan (sadaqa va) ehson qiladiganlardir. 4. Yana, ular Siz (Muhammad)ga va Sizdan ilgari (o'tgan payqambarlarga) nozil qilingan narsa (ilohiy kitoblar)ga imon keltiradigan hamda oxirat (qiyomat)ga qat'iy ishonch hosil qiladiganlardir. 5. Aynan ular Parvardigorlari tomonidan (ato etilgan) hidoyat uzradirlar va aynan ular najot topuvchilardir.
ularga baribir - imon keltirmaydilar. 7. Ularning dillari va quloqlariga Alloh muhr urib qo'ygan. Ko'zlarida esa parda (bor). Ular uchun ulkan azob (tayyorlab qo'yilgandir). 8. Odamlar orasida shundaylar ham borki, ular "Biz Allohga va oxiratga imon keltirdik", - deydilar. Vaholanki, o'zlari mo'min emaslar. 9. Ular (bu bilan) Allohni va imon keltirganlarni aldamoqchi bo'ladilar. Lekin, o'zlari sezmagan holda o'zlarinigina aldaydilar. 10. Ularning dillarida xastalik (shubha va kibr kasali) bor. Alloh ularga (shu) xastalikni ziyoda qildi. (Mo'minmiz, deb) yolg'on gapirganlari uchun ularga (oxiratda) alamli azob bordir. 11. Ularga: "Yer yuzida fasod (buzg'unchilik) qilmanglar!", - deyilsa, ular: "Albatta, biz asl islohchilarmiz", - deydilar. 12. Ogoh bo'lingki, aynan ularning o'zlari buzg'unchilardir, lekin (buni o'zlari) sezmaydilar. 13. Ularga: "Sizlar ham (ana u) odamlardek imon keltiringlar", - deyilsa, "Biz (shu) nodonlarga o'xshab imon keltiramizmi?!" - deydilar. Ogoh bo'lingki, ularning o'zlari nodondirlar, lekin (buni o'zlari) Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 5
Izoh: Bilol, Suhayb kabi qullar va boshqa ba'zi bechorahol kishilar imon keltirganlarida, munofiqlar ularga haqorat nazari bilan boqib, ularning safiga qo'shilishdan or qilganlar.
shaytonlari (boshliqlari) bilan xoli qolganlarida esa: "Biz, albatta, sizlar bilan birgamiz, faqat biz (mo'minlarni) mazax qiluvchilarmiz, xolos", - deydilar. 15. Alloh ularni "mazax qiladi" va ularning shu (haddan oshgan) tug'yonlarida adashib yurishlariga qo'yib beradi.
Izoh: Allohning "mazax qilishi" ularning qilmishlariga yarasha jazo berishidir. Tug'yon holatlarida davom etishlari esa berilajak jazoning ortishiga sabab bo'ladi. Alloh ularni shu holatda davom ettirishi ularning zararigadir.
foyda qilmadi va haq yo'lga yuruvchi ham bo'lmadilar.
Alloh (bexos) nurlarini ketkazib, ularni zulmatlar ichra (hech narsani) ko'rolmaydigan holda qoldirgani kabidir. 18. (Ular) kar, soqov va ko'rdirlar. Bas, ular zinhor (hidoyatga) qaytmagaylar.
Izoh: Ularning karligi - haq gaplarni tinglamasliklari, soqovliklari - haq gapni gapirmasliklari, ko'rliklari esa haq narsani ko'rib, tasdiq etmasliklaridir.
chaqmoq bo'lib, (ular ostida) yashin tegib o'lishdan qo'rqib, barmoqlarini quloqlariga tiqib olurlar. Alloh esa kofirlarni (har tomondan) qurshab oluvchidir. 20. Chaqmoq ularning ko'zlarini ko'r qilgudek bo'ladi. (U) har gal yoritganida (ozgina) yurib oladilar, ularga qorong'i tushirganida esa (joylarida) turib qoladilar. Agar Alloh xohlasa edi, ularni quloq va ko'zlaridan (momaqaldiroq ovozi va chaqmoq yorug'ligi bilan) judo qilgan bo'lur edi. Zero, Alloh har narsaga qodirdir.
Izoh: Munofiqlar to'g'risida nozil qilingan oyatlarda Alloh taoloning ularga nisbatan aytgan qattiq gaplari chaqmoqqa o'xshatilmoqda.
ibodat qilingiz! 22. U sizlar uchun Yerni poyandoz, osmonni "bino" qilib qo'ydi va osmondan suv tushirib, u sababli sizlarga rizq sifatida mevalar undirdi. Bas, bilib turib Allohga (ibodatda) boshqa (soxta ma'buda)larni tenglashtirmangiz! 23. Agar bandamiz (Muhammad)ga tushirgan narsamiz (Qur'on)dan shubhada bo'lsangiz, bas, siz ham unga o'xshash (birgina) sura (yozib) keltiring va Allohdan o'zga guvohlaringizni chaqiring - agar rostgo'y bo'lsangiz. 24. Bordiyu (bu ishni) qilmasangiz - zinhor qila olmaysiz ham - u holda yonilg'isi odamlar va toshlardan Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 6
Izoh: Odamlar va toshlar, ya'ni kofirlar va toshdan yasalgan sanamlar. Demak, sanam va butlarga sig'inuvchilar o'z ma'budalari bilan birga yonishlari tasvirlanmoqda.
oqib turuvchi bog'lar (jannatlar) bor. Rizq etilgan mevalardan har gal tanovul qilganlarida: "Bu ilgari bizga rizq qilib berilgan mevalarning xuddi o'ziku", - deydilar. Zero, ularga (surati) bir-biriga o'xshash mevalar beriladi. Yana ular uchun u yerda pokiza juftlar bordir va ular u yerda abadiy qoluvchilardir.
Izoh: Jannat ahli noz-ne'matlardan har gal tanovul qilganlarida, ularning bir xillik va oliy sifatlikda bir- biridan farqsiz holda ko'rib, "bu oldinroq yegan narsalarimizning o'zi-ku," - deb taajjub qilar ekanlar. Ikkinchi xil tafsiri shuki, jannatdagi noz-ne'matlarning tashqi ko'rinishi xuddi foniy dunyodagiga o'xshash bo'lib, mazasining totliligi bilan farq qilar ekan. Tanovul qilmay turib: "Bu oldin (dunyoda) tanovul qilgan narsalarimizning o'zi-ku!" - der ekanlar.
kishilar-ku, u (masal)ni haqiqatan ularning Rabbi tomonidan (yuborilgan) haqiqat deb biladilar. Kofirlar esa: "Bu masal bilan Alloh nima demoqchi, o'zi?" - deydilar. U (masal) bilan Alloh ko'plarni adashtiradi va u bilan ko'plarni (to'g'ri yo'lga) hidoyat qiladi. Lekin, (Alloh) u bilan faqat fosiq kimsalarni adashtiradi,
Izoh: Bu oyat ikki xil ta'vil etiladi. Birinchidan - Alloh chivin va undan katta narsalar misolida zarbul-masal aytishdan uyalmaydi, deb ham tushunish mumkin. Ikkinchidan - chivin va undan ham kichik narsa misolida zarbul-masal aytishdan uyalmaydi.
narsalarni uzadigan va yer (yuzi)da buzg'unchilik qiladigan kimsalardir. Ular, albatta, ziyon ko'ruvchilardir.
Izoh: Bog'lanishiga buyurgan narsalar deganda, qavm-qarindoshlar bilan bog'lanib, ularga silai rahm qilish, mo'min-musulmonlar bilan yaxshi munosabatda bo'lish, payg'mbarlarni ayirmay hammasiga barobar imon keltirish kabi ishlar nazarda tutiladi.
huzuriga qaytariladigan Allohni qanday inkor etasiz?! 29. U shunday zotki, sizlar uchun Yerdagi barcha narsalarni yaratdi. So'ngra samo sari "turdi-da," uni yetti osmondan iborat qilib qo'ydi. U barcha narsani biluvchi (dono)dir.
deganida, (ular) aytdilar: "Unda (Yerda) buzg'unchilik qiladigan, (nohaq ravishda) qonlar to'kadigan kimsani yaratmoqchimisan? Holbuki, biz Senga hamding bilan tasbehlar aytamiz va Seni muqaddas deb bilamiz. (Alloh) aytdi: "Men sizlar bilmagan narsani bilaman".
Izoh: Odamzot yaratilsa, u yer yuzida buzg'unchilik ishlarini qilishini farishtalar qayerdan bilishdi, degan tabiiy savolga "Madorik" tafsirida shunday javob qilinadi: ularga Odam haqida Alloh taoloning o'zi xabar berib, uning sifatlarini ham bayon qilgan yoki "Lavhul-mahfuz" dan o'qib, bilib olganlar yoxud odamzotni ham jinlarga taqqoslashgan, zero, Odam Ato yaratilishidan ilgari jinlar yaratilganda, ular itoatsizlik bilan ko'pyovuz ishlarni qilgan ekanlar. Farishtalar insni jinga taqqoslab, mazkur e'tirozni bildirganlar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling