Tarjima haqida


taniydilar va ulardan bir guruhi bila turib, (kitoblaridagi) haqiqatni sir tutadilar


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/72
Sana04.05.2020
Hajmi1.61 Mb.
#103210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt


taniydilar va ulardan bir guruhi bila turib, (kitoblaridagi) haqiqatni sir tutadilar.  

 

147. Haqiqat bu - Rabbingizdan (bo'lganidir). Bas, (Siz) shubhalanuvchilardan bo'lmang!  

 

148. Har bir (dindor) uchun o'zi yuzlanadigan tarafi (qiblasi) bor. Bas, xayrli ishlarda o'zib ketingiz! 



Qayerda bo'lmangiz, Alloh hammangizni (mahshargohga) keltiradi. Albatta, Alloh har narsaga qodirdir.  

 

149. Qaysi joydan (safarga) chiqsangiz ham, (namozda) yuzingizni Masjidi Harom (Ka'ba tomon)ga 



o'giring! Ushbu (buyruq) Parvardigoringiz tomonidan (aytilgan) haqiqatdir. Alloh qilayotgan 

ishlaringizdan g'ofil emasdir.  

 

150. Qaysi joydan (yo'lga) chiqsangiz, yuzingizni (namozda) Masjidi Harom tomonga o'giring! (Ey, 



mo'minlar) qayerda bo'lsangizlar, yuzlaringizni o'sha (Ka'ba) tomonga o'giringizlar! Toki g'arazli 

odamlarda sizlarga qarshi hujjat bo'lmasin. Magar, ular ichida zolimlari (ham) borki, sizlar ulardan 

qo'rqmangiz, balki Mendan qo'rqingiz. Bu sizlarga ne'matlarimni (yanada) mukammal qilib berishim va 

hidoyat yo'lini topib olishlaring uchundir.  

 

151. Shuningdek, sizlarga o'zingizdan bo'lmish bir payg'ambar yubordikki, u sizlarga oyatlarimizni 



o'qib beradi, sizlarni (shirk va gunohlardan) poklaydi, sizlarga Kitob (Qur'on) va Hikmat (Hadis)ni 

ta'lim beradi va bilmaganlaringizni bildiradi.  

 

152. Bas, Meni yod etingiz, Men ham sizlarni yod eturman. Menga shukr qilingiz, noshukrchilik 



qilmangiz! 

 

153. Ey, imon keltirganlar! sabr va namoz (o'qish) bilan (Mendan) yordam so'rangizlar! Albatta, Alloh 



sabr qiluvchilar bilan birgadir.  

 

154. Alloh yo'lida qatl etiladigan (shahid)lar haqida: "(Ular) o'likdirlar", - demangiz! Yo'q, (ular) 



tirikdirlar, lekin sizlar (buni) sezmaysizlar.  

 

155. Sizlarni biroz xavf, ochlik bilan, molu jon va mevalar (hosili)ni kamaytirish yo'li bilan sinagaymiz. 



(Shunday holatlarda) sabr qiluvchilarga xushxabar bering (ey, Muhammad)!  

 

156. Ularga musibat yetganda: "Albatta, biz Allohning mulkimiz va albatta, biz Uning sari 



qaytuvchilarmiz", - deydilar.  

 

157. Aynan o'shalarga Parvardigorlari tomonidan salavot (mag'firat) va rahmat bordir va aynan ular, 



hidoyat topuvchilardir.  

 

158. Albatta, Safo va Marva (tepaliklari) Allohning shiorlaridandir. * Bas, kim haj yoki umra qilganida 



u ikkisini tavof etsa, unga gunoh yo'qdir. O'z ixtiyori bilan biror xayrli ish (nafl haj yoki umra) qilsa, 

albatta, Alloh shukrni qabul etuvchi va dono zotdir.  

 

Izoh: Safo bilan Marva tepaliklari qadimdan tavof qilinar edi. Lekin bu tavof johiliyat aqidasiga muvofiq 



ravishda shirk aralash ado qilinar edi. Islom dini bo'yicha musulmonlar haj paytida bu ikki tepalik o'rtasida 

yurib sa'y qilishga buyurilganda, ular gunohkor bo'lib qolmasmikanmiz, deb, ikkilanib turganlarida, shu oyat 

nozil bo'lib, Islom shariati bo'yicha sa'y qilish joriy qilindi.  

 

159. Biz nozil qilgan oyatlar va hidoyatdan iborat narsalarni (Muhammadning haq payg'ambar ekanini) 



odamlarga Kitob (Tavrot)da aniq qilib berganimizdan keyin (uni) sir tutganlarni, shubhasiz, Alloh 

la'natlagay va ularni la'natlovchilar (farishtalar va mo'minlar) ham la'natlagaylar.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

19

160. Illo, qaysilari tavba qilib, xatolarini tuzatib, (haqiqatni) bayon qilsalar, ularning tavbalarini qabul 



eturman. Men - tavbalarni qabul etuvchi, rahmli zotdirman.  

 

161. Kufrda bo'lib, kofirlik holida o'lib ketganlarga barchaning - Allohning, farishtalar va odamlarning 



la'natlari bo'lgay.  

 

162. U yerda (do'zaxda) abadiy qolurlar, azoblari yengillashtirilmas va (jazo ham) kechiktirilmas 

 

163. Ilohingiz yagona ilohdir. Undan o'zga iloh yo'qdir. (U) mehribon va rahmlidir 

 

164. Albatta, osmonlar va Yerning yaratilishida, kecha va kunduzning almashib turishida, odamlar 



uchun foydali narsalar ortilgan kemalarning dengizda suzishida, Alloh osmondan tushirib, u sababli 

"o'lik" yerni tiriltirgan suvda, turli jonzotlarni unda (yerda) tarqatib qo'yishida, shamollarni (turli 

tomonga) yo'naltirishida va osmon bilan Yer orasidagi itoatli bulutda aqlni ishlatadigan kishilar uchun 

alomatlar (Allohning qudratiga dalillar) bordir.  

 

165. Odamlar orasida shunday kimsalar borki, ular Allohdan o'zga (soxta ma'buda)larni Unga teng 



bilib, Allohni sevgandek ularni sevadilar. Imon keltirganlarning Allohga bo'lgan muhabbatlari esa 

(ularnikidan) kuchliroqdir. Zolimlar (qiyomatda) azobni ko'rganlarida butun kuch-qudrat Allohga xos 

ekanini va Allohning azobi (o'ta) qattiqligini bilsalar edi!  

 

166. (Qiyomat kuni) azobni ko'rib peshvolar o'z ergashuvchilaridan tonadilar va (ularni birlashtirib 



turuvchi) aloqalar uziladi.  

 

167. Ergashganlar: "Qani edi bir bor (dunyoga) qaytish mumkin bo'lsa-yu, ular bizdan tonganlaridek, 



biz ham ulardan tonsak",- deydilar. Shunday qilib, Alloh taolo ularning qilmishlarini o'zlariga hasrat 

qilib ko'rsatadi. Ular do'zaxdan chiquvchi emaslar.  

 

168. Ey, odamlar, yerdagi halol-pok narsalardan yenglar va shaytonning izlaridan ergashmanglar! 



Albatta, u sizlarning aniq dushmaningizdir.  

 

169. U sizlarni faqatgina yomonlik va buzuqlikka va Alloh sha'niga bilmagan narsalaringizni gapirishga 



buyuradi.  

 

170. Ularga (mushriklarga): "Alloh nozil etgan (oyatlar)ga ergashinglar!" - deyilsa, ular: "Yo'q, biz ota-



bobolarimizni ne uzra topgan bo'lsak, o'shanga ergashamiz", - deydilar. Ota-bobolari garchi hech 

narsaga aqllari yetmaydigan va to'g'ri yo'ldan yurmaydigan bo'lsalar-chi?!  

 

171. (Haqiqatan ham) kufr yo'lidagi kimsalar (vahiydan ta'sirlanmaslikda) xuddi hayvonlarga 



qichqirayotgan kishining ovozidan va hayqirig'idan o'zga narsani eshitmayotgani kabidir. (Ular) kar, 

soqov va ko'rdirlarki, (gapni) anglamaydilar.  

 

Izoh: Hayvonlarga har qancha gapirilsa ham faqat ovozdan boshqa narsani anglamaganlari kabi betavfiq 



kishilar ham foydali gaplarni tinglab, anglash o'rniga nochorlikdan eshitib qo'ya qoladilar.  

 

172. Ey, imon keltirganlar, Allohgagina ibodat qiluvchi bo'lsangiz, sizlarga Biz rizq qilib bergan pokiza 



narsalardan yenglar va Unga shukr qilingizlar!  

 

173. U sizlarga o'limtik, qon, cho'chqa go'shti va Allohdan o'zgaga atab so'yilgan narsalarni (qat'iy) 



harom qildi. Ammo, zulmkor va tajovuzkor bo'lmasdan, zaruratan (tanglik yuzasidan) iste'mol qilsa, 

uning gunohi yo'qdir. Darhaqiqat, Alloh kechirimli va rahmlidir.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

20

Izoh: Harom qilingan narsalarni zarurat taqozosi bilan jonni saqlab qolgudek miqdorda iste'mol qilishga 



shariat ruxsat beradi.  

 

174. Alloh nozil qilgan Kitob (Tavrot)dagi narsani (Muhammad vasfini) sir tutadigan va uni ozgina 



bahoga sotadiganlar, albatta, o'z qorinlariga olov yegan bo'lurlar. Alloh qiyomat kunida ular bilan 

so'zlashmaydi va ularni (gunohlaridan) poklamaydi. Ularga alamli azob (berilur).  

 

175. Hidoyat o'rniga zalolatni, mag'firat o'rniga azobni sotib olgan kimsalar ana o'shalardir. Bas, do'zax 



(azobi)ga buncha ham "toqatli" bo'lmasalar! 

 

Izoh: Bu ibora ularga istehzo shaklida aytilmoqda. Zero, do'zax azobiga toqat qila oladigan jonzot bo'lishi 



mumkin emas. Zalolat bilan azobni ixtiyor etganlar oxirat azobini o'ylab qo'ysinlar, deb tanbeh berilmoqda.  

 

176. Bu (jazo) - Alloh Kitob (Tavrot)ni haqiqatan nozil qilgani va bu Kitob xususida ixtilof qiluvchilar 



(haqiqatdan) juda ham uzoqda bo'lganlari uchundir.  

 

177. Yuzlaringizni Mashriq va Mag'rib tomonlariga burib, (ibodat qilishingizning o'zi to'la) yaxshilik 



emas, balki Allohga, oxirat kuniga, farishtalarga, kitoblarga, payg'ambarlarga imon keltirgan, o'zi 

yaxshi ko'rgan molidan qarindoshlariga, yetimlarga, miskinlarga, yo'lovchiga, tilanchilarga va qullarni 

ozod qilish yo'lida beradigan, namozni to'kis ado etib, zakotni to'lab yuradigan kishi va kelishilgan 

ahdlariga vafo qiluvchilar, shuningdek, og'ir-yengil kunlarda va jang paytida sabr qiluvchilar yaxshi 

kishilardir. Aynan o'shalar (imonlarida) sodiqdirlar va aynan o'shalar taqvodordirlar.  

 

178. Ey, imon keltirganlar! Sizlarga o'ldirilgan kishilar uchun qasos olish farz qilindi: ozod kishi 



muqobiliga ozod kishidan, qul uchun quldan, ayol kishi uchun ayoldan. Birodari tomonidan avf etilsa 

(xun to'lashga rozi bo'linsa), u holda yaxshilik bilan bo'yin sunish va xunini yaxshilab to'lash (zarurdir). 

Bu (hukm) Rabbingiz tomonidan yengillik va marhamatdir. Bas, kimki shundan keyin ham haddidan 

oshsa, unga alamli azob (berilur).  

 

Izoh: Ya'ni shu yengillik va ilohiy marhamatlardan keyin ham, qotildan, boshqalardan o'ch olsa yoki xun 



olgandan keyin ham qasos olsa, oxirat azobiga mahkumdir.  

 

179. Sizlar uchun qasosda hayot bor, ey, aql egalari! (Bu bilan) shoyad (jinoyatlardan) saqlansangizlar.  

 

Izoh: Qasos shariat ko'rsatmalariga muvofiq ravishda ijro etilsa, ko'pchilikning qoni nohaq to'kilishdan 

saqlanib qolishi nazarda tutilmoqda. Zero, qasos adolatga asoslanadi. Aks holda, bir inson qoni evaziga ikki 

tomondan ham begunoh odamlar qurbon bo'lib ketishi mumkin.  

 

180. Qaysi biringizga o'lim hozir bo'lsa (yaqinlashsa) va (o'zidan keyin) biror yaxshilik (boylik) 



qoldirayotgan bo'lsa, ota-ona va qarindoshlariga ma'lum miqdorda vasiyat qilishlik bitildi (farz qilindi). 

Bu taqvoli kishilar zimmasidagi burchdir.  

 

Izoh: Bu oyatdagi vasiyat qilishning farzligi meros oyati nozil bo'lgach, bekor qilingan.  

 

181. Kimki uni (vasiyatni) eshitganidan keyin o'zgartirsa, gunohi faqat o'zgartirganlarga bo'lur. Albatta, 

Alloh eshituvchi va dono zotdir.  

 

182. Ammo, kimki vasiyat qiluvchi tomonidan biror xatolik yoki gunoh sodir bo'lishidan qo'rqib, 



(vasiyatni o'zgartirib bo'lsa ham) oralarini isloh qilib qo'ysa, unga gunoh yo'q. Albatta, Alloh 

kechiruvchi va rahmlidir.  

 

183. Ey, imon keltirganlar, taqvoli bo'lishlaringiz uchun sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani 



Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

21

kabi sizlarga ham ro'za tutish farz qilindi,  

 

184. sanoqli kunlarda. Bas, sizlardan kimki bemor yoki safarda bo'lsa, sanog'i boshqa kunlardandir. 

Madori yetmaydiganlar zimmasida bir miskin kimsaning (bir kunlik) taomi fidyadir. Kimki ixtiyoriy 

ravishda ziyoda xayr qilsa (lozim bo'lganidan ortiq fidya bersa), o'ziga yaxshi. Agar bilsangiz, ro'za 

tutishingiz (fidya berib tutmaganingizdan) yaxshiroqdir.  

 

Izoh: Sanoqli kunlar - bu Ramazon oyi kunlaridir. Sanoqli so'zi oz miqdorga, sanoqsiz so'zi esa ko'pga nisbatan 



ishlatiladi. Ramazonning 30 kuni qolgan o'n bir oyga nisbatan ozligi uchun sanoqli kunlar deb ifoda etilgan. 

Izoh (a): Ro'za tutish yoki tutmasdan fidyasini to'lash ixtiyoriy bo'lgan. Lekin bu hukm ham keyinroq boshqa 

oyat nozil bo'lishi bilan bekor qilingan. Ya'ni, Ramazon oyida hozir bo'lgan uzrsiz kishiga ro'za tutish farzi 

aynga aylangan. Uzrli holatlar bundan mustasno.  

 

185. Ramazon oyi - odamlar uchun hidoyat (manbai) va to'g'ri yo'l hamda ajrim etuvchi hujjatlardan 



iborat Qur'on nozil qilingan oydir. Bas, sizlardan kim bu oyda hozir bo'lsa, ro'zasini tutsin. Kimki 

bemor yoki safarda bo'lsa, (tuta olmagan kunlar) sanog'i boshqa kunlardandir. Alloh sizlarga yengillikni 

istaydi, og'irlikni xohlamaydi. Bu - hisobni to'ldirishingiz hamda hidoyatga boshlagani uchun Allohga 

takbir (hamdu sano) aytishlaringiz va shukr qilishlaringiz uchundir.  

 

Izoh: Ajrim etuvchi deganda, haqiqat bilan soxtalik, yaxshilik bilan yomonlik, savob bilan gunoh o'rtasidagi 



farqni belgilab beruvchi deb tushunish kerak.  

 

186. Sizdan (ey, Muhammad), bandalarim Mening haqqimda so'rasalar, (ayting) Men ularga yaqinman. 



Menga iltijo qiluvchining duosini ijobat eturman. Bas, ular ham Meni (da'vatlarimni) ijobat (qabul) etib, 

Menga imon keltirsinlar, shoyad (shunda) to'g'ri yo'lga tushib ketsalar.  

 

187. Sizlarga ro'za kechasida xotinlaringiz bilan qovushish halol qilindi. Ular sizlar uchun libos, sizlar 



ular uchun libosdirsizlar. Sizlarning o'zingizga xiyonat qilayotganingizni Alloh bildi va tavbalaringizni 

qabul qilib, sizlarni avf etdi. Endi, ular bilan (ro'za kechalarida bemalol) qovushib, sizlar uchun Alloh 

yozgan (taqdir etgan) narsani (farzandni) umid etaveringizlar. Shuningdek, tonggacha, ya'ni, oq ipni 

qora ipdan ajratsa bo'ladigan vaqtgacha yeb-ichaveringlar. So'ng, ro'zani kechgacha (quyosh 

botguncha) mukammal tutingizlar! Masjidlarda e'tikofda bo'lgan paytlaringizda (kechalari ham) ular 

(xotinlar) bilan qo'shilmangizlar! Bular (aytilgan hukmlar) Allohning chegaralaridir. Bas, ularga 

yaqinlashmangiz. Odamlar (man etilgan ishlardan) saqlanishlari uchun Alloh o'z oyatlarini mana 

shunday aniq bayon qiladi.  

 

Izoh: Bu oyat nozil bo'lgunga qadar Ramazon oyida, hatto kechalari ham er-xotinning jinsiy aloqa qilishlari 



man etilgan edi. Izoh (a): Masjidda e'tikof niyati bilan o'tirgan ro'zadorga bir necha ishlar man etiladi. 

Jumladan hojat taqozo qilmaganda tashqariga chiqish, savdogarlik qilish (molni keltirmasdan savdo qilishi 

mumkin), sukut saqlash, behuda gapirish, jinsiy aloqa qilish kabilar. Ayol kishi o'z uyida e'tikof o'tirishi 

mumkin. E'tikofning eng oz muddati bir kundir.  

 

188. Mol(-mulk)laringizni o'rtalaringizda botil (yo'llar) bilan yemangiz! Shuningdek, bila turib, 



odamlarning haqlaridan bir qismini gunoh yo'l bilan yeyish (o'zlashtirish) maqsadida uni hokimlarga 

havola qilmangiz.  

 

Izoh: Hadisi sharifda ham aytilgan: "Men ham bir insonman. Mening huzurimga haq talashib, da'vo bilan kelib 



turasizlar. So'zga ustalik qilib, nohaqlik bilan o'zgalar haqini o'zlashtirib olsangiz, bilib qo'yingki, o'sha narsa 

do'zaxning bir cho'g'idir. Xohlagan uni olsin, xohlamagan olmasin". (al-Buxoriy va Muslim rivoyatlari) 

 

189. Sizdan (ey, Muhammad), hilollar (yangi oylar) haqida so'raydilar. "Ular odamlarga (yil hisobi) va 



haj uchun vaqt o'lchovlaridir", -deb ayting. Uylarga orqa tomondan kirishingiz yaxshilik emas, balki 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

22

yaxshilik – kishining taqvosi (bilan o'lchanur). Uylarga eshiklaridan kiringiz va Allohdan qo'rqingiz! 



Shoyad (shunda) tole topsangizlar.  

 

Izoh: Ular oylarning mohiyati, shakl va shamoili, sifatlari haqida so'rab, Rasululloh ilmini sinamoqchi 



bo'ldilar. Lekin Alloh taolo ularga oylarning vazifa va foydalari to'g'risida xabar berishni buyurdi. Darhaqiqat, 

shariat ahkomlarida ko'pincha shakl-shamoil emas, balki maqsad va g'oyaga e'tibor berish tavsiya etiladi. 

Masalan, nima uchun bir kecha va kunduzda aynan besh vaqt namoz o'qish farz qilindi, deb so'rash o'rniga 

namoz o'qishdan hosil bo'ladigan natija va savoblar haqida bilim olishga intilish o'rinliroqdir. "Nega aynan 

Ramazon oyida ro'za tutiladi? Nega zakot qirqdan bir miqdorda beriladi?" kabi savol beruvchilar, odatda, 

o'zlari bilgan ilmiga amal qilmaydigan ixlossiz kishilar bo'ladi.  

 

190. Sizlarga qarshi jang qiluvchilar bilan Alloh yo'lida jang qilingiz, (lekin) haddan oshmangiz! Zero, 



Alloh haddan oshuvchilarni yoqtirmaydi.  

 

Izoh: Islom dinida adolat mezoniga hatto yov bilan jang qilish jarayonida ham rioya qilinadi. Alloh taolo har 



qanday vaziyatda ham haddan oshmaslikka buyuradi. Bu hamma uchun juda ibratli tanbehdir.  

 

191. Ularni (mushriklarni) qayerda topsangiz, o'ldiringiz va sizlarni chiqargan joydan (Makkadan) 



ularni chiqaringiz! Fitna qotillikdan ham ashaddiyroqdir. Ular boshlamaguncha, Masjidi Haromda ular 

bilan urushmangiz. Agar urushni (Haramda) boshlasalar, u holda ularni o'ldiringiz! Kofirlarning jazosi 

shundaydir.  

 

192. Agar (shirk va tajovuzkorlikdan) qaytsalar, bas, albatta, Alloh kechiruvchi va rahmlidir.  

 

193. Fitna bosilib, butun din Alloh uchun bo'lgunga qadar ular bilan urushingiz! Agar tinsalar, u holda 

zolimlardan boshqaga adovat qilishlik (Islomda) yo'q.  

 

194. (Urush) man etilgan oy - (urush) man etilgan oy evazigadir (urush ochsalar, sizlar ham shu oyda 



urush ochaveringizlar), (toptalgan) hurmatlar (jazosi) - qasosdir. Kim sizlarga tajovuz qilsa, sizlar ham 

o'sha me'yorda tajovuz qiling! Allohga taqvo qilingiz va bilingizki, albatta, Alloh taqvodorlar bilan 

birgadir.  

 

Izoh: Urush man etilgan hurmatli oy - Zul-qa'da oyi. Bu oyatning boshqacha tafsiri ham mavjud. Ya'ni, 



"Hijratning oltinchi yili hurmatli oyda umra uchun borganlaringizda, Makka mushriklari yo'llaringizni to'sib, 

umraga kelasi yili kelinglar, deganlaridan so'ng, yettinchi yili kelib, hurmatli oyda umrani ado etishlaringizda 

farq yo'qdir".  

 

195. Alloh yo'lida (boyliklaringizdan) sarflangiz va o'z qo'llaringiz (baxillik qilish) bilan o'zlaringizni 



halokatga tashlamangiz! (Barcha ishlarni) chiroyli qilingiz. Albatta, Alloh chiroyli (ish) qiluvchilarni 

yaxshi ko'radi.  

 

Izoh: Bu oyatning avvalida baxillik qilish halokatga sabab bo'lishi uqtirilgan bo'lsa, oxirida ehson qiluvchi 



saxiy kishilarning Allohga mahbub ekanligi aytilmoqda.  

 

196. Haj va umrani Alloh uchun mukammal ado eting! Agar (kasallik yoki qaroqchilar tufayli) yo'lingiz 



to'silib qolsa, qurbingiz yetgan biror (bo'taloq, sigir, qo'y kabi) jonliq so'ying. (O'sha) qurbonlik o'z 

joyiga yetib bormagunicha, boshlaringizni (sochingizni) qirmang! Sizlardan kimdir (hajda) kasal bo'lsa 

yoki boshidan (bit yoki biror darddan) aziyat cheksa (sochini oldinroq oldirishi yoki qisqartirishi 

mumkin), bu bilan u ro'za yoki sadaqa yoxud qurbonlik bilan fidya (evaz) to'laydi. Qachonki, 

(mone'liklardan) xotirjam bo'lsangiz, so'ng (haj vaqtigacha) kimki umra qilib tamattu' qilsa (ehromdan 

vaqtincha chiqib olsa), muyassar bo'lgan qurbonlikni qilsin! Kim (bunga imkoniyat) topa olmasa, uch 

kun hajda, yetti kun qaytganlaringizdan keyin ro'za (tutsin!) O'sha rosa o'n kundir. Bu (hukmlar) oilasi 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

23

(yashash joyi) Masjidi Haromda bo'lmaganlar uchundir. Allohdan qo'rqingiz va bilingizki, Alloh azobi 



shiddatli zotdir.  

 

197. Haj (mavsumi uchun) ma'lum oylar (belgilangan). Bas, kim shu oylarda hajni o'ziga farz qilsa 



(hajni niyat qilsa), haj davomida ayolga yaqinlashishi, gunoh ishlar va janjal (kabi ishlarga ruxsat) yo'q. 

Har qanday yaxshi (savobli) ish qilsangiz, albatta, uni Alloh biladi. (Haj safariga) ozuqa olib chiqing. 

Eng yaxshi ozuqa taqvodir. Taqvoni Menga qilingiz (Mendan qo'rqingiz), ey, oqillar!  

 

198. Rabbingizdan (haj mavsumida tijorat bilan) fazl tilashingizda sizlarga (hech qanday) gunoh yo'qdir. 



Arafotdan tushganingizda, Mash'ari Haromda (Muzdalifada) Allohni (talbiya, tahlil, takbir, sano bilan) 

zikr eting! U sizlarni - garchi ilgari adashganlardan bo'lsangiz-da - haq yo'lga hidoyat qilgani kabi, sizlar 

ham Uni yod etingiz!.  

 

199. So'ngra odamlar tushgan yerdan (Arafotdan) tushingizlar va Allohdan mag'firat so'rangizlar. 



Albatta, Alloh kechirimli va rahmlidir.  

 

Izoh: Bu yerdagi buyruq Makka ahliga qaratilgan, zero, ular odatda, Arafotda to'xtab o'tmasdan Muzdalifa 



degan yaqinroq joydan qaytar edilar.  

 

200. (Hajga oid) ibodatlaringizdan forig' bo'lganlaringizdan keyin Allohni go'yo ota-bobolaringizni 



(madhiyalar bilan) yod etganlaringizdek, balki undan ham ziyodroq yod etingiz! Odamlar orasida 

shunday kimsa ham bo'ladiki, u: "Ey, Rabbimiz, bizga shu dunyoda bergin", - deydi. Vaholanki, unga 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling