Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti
Download 252.17 Kb.
|
2 5240023911172679501
LEKSEMALARDA PARONIMIYA .
Ikki leksemani o‘zaro paronim deyish uchun : 1) yasama leksemalar bo‘lishi; 2) ayni bir leksemadan yasalgan bo‘lishi; 3) ayni bir turkumga mansub bo‘lishi; 4) yasovchi morfemalarining mazmun jihatida umumiylik bo‘lishi; 5) yasovchi morfemalari ifoda jihatidano‘xshash bo‘lishi kerak. Rus tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan quyidagi g‘arb tillariga mansub leksemalar sanalgan talablarga mos keladi. Masalan: 1) abonent- abonement egasi; - abonement- biror narsadan ma'lum muddat foydalanish huquqini beradigan hujjat; bu yerda: a) yasash asosi - abon-, yasovchilar: -ent, -ement; 2) adresat- pochta yuborilgan kishi yoki tashkilot;- adresant- pochtani yuboruvchi kishi yoki tashkilot;bu yerda: a) yasash asosi -adres-, b) yasovchilar: -at, -ant; 3) diplomat- bir hukumatning boshqa hukumat bilan muloqotga vakolatli amaldor kishisi; diplomant- diplom ishi yozayotgan kishi ; bu yerda: a) yasash asosi –diplom-, b) yasovchilar: -at-, -ant; 4) ekonomika- iqtisodiyot –ekonomiya- iqtisod qilish, tejamkorlik; bu yerda: a) yasash asosi –ekonom-, b) yasovchilar: Leksik paronimlar ancha sodda talablar asosida ham belgilanadi: tovushlar tizimi faqat bir tovushga ko‘ra farqlanib turadigan ikki leksema ham o‘zaro paronim deb qaraladi. Shunday talab bilan yondashish yetarli deyilsa, alpoz- ahvol, yo‘sin - alfoz- (lafz- leksemasining ko‘pligi), 08 abzal- (asli afzor: asbob, egar-jabduq - afzal- yaxshi,ortiq, xalos- ozod: xalos qil-xolos- faqat, kabi juftliklarni ham paronim deyish mumkin. Talaffuzdagi o‘xshashlik tufayli bunday leksemalarni ishlatishda ham qiyinchilik, noo‘rin ishlatish voqe` bo‘ladi. Atoqli yozuvchi Abdulla Qahhorning “San’atkor” hikoyasida bo’sa va bo’lsa paronimlaridan uslubiy figura sifatida foydalanganligining guvohi bo’lamiz.Hikoyada nomi chiqqan ashulachi ,san’atkorning “bo’sa” so’zini “bo’lsa”deb qo’llagani zalda o’tirgan bir traktorchi tomonidan tanqid qilinadi.Bundan darg’azab bo’lgan san’atkor o’ziga – o’zi deydi: “labingdan bo’lsa olsam , e , shakarlab” deganim-u kishiga yoqmapti, “bo’lsa” emas , “bo’sa” emish!O’zi bilmaydi-yu, menga o’rgatganiga kuyaman!Senga o’xshagan savodsizlar “bo’sa,bo’masa” deydi.Artist kulturniy odam-gapni adabiy qilib aytadi – “bo’lsa ,bo’lmasa” deydi”. Hikoyadan keltirilgan bu parchada bo’sa va bo’lsa paronimlaridan mohirona foydalanish “taniqli ashulachi san’atkorning” istehzoli obrazini yaratishga xizmat qilgan. 09
Download 252.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling