Tarjima nazariyasi va amaliyoti fanining predmeti va vazifalari nimalardan iborat?
Download 83.5 Kb.
|
Tarjima nazariyasi rasulova m
Tarjima nazariyasi va amaliyoti fanining predmeti va vazifalari nimalardan iborat? Tarjima turli xalqlar o’rtasidagi do’stlik, qardoshlik va hamkorlik manfaatlariga, ular o’rtasidagi iqtisodiy-siyosiy, ilmiy, madaniy va adabiy aloqalarning kеngayishiga xizmat qiluvchi vositadir. Tarjima tushuncha sifatida quyidagilarni ifodalaydi: -Ilmiy-amaliy jarayon -Ilmiy-amaliy jarayon natijasi (buyuk adiblar asarlari tarjimasi) -Tarjima fan, oquv predmeti Tarjima nazariyasi tarjimaning keng jonli amaliyoti bilan bogliq bolgan qarashlar, nuqtai nazarlar, kuzatishlar, rang-barang tajribalarni ilmiy-tanqidiy organadi, tarjima qoidalari va tamoillarini,ularning chegaralari , meyorlarini bayon qiladi. Tarjima ilmiy-nazariy oganish obyekti bolishi zarur. Unda tahlil va uygunlashtirish jarayoniga, matnda nimaga ahamiyat berish lozimligiga, qanday axborot zarurligi va maqsadga erishish uchun nimalarga etibor qilishga qaratilgan bolishi lozim. Tarjima murakkab jarayon bolib, tilshunoslik, psihologiya, madaniyat, adabiy jarayon va boshqa omillarni oz ishiga oladi. Tarjima nutqning bir turi sifatida tilshunoslik nuqtai nazaridan qarab ogiriladi, yani tarjima jarayoni bu bir tilagi matnni ikkinchi bir tilga agdarish transformatsiya qilish demakdir. Mana shu har xil bajariladigan ozaro ikki til ortasidagi ishlar, tilshunoslik nuqtai nazaridan tarjima jarayoni deb aytamiz. Shunday qilib, tarjimani oziga xos transformatsiyalarning bir turi deb qarash mumkin. Bundan kelib chiqadiki, tarjima nazariyasi predmeti bolib tillararo transformatsiyalarga, yani tarjima jarayoniga bolgan ilmiy qarashlarning organilishi yoritilishi sanalsa, uning obyekti bolib esa mavjud tarjimalar xizmat qiladi. Tarjima qilinayotganda 2ta matn bilan ish koriladi, shundan biri ikkinchisiga bogliq bolmagan holda yaratilgan bolib, manba matn vasifasini bajaradi, ikkinchisi esa bir qancha amallar, tillararo transformatsiyalar orqali bir matn asosida yaratiladi. Birinchi matn orginal tekst deb atalsa, ikkinchisi tarjima teksti deb yuritiladi. Orginal matn yozilgan til manba til (source language) deb ataladi. Orginal tekst agdarilayotgan til esa tarjima tili deb yurtiladi (target language).
Download 83.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling