Tarjima nazariyasi va amaliyoti


Download 72.96 Kb.
bet6/16
Sana05.01.2022
Hajmi72.96 Kb.
#215214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
MUXLISA(1)

Koreys oilasi.

Koreys oilalarining hayot-tarzi boshqa davlatlardan farqlanib turuvchi o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Koreys oilalarining xususiytatini tushunib olsangiz Koreyada yashash ancha osonlashib, koreys madaniyatini tushunishda katta yordam beradi. Oilaviy madaniyatlar har bir oilada turlicha bo’lib, hududlarga qarab ham farq qiladi. Koreya an'anaviy tarzda qadimdan konfutsiylik madaniyatining ta’sirini olib kelgan. Shu bois, koreys oilalari madaniyatining konfutsiylik madaniyatiga ega bo’lgan boshqa davlatlar madaniyati bilan o’xshash tomonlari ko’p bo’lsa ham, sanoat rivojlanishi ildamlashgan hozirgi vaqtda koreys oilalalari madaniyati ham borgan sari o’zgarib bormoqda.

Oilaning har bir a’zosi baxtli bo’lish uchun o’zaro ahil bo’lishni muhim deb hisoblaydi, Oilada katta-kichik o’rtasidagi o’zaro hurmat va tartib muhim hisoblanadi. Oilada bolalarga ota-ona, bobo-buvi, qarindoshlar, umuman olganda yoshi kattalarni hurmat qilishni o’rgatib borishadi

Voyaga yetgan farzandlar keksa ota-ona bilan birga yashaydigan holat ham bor, lekin keksalikni o’zi mustaqil o’z uyida, turmush o’rtog’i bilan birga o’tkazishni xohlaydigan keksa ota-onalar ham ortib bormoqda.

Turli ko’rinishga ega jamiyat va fikrning o’zgarishi hamda undan tashqari bir necha omillarga ko’ra oila ko’rinishi ko’payib bormoqda. Bir boquvchili oila, buva-buvi va nevaralardan iborat oila, multimadaniyatli oila, bola asrab olgan oila, qayta turmush qurganlar oilasi, 1 kishilik oila kabi turli ko’rinishdagi oilaga nisbatan shaxsiy va jamiyat fikri ijobiy o’zgarmoqda.4

Er-xotin aloqalari

Er-xotin o’rtasidagi o’zaro munosabatlar yaxshi bo’lishi kerak, lekin, oiladagi farzand sifatidagi burchi, ota-ona sifatidagi burchi ham yaxshi bajarish muhim deb hisoblaydilar

Oilaviy ishlarda er va xotin maslahatlashib qaror qilib, ayol bilan erkak oilani boqish, farzand tarbiyasi, ro’zg’or ishlari kabilarga birgalikda javobgar degan tushuncha kuchayib bormoqda.

Turmush o’rtoq bilan muloqot qancha yaxshi bo’lsa, farzand tarbiyasi bilan birgalikda shug’ullanish qanchalik yuqori bo’lsa, er-xotin munosabatidan qoniqish ham shunchalik yuqori bo’ladi.

Koreyaning hayot tarziga ko’nikish

Nikoh orqali oilaviy munosabatlari, turmush tarzi, dunyoqarashi o’zaro farq qiladigan kishilar bir oilani tashkil etadi. Shuning uchun oilaviy hayotga bo’lgan fikrdagi qarama-qarshiliklarni bartaraf qilib borish oilvaviy hayotning boshida muhim hisoblnadi. O’zaro boshqacha madaniyatga ega ikki shaxs bir-birini topib xalqaro nikohdan o’tgan holatda esa oilaviy hayotga bo’lgan fikrdagi qarama-qarshiliklar yanada kuchliroq bo’lishini yodda tutish lozim. Turmush o’rtog’ingiz bilan fikringiz to’g’ri kelmasligi bois oilaviy hayotda qiyinchililkar bo’lsa quyidagicha usulni tavsiya etamiz.

1.Bir-birining oilalari madaniyatini tushunish uchun harakat qilish

2.Turmush o’rtog’i va uning ota-onasidan oilaviy an’analar to’g’risida bilmaganlarini so’rab olish

3.Oilaviy hayotdagi muammolarni suhbat orqali kelishib hal qilish

4.Yolg’iz hamma narsani hal qilishga urinmay, atrofdagilardan yordam so’rash

Koreyada boshqa davlatlardan farqli o’laroq, bir xil darajada bo’lsa ham vaziyatga qarab kishilarni turli xil so’zlar bilan chaqiradilar. Shuningdek, bunda sof koreys tili “chingho” va xitoy so’zlaridan aralash foydalaniladi. Shuning uchun “hoching” yoki “chiching”ni noto’g’ri ishlatsa tarbiyasiz kishiga o’xshab ko’ringanligi sababli e’tiborli bo’lib talab etiladi. “Hoching” bu biror kishini bevosita chaqirishda foydalaniladigan so’z bo’lib, “chiching” esa biron kishi haqida boshqa odamga gapirganda ishlatiladigan so’z va bu ikkala so’zni umumiy qilib aytanda “chingho” deyiladi.

Oila a’zolarini chaqirish usuli

Koreyada oilaviy munosabatlarda bir –biriga nisbatan odob saqlagan holda chaqirganda ishlatiladigan maxsus so’zlar mavjud. Quyidagi oilaviy shajara*ga qarasangiz unda er va xotinning oila a’zolarini chaqirganda ishlatiladigan maxsus so’zlar ko’rsatilgan. Katta yoshdagilarni sizlab, kichik yoshdagilar bilan gaplashganda esa oddiy so’zlashuv uslubidan foydalaniladi. Oila a’zolarini chaqirish usuli har bir oila, avlodda biroz farq qilishi mumkin bo’lib, oila bilan bu haqida oldindan maslahatlashib olgan ma’qulroq.5

Oilaviy shajara

Oilaviy aloqalarni tushuntirish uchun chiziqlar bilan birlashtirilgan rasm. Chiziqlar bo’ylab tutashgan gorizontal chiziqlar turmushni bildiradi va vertikal chiziqlar esa ota-ona va farzandlik aloqalarini anglatadi.

Hurmat va oddiy darajadagi gaplar

Koreys tilida biron kishi bilan gaplashishda uning yoshi, munosabatlarining yaqinligi, lavozimiga qarab turlicha ifodalanadi. Bunday hollarda gaplashayotgan kishiga nisbatan hurmat (sizlash) va oddiy muomala gapidan foydalaniladi.

Agarda gaplashayotgan kishining yoshi katta yoki lavozimi baland bo’lsa, shuningdek rasmiy joylarda hurmat gap ishlatiladi

Agarda gaplashayotgan kishi do’sti yoki o’zidan kichik yoshdagi shaxs bo’lsa oddiy muomala gapi ishlatiladi. Misol) Pab mokta (Oddiy gap) / Jinji chapsushida (Hurmat gap) Komavo (Oddiy gap) / Kamsatrimnida (Hurmat gap) Chal isso (Oddiy gap) / Annyonghi keshipshiyo (Hurmat gap)

Koreys oilalarida esga olinib nishonlanadigan kunlar

Oilaviy hayotda bolalarning tug’ilishi, to’y, janoza kabi turli hodisalar bo’ladi. Bu shaxsning o’zi va uning oilasi uchun muhim bo’lganligi sababli, bunday kunlarni xursandchilik bilan nishonlash yoki qayg’u bilan eslash odob doirasi hisoblanadi.

Tug’ilgan kun marosimlari

Pegil (100kunlik) : Koreyada bola tug’ilganiga 100 kun to’lishi munosabati bilan bayram qilib nishonlaydilar. Pegil taomlari sifatida peksolgi (guruchli non), susukyongdan (qizil fasolli nachinkali guruch), miyokkuk (dengiz karami sho’rvasi) tayyorlanib, bolaga toza va yangi kiyimlar kiydirib tabriklaydilar.

Tol (1 yillik) : Bola tug’ilganiga 1 yil to’lgani munosabati bilan birinchi tug’ilgan kunida qarindosh-urug’lar taklif qilinib, Bolaning tug’ilgan kunini nishonlaydilar. Unga koreys milliy kiyimi hanbok kiydirilib dasturxon bezaydilar. An’anaga ko’ra, dasturxonga peksolgi, songpyon, susugyongtan kabi taomlar tortilib, undan keyin bola sog’lig’i va baxtini tilagan holda ularni olish “tolchabi” (bola nimani olishini kuzatishadi) degan maxsus marosim o’tkazilib toktam (yaxshi tilaklar) bilan sovg’alar beriladi. Hozirgi kunda restoranlarda tol tug’ilgan kunda dasturxon bezatishadi.6

Zamonaviy 'tol' dasturxoni

Kijesa

Sengil (tug’ilgan kun) : Bu kishining tavallud kunini anglatib, kattalarning tug’ilgan kuni “sengshin” deyiladi. Koreyada an’anaga ko’ra tug’ilgan kunda ertalab miyokkuk (dengiz karami sho’rvasi) qaynatib ichiladi. Oilavish sharoitga qarab mazali taomlar tayyorlanib, yaqin qarindosh yoki do’stlar taklif qilinadi. Taklif qilingan kishi tug’ilgan kun egasiga mos kerakli narsa sovg’a qiladi yoki naqd pul berishi ham mumkin.




Download 72.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling