Tarjima haqida
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com кутубхонаси 437
INFITOR SURASI
Infitor - yorilish. Bu yerda osmonning yorilishi, ya'ni, qiyomatdagi ro'y beradigan hodisalardan ba'zilari bu surada keltiriladi. Unda oxiratda inson o'zi qilgan yaxshi-yomon amallaridan so'ralishi, bu dunyoda qilinadigan har bir ish - harakat insonning nomai a'moliga farishtalar tomonidan yozilib turishi va jazo kuni haqida ma'lumotlar mavjuddir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 438
MUTAFFIFUN SURASI
Suraning nomi "urib qoluvchilar" degan ma'noni anglatadi. Ya'ni, tarozi va o'lchovdan urib qolib, xaridor haqqiga xiyonat qilishning og’ir gunoh ekani bu surada eng diqqatga sazovor va ajib uslubda bayon qilingan. Surada yaxshilar va yomonlarning qilgan amallari yozilgan bitiklarning qayerda saqlanishi, qiyomat voqealari va qator ilohiy o'gitlarni o'qiysiz.
8. (Ey, Muhammad,) Sijjiyn nima ekanini qayerdan ham bilursiz? 9. (U) bitilgan kitobdir.
saqlanadi.
11. Ular jazo (Qiyomat) Kunini inkor etadigan kimsalardir. 12. U (Kun)ni gunohga botgan har bir tajovuzkorgina inkor etar. 13. Qachonki, (unday kimsaga) oyatlarimiz tilovat qilinsa, u: "(Bu) avvalgilarning afsonalari", - der. 14. Yo'q (unday emas)! Balki, ularning dillarini o'zlarining qilmishlari (gunohlari) qoplab olgandir. 15. Shubha yo'qki, ular o'sha (Qiyomat) Kunida Parvardigorlari (diydori)dan to'siluvchidirlar. 16. So'ngra, albatta, ular do'zaxda toblanuvchidirlar. 17. So'ngra (ularga): "Mana shu sizlar yolg’on deb yurgan narsadir", - deyilur. 18. Darhaqiqat, yaxshilarning nomai a'mollari, albatta, Illiyyundadir. 19. (Ey, Muhammad,) Illiyyun nima ekanini qayerdan ham bilursiz?! 20. (U) bitilgan kitobdirki, Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 439
21. unga (Allohga) yaqin (farishta)lar guvoh bo'lurlar.
saqlanadi.
23. Ular so'rilarda, (ne'matlarga) boqurlar. 24. Ularning yuzlarida ne'matlarning tarovatini tanirsiz (ko'rursiz). 25. Ularga (jannatda) muhrlangan maydan ichirilurki, 26. u (may)ning muhri mushkdir. Bas, musobaqachilar mana shu (ne'mat) yo'lida musobaqa qilsinlar! 27. U (may)ning mijozi tasnimdandir. 28. (Tasnim Allohga) yaqin (banda)lar ichadigan bir chashmadir. 29. Darvoqe, jinoyatkor (kofir)lar imon keltirgan zotlardan (masxara) qilib kular edilar. 30. Qachonki, ularning oldidan o'tsalar, birbirlariga ko'z qisishib, imo-ishora qilardilar. 31. Qachonki, uylariga qaytsalar, (qilmishlaridan) zavqlanib qaytardilar. 32. Qachonki, ularni (mo'minlarni) ko'rsalar, "Ana ular, shubhasiz, yo'ldan ozgan kimsalardir", - derdilar. 33. Holbuki, ular (mo'minlarning) ustiga qo'riqchi qilib yuborilgan emasdilar. 34. Endi bugun imon keltirganlar kofirlardan kulurlar.
36. Kofirlar qilmishlarining jazosini oldilarmi?! Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 440
INSHIQOQ SURASI
Suraning nomi o'zidan olingan bo'lib, yorilish degan ma'noni bildiradi. Zero, surada qiyomatda osmon yorilib, ko'p alomatlar ro'y berishi bayon etilgan. Bu sura inson doimiy ravishda harakatda bo'lib, yo ezgu yoki yovuz ishlar bilan band bo'lishi, oxiratda shu ishlari bo'yicha savol-javob bo'lishi va azob-uqubatlar bilan bir qatorda solih bandlar uchun ulug’ mukofotlar tayyorlab qo'yilgani haqidadir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 441
22. Aksincha, kufrga ketganlar (bu kabilarni) inkor eturlar. 23. Alloh esa ular ichlarida yashirib yurgan narsalarini yaxshi biluvchidir. 24. Bas, (ey, Muhammad,) ularga alamli azob "xushxabari"ni bering! 25. Ammo, imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar uchun bitmas-tuganmas mukofot bordir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 442
BURUJ SURASI
Buruj - burjlar, ya'ni, osmon burjlari. Surada Alloh taoloning zotu sifatlari naqadar buyuk ekanligi ta'rif etilishi bilan birga mo'minlarga aziyat yetkazgan va ular o'rtasida fitnafasod, buzg’unchilik ishlarini joriy qilgan kimsalarga qattiq jazolar muqarrar ekanligi va Qur'oni karimning Lavhul-mahfuzdan ko'chirilgan ilohiy muqaddas kalom ekanligi kabi ma'lumotlar bor.
azob berilgani, axiri ular uchun qazilgan chohga zolimlarning o'zlari qulagani, choh ichidagi olov mo'minlarni emas, balki ularning o'zlarini kuydirib yuborgani ibrat sifatida bayon etilmoqda.
oldilar. 9. Osmonlar va Yerning hukmronligi Unikidir va Alloh barcha narsaga guvohdir. 10. Albatta, mo'min va mo'minalarni fitnaga solib, so'ngra tavba qilmagan kimsalarga jahannam azobi va ular uchun o't azobi bordir. 11. Albatta, imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarga ostidan anhorlar oqib turadigan bog’lar bordir. Bu esa katta yutuqdir. 12. (Ey, Muhammad,) shubhasiz, Rabbingizning (azobga) tutishi qattiqdir. 13. Albatta, Uning O'zi boshlar (yaratar) va qaytarur (qayta tiriltirur). 14. U (mo'minlarga nisbatan) kechirimli va do'st, 15. Arsh sohibi, Ulug' 16. va istagan narsasini amalga oshiruvchidir. 17. (Ey, Muhammad,) Sizga qo'shinlarning xabari keldimi? Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 443
18. Fir'avn va Samud (qo'shinlari)ning. 19. Yo'q! Kofir bo'lgan kimsalar (doimiy) inkor qilishdadirlar. 20. Holbuki, Alloh ularning ortida (barcha narsani bilib) ihota qilib turuvchidir. 21. Yo'q! Balki, u ulug’ Qur'ondirki, 22. (uning asl manbai) Lavhul-Mahfuzdadir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 444
TORIQ SURASI
Toriq - Zuhal yulduzi. U bilan qasamyod etib, Alloh taolo har bir insonni turli balo-qazolardan qo'riqlovchi maloikalar borligi, ular uning qilmishlarini ham yozib borishlari, Qur'on vasfi, oxirat hodisalari va boshqa ma'lumotlardan ogoh qiladi.
2. (Ey, Muhammad,) Siz Zuhal nima ekanini qayerdan ham bilar edingiz?! 3. (U nuri) o'tkir yulduzdir. 4. Har bir jon egasi ustida (uni saqlovchi va amallarini) yod oluvchi (farishta) bordir. 5. Bas, inson o'zining nimadan yaralganiga bir boqsin! 6. (U) otilib chiquvchi bir "suv"dan yaralgan. 7. (U "suv" esa) otaning pushti kamari va onaning ko'krak suyagidan chiqur. 8. Shubhasiz, U (Alloh) uni qayta tiriltirishga qodirdir. 9. Sirlar fosh qilinadigan kuni 10. unga (Allohning azobidan qutqaruvchi) biror kuch ham, biror yordamchi ham bo'lmas. 11. Qasamyod etaman yomg’irli osmonga 12. va (u sababli) yorib chiqish (don-dun, o't-o'lan) egasi bo'lmish Yergaki, 13. shubhasiz, u (Qur'on) ajrim etuvchi (qat'iy) So'zdir. 14. U hazil (behuda so'z) emasdir. 15. Albatta, ular (kofirlar) makr qilurlar. 16. Men ham "makr" qilurman. 17. Bas, (ey, Muhammad,) kofirlarga ozgina muhlat va muddat bering!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 445
A'LO SURASI
A'lo - oliy zot, ya'ni, Alloh taoloning barcha oliylar oliysi ekanini bildiruvchi sifati. Surada inson Allohning o'z qudrati va hikmati bilan yaratilgani, Qur'on oyatlaridan ba'zilarining unutilishi Allohning irodasiga bog’liq ekani, ilohiy nasihatlar hammaga ham ta'sir etmasligi, oxiratdagi holatlar, Qur'ondagi shu kabi ko'p o'gitlar Ibrohim va Muso (a. s)larga nozil etilgan sahifalarda ham mavjud ekanligi bayon etiladi.
yaproq xazonlarining quyqasidan hosil bo'ladi deb izohlaydilar.
chiqarmassiz. 7. Illo, Alloh (unuttirishni) xohlagan oyatlar bundan mustasnodir. Albatta, U oshkora (so'z va ishlar)ni ham, yashirin narsalarni ham bilur. 8. Biz Sizni oson (din)ga muvaffaq qilurmiz. 9. Bas, eslatma foyda bersa, (kishilarga) eslating! 10. (Allohdan) qo'rqadigan kishi eslatma olar. 11. Baxtsiz kishi esa undan (eslatmadan) chetlab o'tar, 12. zero, u Katta o't (do'zax)da toblanur. 13. So'ngra u joyda na o'la olur va na yashay olur! 14. Najot topuvchi odam, haqiqatan, (kufru isyondan) pok bo'lur 15. va Parvardigorining nomini yod etib, namoz o'qir.
17. Holbuki, oxirat yaxshiroq va boqiyroqdir. 18. Darvoqe, bu (nasihatlar) avvalgi (payg’ambarlarga nozil bo'lgan) sahifalarda - Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 446
19. Ibrohim va Muso sahifalarida (ham) bordir. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 447
G'OSHIYA SURASI
G’oshiya - o'rab oluvchi, ya'ni, qiyomatning ismga aylangan sifatlaridan biri. Darhaqiqat, u hamma mavjudotni o'z ta'siri doirasiga oluvchi bo'lgani uchun uning ko'psonli nomlaridan biriga aylangan.
Surada tuya, osmon, tog’ va yerlarning ilohiy hikmat asosida ajoyib va g’aroyib shaklda yaratilgani, ularga ibrat va ma'rifat nazari bilan boqish zarurligi, shuningdek, Payg’ambar (a. s.)ning vazifasi ilohiy xabarlarni o'z ummatiga majburan emas, balki nasihat va eslatma uslubida bayon qilishdan iborat ekani ham zikr etiladi.
2. U Kunda (ba'zi) yuzlar so'lg'in, 3. mehnat-mashaqqat chekuvchidir. 4. (Ular) qizigan do'zaxda toblanurlar, 5. qaynoq buloqdan sug’orilurlar. 6. Ular uchun taom bo'lmas, bo'lganda ham faqat zaharli giyohdan bo'lib, 7. (u) semirtirmaydi ham, ochlikdan ham xalos etmaydi 8. (Boshqa bir) yuzlar esa u Kunda (ne'matlardan) mamnun, 9. (dunyoda qilgan) sa'y-harakatlaridan rozidir. 10. (Ular) oliy jannatdadirlar. 11. U joyda behuda so'z eshitmaslar. 12. U joyda oqar buloq bordir. 13. U joyda baland so'rilar, 14. qo'yilgan qadahlar, 15. tizib qo'yilgan yostiqlar 16. va to'shalgan gilamlar bordir. 17. Axir, ular tuyaga qarab, qanday yaratilganiga, 18. osmonning qanday ko'tarib qo'yilganiga, 19. tog’larning qanday tiklanganiga 20. va Yerning qanday yoyib - tekislab qo'yilganiga boqmaydilarmi?! 21. Bas, (ey, Muhammad,) eslating! Zotan, Siz faqat eslatuvchidirsiz. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 448
22. Ularning ustidan zo'ravonlik bilan hukm yurgizuvchi emassiz. 23. Illo, kimki (bu eslatmadan) yuz o'girib, kofir bo'lsa, 24. u holda, Alloh uni eng katta azob bilan azoblar. Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling