Tarjima haqida


(Ey, Muhammad,) ayting: "U Alloh yagonadir


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/72
Sana09.02.2017
Hajmi3.77 Mb.
#78
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72

1. (Ey, Muhammad,) ayting: "U Alloh yagonadir.  

 

2. Alloh behojat, (lekin) hojatbarordir.  

 

3. U tug'magan va tug'ilmagan ham.  

 

4. Shuningdek, Unga biror tengqur ham yo'qdir.  

 

Izoh: Ixlos surasining fazilatlari haqida ko'pgina hadisi shariflar vorid bo'lgan. Zero, uning mazmuni tavhidga, 



ya'ni, Allohning zoti yakka va yagona ekani, Uning sifatlari komil bo'lib, bandalarining sifat va 

xususiyatlaridan tubdan farq qilishi tasvirlangan. Mazkur hadislarda bu sura Qur'oni karimning uchdan biriga 

tengligi, uni o'n bor o'qigan kishiga jannatda bir qasr barpo etilishi, uni qiroat qilish jannatiylik sababi ekani 

kabi bashoratlar mavjud.  

 

 



 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

474


FALAQ SURASI 

       


Falaq - tong. Bu va bundan keyingi surani qo'shib turib, ularga "muavvazatayn", "panoh so'raluvchi ikki sura" 

deb ham ataladi.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. (Ey, Muhammad,) ayting: "Panoh tilab iltijo qilurman tong Parvardigoriga, 



 

2. yaratgan narsalari yovuzligidan, 

 

3. zulmatga cho'mgan tun yovuzligidan, 

 

4. tugunchalarga dam uruvchi ayollar yovuzligidan 

 

5. hamda hasadchining hasadi yovuzligidan.  

 

Izoh: Bu suraning fazilatlari to'g'risida ko'pgina hadisi shariflar mavjud. Barcha yomonlik va yovuzliklardan 



omonda bo'lish uchun Falaq, Nos, Ixlos suralarini o'qib Allohdan najot so'rashning foydalari to'g'risida 

Payg'ambarimiz Muhammad (a. s.) ko'p bashoratlarni aytib ketganlar.  

 

 



 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

475


NOS SURASI 

    


Nos - odamlar. Bu surada ins va jinlarning yovuzlari, ya'ni, shaytonlaridan omonda bo'lish uchun Allohdan 

panoh so'rash ta'lim beriladi. 6-oyatdan ma'lum bo'lishicha, jinlarning shaytoni bo'lganidek, odamlarning ham 

shaytoni bo'lar ekan. Har ikki toifaning ishi ham odamlarni vasvasa qilib yo'ldan ozdirish, fojealarga duchor 

qilish ekan.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. (Ey, Muhammad,) ayting: "Panoh tilab iltijo qilurman odamlar Parvardigoriga, 



 

2. odamlar Podshohiga, 

 

3. odamlar Ilohiga 

 

4. yashirin vasvasachi (shayton) yovuzligidanki, 

 

5. (u) odamlarning dillariga vasvasa solur.  

 

6. (O'zi) jinlar va odamlardandir".  

 

Izoh: Hadisi shariflarda kelgan ma'lumotlarga qaraganda Qur'oni karimning oxiridagi mazkur ikki sura janob 



Rasululloh sehrlanganlarida shifo tariqasida nozil qilingan. Qissaning asli shunday bo'lgan. Yahudiylardan 

Labid ibn al-A'sam degan bir munofiq o'zini musulmon ko'rsatib, Payqambar huzurlariga kelib-ketib yurar va 

ba'zi hojatlarini ado etishda xizmat qilib turar ekan. Shu xodimni qo'lga olib bir guruh yahudiylar uning 

yordamida Rasulullohning to'kilgan sochlari va taroqidan sinib tushgan tishlarini qo'lga tushiradilar va shu 

narsalarga sehr jodu qilib bir eski quduqqa tashlaydilar. Shundan keyin Rasulullohning sochlari to'kilib, olti oy 

betob bo'lib yotib qoladilar. Bir kuni ikki farishta kelib, biri tizzalari ro'parasiga, ikkinchisi bosh tomonlariga 

o'tirib bir-biri bilan savol-javob qiladilar. Biri: 

- Unga nima bo'libdi? -desa, ikkinchisi: 

- Sehrlanibdi, - der edi.  

- Kim sehrlabdi? 

- Labid ibn al-A'sam ismli bir yahudiy.  

- Sehrni nimaga o'qibdi? 

- To'kilgan sochlari va taroq tishlariga.  

- Sehr o'qilgan narsalar qayerga tashlangan? 

- Zarvon ismli quduqqa.  

 Shundan keyin odam yuborib ko'rsalar, haqiqatan, o'sha quduqda soch tolalari, taroq tishlari va nina suqilgan 

yana o'n ikkita tugun bor ekan. Shu paytda Alloh taolo mazkur ikki surani nozil qiladi. Suralarni har bir marta 

o'qiganlarida, bittadan tugun yechilar ekan. Shunday qilib, o'n ikki marta o'qiganlarida darddan butunlay foriq 

bo'lib ketgan ekanlar. Rasul Akram (s. a. v. ) sahobalarning: "Labidni qatl etaylik", - degan talablarini esa rad 

qilgan ekanlar.  

 

 



Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

476


QUR'ONI KARIM NOMLARI 

 

1. Qur'on. Mazmuni “O'qish kitobi” demakdir. Lekin, u hamma o'qish kitoblariga emas, balki, faqat 



Muhammad (s. a. v. )ga nozil qilingan ilohiy kitobga qo'llaniladi.  

2. Furqon. Haq bilan nohaqlikni ajrim qilib beruvchi. Bu nom bilan gohida Tavrot va Injil kitoblari ham 

nomlanadi. (Anbiyo surasi, 48-oyatiga qaralsin. ) 

3. Burhon. Mazmuni hujjat demakdir. Zero, Qur'onda barcha ilohiy ko'rsatmalarga qaratilgan hujjat va dalillar 

mavjuddir.  

4. Zikr. Mazmuni yod etish, zikr etish, eslash. Bu yerda yodnoma, eslatma deb bilish o'rinlidir.  

5. Kitob. Mazmuni ma'lum.  

6. Haqq. Ya'ni, haqiqat. Haq gap, haq ish, haq e'tiqod va hokazo ma'nolar unda mujassamdir.  

7. Nur. Ya'ni, ёg'du. Qur'on bandalarga hidoyat yo'lini yoritib beruvchi ilohiy nur. Bu yerda, albatta, ma'naviy 

nur ko'zda tutiladi.  

8. Vahiy. Allohning payg'ambarlarga bevosita va bilvosita o'z ko'rsatmalarini yuborishi vahiydir.  

9. Tanzil. Ya'ni, nozil qilingan narsa.  

10. Hudo. Hidoyat.  

11. Mushaf. Sahifalangan, muqovali kitob.  

12. Kalomulloh. Allohning kalomi.  

 

 



QUR'ONI KARIM SIFATLARI 

 

 Alloh taolo Qur'oni karimni bir necha sifatlar bilan zikr etgan. Jumladan: 



 

1. Arabiy. Arab tilida, arabcha.  

2. Mubin. Aniq. Bu sifat sifatlanuvchining sifatini yanada ta'kidlash uchun keladi.  

3. Ajab. Odamlarni taajjubga soluvchi.  

4. Muborak. Barakotli, tabarruk.  

5. Zu zikr. Zikr qilinadigan, sharafli.  

6. Musaddiq. O'zidan oldin nozil etilgan ilohiy kitoblarni ham tasdiqlovchi.  

7. Hakim. Hikmatli.  

8. Aziz. G'olib, quvvat va qudratli.  

9. Karim. Karamli, karomatli, mukarram.  

10. Majid. Ulug'.  

11. Shifo. Hissiy va ruhiy shifobaxsh.  

12. Rahmat. Qur'on Allohning rahmatidir.  

13. Mav'iza. Nasihat.  

14. Bushro. Xushxabar.  

15. Bashir. Bashorat beruvchi.  

16. Nazir. Ogohlantiruvchi.  

 

Qur'oni karimning barcha nusxalari Hazrat Usmon ibn Affon davrida nuqtalarsiz, e'robu harakatlarsiz (zer-



zabarsiz), qadim ko'fiy yozuvida bo'lgan.  

To'rtinchi xalifa Hazrat Ali ibn Abi Tolib davrida esa, qiroatda yanglishish hollari ro'y bera boshlagach, Abul-

Asvad Dualiy degan olim kishiga xalifa oyatlarga nuqta va harakatlar qo'yib chiqishni buyuradi. Ba'zi olimlar 

Dualiyga Ali emas, balki Ziyod yoki Abdulmalik ibn Marvon buyurgan, deydilar.  

Shunday qilib, avvalo, soddaroq belgilar bilan boshlangan belgilar, vaqt o'tgan sari takomillashib, hozirgi 

holatiga yetib kelgan. Lekin, rasmi xat o'sha qadimligicha saqlanib kelmoqda. Masalan, rahmat, jannat, 

Rahmon, imon, islom kabi so'zlar alifsiz, uzun te harfi bilan yoziladi.  

Lekin, bu qoidaga Qur'onning o'zida yoki rasmi xat saqlanishi shart bo'lgan bitiklarda rioya qilinishi talab 

qilinadi. Ammo oynoma, ro'znoma yoki maktubga o'xshagan joylarda Qur'on oyatlaridan qisqa iqtibos 

keltirilganda, unga rioya qilish shart emas, balki, hozirgi arab adabiy yozuvi imlosida qanday qabul etilgan 



Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

477


bo'lsa, shunday yozilishiga ruxsat etiladi. Masalan, islom, imon, jannat kabi so'zlarni alif bilan, salot, zakot kabi 

so'zlardagi vov harfini alifga aylantirish va hokazo. Shuningdek, hozirga kelib, oyatlar boshi va oxirida, ba'zi 

uzun oyatlarning o'rtalarida keladigan vaqf va ibtido alomatlarining ham turlari ko'payib ketgan. Tajvidga doir 

kitoblarda: “Qur'onning biror oyatidan keyin vaqf qilish vojibligi buyurilmagan” – deyilsa-da, har bir oyat 

fosilasida vaqf qilinganda ko'p joylarda saj' hosil bo'lib, quloqqa ёqimli tuyulishini ham unutmasligimiz kerak.  

Qur'oni karimda beuzr vaqf qilish joiz bo'lmagan oyatlar ham mavjud.  

 

 

QUR'ONI KARIM VA UNING QIROATIGA DOIR MASALALAR 

 

Qur'oni karim Allohning kalomi bo'lgani uchun uni qiroat qilishning o'ziga xos vojibot va odoblari borkim, 



ularga rioya qilish har bir musulmonning zimmasidagi muqaddas burch hisoblanadi.  

 

Jumladan: 



 

* * *  


Qur'oni karim oyatlarini qiroat qilishni niyat qilgan odam, avvalo, tahorat olishi kerak.  

* * * 


Imkoni bo'lsa u yaxshi, oq va pok kiyimlarini kiyib olsin.  

* * * 


Qiroat uchun og'zini va tishlarini tozalasin.  

* * * 


Qiroatiga xalal berishi mumkin bo'lgan narsalarni atrofidan chetlatsin yoki qulay, daxlsiz joy topib, o'sha yerda 

tilovat qilsin.  

* * * 

Qiblaga yuzlangan holda qiroat qilish avlo hisoblanadi.  



* * * 

Namozdan tashqarida o'qiganda o'tirib qiroat qilingani ma'quldir.  

* * * 

Yonboshlab, biror narsaga suyanib, chordona qurib o'tirgan holda, yurib qiroat qilishdan ko'ra, tiz cho'kib 



o'tirgan holatda qiroat qilish odobga yaqindir.  

* * * 


Yod o'qigandan ko'ra Mushafga qarab o'qishning savobi ko'proqdir. Zero, qiroat bir ibodat bo'lsa, Mushafga 

nazar qilish ham bir ibodat hisoblanadi.  

* * * 

Qur'oni karimni yerga qo'ymagay, balki, ko'kragi barobaridagi balandlikka qo'yib o'qigay.  



* * * 

Qiroat boshida bir bor “Auzu billohi minash-shaytonir-rajim”ni o'qigay. Har bir sura boshida “auzu”ni 

o'qimagay. U yerlarda “Bismilloh”ning o'zi kifoyadir.  

* * * 


“Auzu”ni o'qigandan keyin salomga alik olsa yoki azonga javob aytsa yoxud zikru tasbeh o'qisa “Auzu”ni qayta 

aytishi shart emas. Ammo o'rtada ovqatlansa yoki ko'proq ish qilib qo'ysa “Auzu”ni qayta o'qigay.  

* * * 

“Auzu”dan keyin “Bismilloh”ni ham o'qigay.  



* * * 

Tilovat qilganda oyatlarning mazmunlarini o'ylab, tadabbur bilan o'qisin. Bordiyu arabchani tushunmasa, 

Allohning kalomini o'qiyotganini doimo yodida tutsin.  

* * * 


Xayoli sochilib oyatlarni g'aflat bilan o'qigan bo'lsa, xayolini jamlagandan keyin o'sha joylarini qayta o'qisin.  

Ba'zi ulug'lar debdurlarki, tadabbur va tafakkur bilan bir oyat qiroat qilish o'ttiz pora Qur'onning boshdan oyoq 

tadabbursiz o'qib chiqqandan yaxshidir.  

* * * 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

478


Qo'lidan kelsa Qur'oni karimni arab lahni (savti) bilan tajvid qoidalariga rioya qilgan holda o'qisin. Imkoni 

boricha o'zining milliy kuy va ohangiga solmay o'qisin. Buning uchun hozirda ma'lum va mashhur arab 

qorilarining qiroatlari yozilgan magnitofon yozuvlaridan eshitib mashq qilish tavsiya etiladi. Lahn yoki savt 

qilaman deb ashula aytgandek cho'zmaydigan joyini cho'zib, cho'zadigan joylarini qisqartirib o'qimasin.  

* * * 

Oyatlarni kulib yoki jilmayib emas, balki, g'amgin, o'ychan holatda o'qisin. Imkoni bo'lsa yig'lamsirab o'qisin. 



Yig'ini keltirish uchun esa Allohning oyatlar orqali xabar berayotgan azob-uqubatlarini, qabr va do'zax 

azoblarini, qiyomat shiddatini va hisob-kitob og'irligi kabi ishlarni yodga keltirish, o'zini bunday sinovlarga 

tayyor emasligini eslashi kerak bo'ladi. Baqirish, kiyimini yirtish, yuziga urish, ortiqcha bezovtalanish joiz 

emas.  


* * * 

Qur'onni tajvid qoidalariga rioya qilgan holda, harflarni o'z joyidan chiqarib, donador, aniq va ravon o'qisin.  

* * * 

Keragidan ortiqcha baland ovoz bilan qiroat qilmasin.  



* * * 

Rahmat oyatlarini o'qiganda rahmat so'rab, azob oyatlarini o'qiganda undan panoh so'rab iltijo qilishga harakat 

qilsin. Allohning nomlari kelgan joyda tasbeh aytsin.  

* * * 


Ba'zi murakkabroq oyatni qayta-qayta o'qib, to ma'nolarini anglagunga qadar takrorlasin.  

* * * 


Qiroat asnosida zarurat yuzasidan biror joyga turib, borib kelishga to'g'ri kelsa, Mushafni ochiq holda tark 

etmasin.  

* * * 

Esnash, yo'talish, aksirish zarurati tug'ilganda qiroatni to'xtatib turish lozim.  



* * * 

Boshqalardan yaxshi o'qiyapman deb kibru havoga berilmasin.  

* * * 

Bozorda yurganda, mazax qiluvchilar huzurida, johillar yig'ilgan joylarda jahriy qiroat qilmasin.  



* * * 

Qur'on oyatlarida kelgan ismlar va ko'chirma gaplarni biror shaxsga hazillashib ishlatmasin.  

* * * 

Qur'onni xatm qilganda yana boshidan ellik oyat o'qib qo'ysin. Bu shaytonni g'amgin qiladigan ishdir. Xatmdan 



so'ng duolar qilib, Allohdan hojatini so'rasin. Bunday paytda qilingan duo mustajobdir.  

* * * 


Qur'onni og'zaki, betahorat, yurib, yonboshlab, hatto yotib o'qish joiz, lekin yuqorida aytilgan odoblarga rioya 

qilinganda savobi ko'proq, fazli ziyodaroq bo'lur.  

Hazrat Ali (karramallohu vajha) aytgan ekanlar: “Kimiki Qur'oni karimni namozdan tashqarida tik turib o'qisa, 

har bir harfiga yuztadan savob, o'tirib o'qisa har bir harfiga 50 savob, tahoratli o'qisa 25 savob, tahoratsiz o'qisa 

o'nta savob yozilur. Junub holatda qiroat qilish yoki Mushafni ushlash mutlaqo joiz emas”.  

* * * 


Mushaf ustiga hech narsa, hatto har qanday boshqa kitobni qo'yish ham joiz emas.  

* * * 


Qur'onni mashhur va mashru' etilgan yetti qiroatdan xohlagan birini tanlab o'qishi mumkin. Lekin, bir qiroatga 

ko'nikib qolgan musulmonlar davrasida o'qiganda, turli g'arib qiroatlardan saqlangay, toki tingloavchilar fitnaga 

tushmasinlar.  

* * * 


Qiroatni tunlari, tinch, sukunat paytida o'qishni odat qilgay. Buning foydalari bisyordir.  

* * * 


Hayz yoki nifosdagi ayollar, janobatdan g'usl qilmaganlar og'zaki qiroat qilishlari ham joiz emas. Tahoratsiz 

odam Mushafni ushlamay o'qishi mumkin. Mazkurlarning hammasi g'ilofli Mushafni ushlashlari mumkin. 

G'ilof muqovaga yopishtirilmagan bo'lishi shart.  

* * * 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

479


Balog'at yoshiga yetmagan, bolalar o'qib, o'rganishlari uchun Qur'onni betahorat tutishlari mumkin. Aks holda 

hofizi Qur'onlar chiqishiga xalal yetadi.  

* * * 

“Auzu billoh”ni faqat Qur'on qiroat qilganda o'qiladi. Undan boshqa kitob, duo yoki dars boshlash kabilarda uni 



o'qilmaydi, balki ularni “Bismilloh” bilan boshlaydi.  

* * * 


“Tavba” surasini “Anfol” surasidan keyin befosila o'qiganda “Bismilloh”ni o'qimaydi. Ammo, “Tavba” 

surasining o'zidan boshlab o'qisa, “Auzu”dan keyin “Bismilloh”ni o'qiyveradi.  

* * * 

Qur'onni boshidan oxirigacha yod olish hamma musulmonlarga farz emas, balki u farzi kifoyadir. Ammo, 



namozdagi qiroatga yarasha sura va oyatlarni yodlash har bir muslim va muslimaga farzi ayndir.  

* * * 


Ozoda va pokiza hammomda past ovoz bilan qiroat qilish joiz. Tasbeh, tahlil va duolarni baland ovoz bilan 

o'qish ham mumkin.  

* * * 

Hojatxona, g'uslxona, axlatxona kabi nopok joylarda Qur'on o'qilmaydi.  



* * * 

Fiqhiy kitob mutolaa qilayotgan yoki yozayotgan, namoz o'qiyotgan odam yonida ularga eshittirib qiroat qilish 

ham makruhdir.  

* * * 


Qabristonda Qur'oni karimdan qiroat qilish Abu Hanifa (r. a. ) nazdida makruh. Ammo, imom Muhammad ibn 

Hasankim, mujtahidlik maqomiga yetishgan shogirdlaridan biridir, uning nazdida makruh emas, balki qiroatdan 

qabriston ahli bahramand bo'lurlar. Fatvo ham shunisiga berilgan.  

* * * 


Kofir va mushriklarga ham Qur'on yoki fiqhdan ta'lim berish mumkin. Zero, Payg'ambarimiz (s. a. v. ) Qur'oni 

karimdan mushriklarga o'qib berar edilar. Lekin ularga g'usl qilmagan hollarida Mushafni ushlash joiz emas.  

* * * 

Qur'ondan ta'lim berish uchun haq olish joizdir.  



* * * 

Yurib ketayotib qiroat qilmoqchi bo'lsa, ovozini baland ko'tarmagay.  

* * * 

Ish qilib turib qiroat qilish yanglishib ketmaydigan bo'lsa joiz.  



* * * 

Qiroat qilib o'tirganda uyga ota-onasi, ustozi yoki biror olim kishi kirib qolsa, ularning hurmati uchun o'rnidan 

tursa joiz. Boshqalar uchun joiz emas.  

* * * 


Qur'onni o'pib, yuziga surtish savobli ish. Usmon ibn Affon (r. a. ) har tong Mushafni o'pib, yuzlariga surtar 

ekanlar.  

* * * 

O'qiyotgan Qur'on kitobini safarda oldirib qo'yishdan qo'rqsa, boshining ostiga qo'yib yotishi mumkin.  



* * * 

Qur'on turgan uyda jinsiy aloqa qilinishiga ruxsat berilgan. Zero, odatda musulmonlar uyi Qur'on kitobidan xoli 

bo'lmaydi.  

* * * 


Yirtilib, o'qishga yaroqsiz bo'lib qolgan Qur'on varaqlarini lattaga o'rab, odamni dafn etgandek chuqur kavlab, 

lahadga ko'mish lozim. Ba'zi ulamolar yondirib yuborishga ham ruxsat bor, deydilar. Bunga Usmon (r. a. )ning 

Qur'onni ko'chirtirib bo'lgach, qolgan barcha oyat yozilgan sahifalarni yondirishga buyruq berganlarini dalil 

keltiradilar.  

* * * 

Yerga to'shaladigan narsalarga oyat yozish joiz emas. Devor va mehroblarga oyatlardan bitishni ba'zi ulamolar 



joiz deb bilurlar.  

* * * 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

480


Qur'oni karimning oyatlari bir joyda emas, balki Makka, Madina, Toif, Juhfa, Baytil-maqdis, Hudaybiya kabi 

shaharlarda va Mino, Arafot, Badr, Uhud kabi joylarda nozil qilingan.  

* * * 

Qur'oni karim 30 pora 114 sura, 6236 oyatdan iboratdir.  



* * * 

Oyatlarning 63 foizini Makkada, 37 foizini Madinida nozil bo'lgan oyatlar tashkil etadi. Ya'ni, makkiya oyatlar 

4780, madaniya oyatlar 1456, jami bo'lib 6236 oyat.  

* * * 


Eng qisqa oyatlar “Toho” va “Yosin”, eng uzun oyat Baqara surasining 282-oyatidir.  

* * * 


Hijratgacha nozil qilingan suralarning hammasi makkiya, hijratdan keyin xoh Madinada, xoh boshqa joylarda 

nozil qilingan suralarni umumiy holda madaniya deb atalaveradi.  

* * * 

Makka ahliga qarata xitob qilingan oyatlar makkiya, Madina ahliga xitob qilingan oyatlar madaniyadir.  



* * * 

Qaysi surada “Kallo” so'zi bo'lsa, u makkiyadir. Bu lafz ko'proq Qur'oni karimning ikkinchi yarmida uchraydi.  

* * * 

Baqara surasidan boshqa qaysi surada Odam (a. s.) bilan shayton qissasi kelgan bo'lsa u ham makkiya.  



* * * 

Qaysi surada kufr va shirk ahli bilan jang, shariat hukmlari bayon etilgan bo'lsa u madaniyadir.  

* * * 

Baqara va Oli Imron suralaridan boshqa qaysi sura “hurufi muqattaot” (yakka harflar) bilan boshlangan bo'lsa, 



ular makkiyadir.  

* * * 


Tarixiy voqealar bayon qilingan suralar makkiyadir.  

* * * 


Qur'oni karim yetti xil arab shevasiga muvofiq keladigan “rasmi xat” uslubida nozil qilingan. Bu uslubga 

asosan o'qilgan yetti qiroat qorilari va o'n to'rtta roviy orqali naql qilingan.  

 

 

QORILAR HAQIDA 



 

Qorilar, ya'ni hofizi Qur'onlarning fazlu fazoillari, ularga beriladigan mukofot va martabalar to'g'risida kelgan 

sahih hadislardan namunalar: 

 

1. “Sizlarning yaxshilaringiz Qur'oni karimni ta'lim olib, ta'lim beruvchilaringizdir” (Imom Buxoriy rivoyati).  



 

2. “Qur'onni mahorat bilan o'quvchi qorilar ulug' farishtalar bilan birgadirlar. Uni tili qiynalib o'qiydigan 

qorilarga ikki hissa ajr berilur” (Buxoriy va Muslim rivoyatlari).  

 

3. “Qur'on o'qingizlar, zero, Qur'on o'zining qorilarini qiyomat kuni shafoat qilur” (Imom Muslim rivoyati).  



 

4. “Kimki Allohning kalomidan bir harf o'qisa, unga bir savob. Savob esa o'n barobar ko'paytirilib yozilur. 

“Alif, Lom, Mim”ni bir harf demayman, balki, Alif – harf, Lom – harf, Mim – harfdir” (Imom Termiziy 

rivoyati).  

 

5. “Har kim Qur'onni o'qib, unga amal qilsa, Alloh taolo qiyomat kuni uning ota-onasi boshiga bu dunyo 



quyoshidan ham chiroyli nur beruvchi tojni kiydirur” (Abu Dovud rivoyati).  

 

6. “Qur'on o'qinglar. Zero, Qur'on joylashgan qalbni Alloh azoblamas. Ushbu Qur'on Allohning ziyofatidir. Har 



kim uning mehmoni bo'lsa, u omonda bo'lur. Kimki Qur'onni sevsa, unga xushxabar bordir” (Imom Dorimiy 

rivoyati).  



Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

481


 

7. “Sochi islomda oqargan mo'ysafed, Qur'onni yod olib, unda g'uluv (chuqur ketib, chalg'ish)ga mubtalo 

bo'lmagan qori, odil podshohlarni izzat-ikrom qilish – Allohni ulug'lashning turlaridandir” (Abu Dovud 

rivoyati).  

 

 

YETTI QIROAT QORILARI 



 

1. Abdulloh ibn Kasir al-Makkiy al-Qurashiy. U tobeinlardan. Qiroatni Abdulloh ibn Zubayr va boshqalardan 

tinglagan. 120 h. da Makkada vafot etgan. U Anas ibn Molik va Abu Ayyub Ansoriylar bilan ham muloqotda 

bo'lgan.  

 

2. Nofe' ibn Abdurrahmon ibn Abi Naim al-Isbahoniy al-Madaniy. 169 h. da Madinada vafot etgan. Ubay ibn 



Ka'b, Abdulloh ibn Abbos, Abu Hurayra kabi sahobalarning shogirdlaridan qiroat ta'lim olgan.  

 

3. Abdulloh ibn Omir al-Qoziy ad-Dimashqiy. Yirik tobeinlardan. 118 h. da 110 yoshida Damashqda vafot 



etgan. Usmon ibn Affonning shogirdi Mug'ira ibn Abi Shihob al-Maxzumiydan qiroat o'rgangan.  

 

4. Abu Amr ibn Alo al-Basriy. Ko'fada 154h. da vafot etgan. Mujohid ibn Jubayr, Abdulloh ibn Abbos orqali 



Ubay ibn Ka'b qiroatini naql etgan.  

 

5. Osim ibn Abinnujud al-Ko'fiy. Ko'fada 128h. da vafot etgan. Zurr ibn Hubaysh orqali Abdulloh ibn 



Mas'uddan qiroat naql etgan.  

 

6. Hamza ibn Habib ibn Imora at-Taymiy al-Ko'fiy. 156 h. da Hulvonda vafot etgan. Sulaymon ibn Mehronda 



qiroat o'qigan.  

 

7. Al-Kisoiy (Ali ibn Hamza al-Asadiy). 189 h. da vafot etgan. U Hamzada qiroat o'qib, abbosiy xalifa Ma'mun 



davrida yetti qori safiga qo'shilgan. Ungacha Ya'qub Xazramiy yettinchi edi.  

 

Mazkur qorilarning faqat 3- va 4-lari arab millatidan, qolganlari ajamlardan.  



 

Hozirda butun Islom olami bo'yicha ikki xil qiroat mashhur. Birinchisi Imom Hafs rivoyati bilan Imom Osim 

qiroati. Ikkinchisi Imom Varsh rivoyati bilan Imom Nofe' qiroati. Bizning diyorimizda birinchi qiroat, ya'ni 

Imom Osim qiroati bo'yicha Qur'on o'qiladi.  

 

Qur'oni karimni tajvid qoidalariga rioya qilgan holda o'qish shart. Aks holda namoz ham joiz bo'lmaydi. Namoz 



qiroatiga yarasha tajvidi bilan qiroat o'rganish har bir musulmon zimmasidagi farzi ayndir. Lekin, har qancha 

harakat qilsa ham tili tajvidli qiroatga moslasha olmaydigan odam zarurat yuzasidan tili kelganicha qiroat bilan 

namozini o'qiyversa Allohning afvidan umid qilinadi.  

 

 



Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling