Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti
Download 252.17 Kb.
|
2 5240023911172679501
Giponimiya , giponim hamda giperonim atamalari dastavval 1968-yilda ingliz tilshunosi Layanz tomonidan qo`llangan. Shundan so`ng giponimiya haqidagi dastlabki ilmiy axborotlar rus tilshunosligida ham vujuda kela boshlagan. O`zbek tilshunosligida tilshunos olima R.Safarova ilk marotaba bu ma`noviy munosabatni o`rganib chiqqan. Giponimiya lug`at boyligidagi leksemalarning pog`onali (ieararxik) aloqasidan kelib chiqadigan ma`no munosabatlari. Bundan munosabatlarning mohiyati shundaki, torroq tushuncha yoki ma`no ifodalaydigan leksemalar kengroq tushuncha yoki ma`no ifodalaydigan leksemalar bilan tur(giponim) va jins (giperonim) aloqasida bo`ladi . Bunday aloqa birlashtiruvchi (integral) semalar orqali amalga oshiriladi.
Giponimiya - lug'at boyligidagi leksemalarning pog'onali (ierarxik) aloqasidan kelib chiqadigan ma'no munosabatlari. Bunday munosabatlarning mohiyati shundaki, torroq tushuncha yoki ma’no ifodalaydigan leksemalar kengroq tushuncha yoki ma’no ifodalaydigan leksemalar bilan tur (giponim)va jins (giperonim) aloqasida boladi, bunday aloqa birlashtiruvchi (integral)semalar orqali amalga oshiriladi. Masalan, lola leksemasining ma’nosi gul leksemasining ma’no tarkibiga, mushuk leksemasining ma’nosi hayvon leksemasining ma’no tarkibiga kiradi. Bunday po'gona (bosqichma bosqich) munosabat, ayniqsa, u yoki bu fanning terminologik tizimidakeng tarqalgan. Chunonchi, botanikada tur tushunchasi turkum tushunchasi tarkibiga, turkum tushunchasi oila tushunchasi tarkibiga, oila tushunchasi qabila tushunchasi tarkibiga, qabila tushunchasi л/я/tushunchasitarkibiga, л/я/ tushunchasi esa eng katta taksonomik kategoriya bolgan tip tushunchasi tarkibiga kiradi. 10 Leksemalar ma’nosidagi ana shunday bog'langanlik gipogiperonimik (tur-jins), partonimik (butun-bo'lak)munosabati deb qaraladi.Bunday munosabatlar lug'at boyligining yoxud undagi ayrim terminologiktizimlarning qurilishini belgilaydigan muhim omillardan sanaladi.Shu yo'l bilan tildagi leksemalarning paradigmalari (leksemalarning ma’no to'dalari yoki ma’no guruhlari) aniqlanadi. Masalan, «kiyim» mazmunli guruh a’zolari: telpak, ko'ylak, kastum, shim, tujli va h.k.lar; «o'simlik»mazmunli guruh a’zolari: daraxt, buta, o't, suvo'tvn b.lar; «daraxt» mazmunliguruh a’zolari: terak, tol, qayrag'och, archa, qarag'ay va b.lar kabi. Tilning lug'at boyligini tizim (sistema) sifatida o'rganishda leksemalarning gipo-giperonimik munosabatlariga tayanish muhim ahamiyatga ega: u tabiat va jamiyatdagi narsa-prcdmetlarning, voqea-hodisalarning tilda giponimlari bo'lgan leksemalarning ma’nolarini va shu ma’nolar orqali borliqdagi narsa hodisalarning o'zlari haqidagi tushuncha tasavvurlarni umumlashtirish va imkonini befarqlashtiradi. Giponimlar cheklangan ma'noga ega so'zlardir. Bu kontseptsiyaga murojaat qilishning o'ziga xos usuli, shuning uchun uni boshqa kengroq yoki kengroq tushuncha bilan qamrab olish mumkin.Masalan: Giperonim: sport. Giponimlar: futbol, voleybol, basketbol, tennis, gandbol, golf, xokkey. Giperonim: hayvon. Giponimlar:ot, sichqon, sigir, sher, quyon, kaptar, echki. 11
Download 252.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling