Tarjima tushunchasining mazmun mohiyati Samarqand Davlat Chet Tillari Instituti
Download 12.88 Kb.
|
maqola yanggi
Tarjima tushunchasining mazmun mohiyati Samarqand Davlat Chet Tillari Instituti Xorijiy til va adabiyoti fakulteti 1- kurs magistranti Hotamova Marg'uba Farxodovna hotamovamarguba@gmail.uz +998999515076 Abstrakt: Ushbu maqola tarjima haqida umumiy ma'lumot, ularning turlari va tasnifi, nazariya haqida ma'lumot berishni maqsad qilgan. Kalit so'zlar: tarjimon, til, nazariya, sinxron, vizual, tarjima turlari Barchamizga ma'lumki, tarjima qilish jarayoni qadimdan insoniyat uchun zarur lisoniy jarayon hisoblanib kelgan. Tarjimaning asosiy xossasi uning qayta yaratuvchanligida. Badiiy asarlar, she'r, qo'shiq, maqola va kitoblar, gazeta va jurnallar, rasmiy va iforaviy qog'ozlar-barchasining birgina tarjima usuli orqali boshqa tilda qayta namoyon bo'lishi tarjimaning haqiqiy san'at ekanligini belgilab beradi. Har qanday tarjimaning oldiga ikki talab qo'yiladi: 1. Tarjima qilinayotgan fikr, ma'lumot aslida qanday bo'lsa shundayligicha, tabiiy, o'z ma'nosini yo'qotmasligi zarur. 2. O'girilayotgan ma'lumot huddi shu tildagi me'yor va talablarga mos kelishi kerak Avvalo, tarjimon tarjima jarayonida o'z ona tilida fikrlaydi va uni ifoda etadi. So'ngra tarjima qilinayotgan tilda muqobil ravishda seefoydalaniladigan so'z va tushunchalardan foydalana olish qobiliyati bulishi lozim. Shu o'rinda, tarjima nazariyasining ilmiy ahamiyati tarjima jarayonida ikki til vositalarining to'qnashuvidan kelib chiqgan muommollar natijasida tilning keyinggi rivojlantirish imkoniyatlari ochiladi. Til o‘z kommunikativ vazifasini sintaktik qurilma — gap vositasida amalga oshirar ekan, tarjimonning til orqali tarjima qilishidan maqsadi tarjima qilinayotgan matnning asl nusxadagi tilidan bexabar bo'lgan o'quvchiga matnni to'liq va mukammal yetkazib berishni maqsad qiladi.qTildagi barcha — fonetik, leksik, morfologik hodisa ana shu sintaktik qurilishga xizmat qiladi. Biroq bular sirasida leksika va morfologiyaning til grammatik qurilishidagi ishtiroki o‘ziga xos. Zero, har qanday sintaktik hodisada so‘z va morfologik ko‘rsatkichni ko‘ramiz. Shu boisdan sintaktik mohiyatni belgilashda leksik va morfologik omilga tayaniladi. Gap, aslida, so‘zning erkin birikuviga ham asoslanganligi tufayli so‘zning bog‘lanish qonuniyati, so‘z birikmasi ham sintaksisda o‘rganiladi. So‘z birikmalarini o‘rganish gap ta’limotining tarkibiy qismi, undan ajratilgan holda qaralishi mumkin emas. Sintaksis so‘zning har qanday birikuvini emas, balki hokim-tobelik munosabatiga kirishgan erkin nutqiy birikuvning lisoniy mohiyatini tekshiradi. Qaysidir yo‘sindagi so‘zning birikuvi bo‘lgan qo‘shma so‘z (uchburchak, ertapishar, sotib olmoq), frazeologik birlik (ilonning yog‘ini yalagan, po‘konidan yel o‘tmagan, ko‘ngli bo‘sh) sintaksisning tadqiq doirasidan chetda qoladi. Har bir sohaning kamchiliklari bo'lganidek, tarjimshunoslikning ham kamchiliklari mavjud.Tarjima qilish bu nusxa ko'chirish emas, balki yanggi mehnat mahsuli hisoblanadi. Har bir xalq adabiyotining rivojlanishida tarjimashunoslikning ahamiyati katta. O'zbek adabiyotida tarjimachilik qadimdan bor. Mahmud Koshg'ariy, Rabg'uziy, Navoiy, Bobur va Ogahiylar ijodida tarjima katta o'rin egallaydi. Hozirgi zamonaviy tarjimachilikda tarjima vizual va sincron yo'llarda amalga oshiriladi.Visual tarjimada tarjimon bir tilda yozilgan ma'lumotan boshqa tilga o'girib qayta o'qish amalga oshiriladi. Bunda yozma adabiyotlar ham qamrab olinàdi, ko'rish orqali bo'lganligi uchun vizual nominj olgan. Sinxron tarjimada esa Tarjimon kabinada o'tiradi va naushnikda asl nusxani eshitadi.Asosan Konferensiyalarda qatnashuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida. Va tarjimon past ovozda gapiradi. Adabiyotlar: Абдураҳмонов Ғ. Қўшма гаплар классификацияси // Ўзбек тили ва адабиёти масалалари. — 1980. № 4. Абдураҳмонов Ғ. Қўшма гаплар классификацияси // Ўзбек тили ва адабиёти масалалари. — 1980. № 4 Виноградов В. В. Основные вопросы синтаксиса предложения (на материале русского языка)//Исследования по русской грамматике. — М. 1975– С.154. Ҳошимов. Г. М. Типология сложных предложений разносистемных языков.– Т. «Фан», 1991-C.105 Nurmonov A. Tanlangan asarlar. –Toshkent “Akademnashr”, 2012. — B.288 Nurmonov A. Tanlangan asarlar. –Toshkent “Akademnashr”, II jild, 2012. — B.418 Nurmonov A. Tanlangan asarlar. –Toshkent “Akademnashr”, II jild, 2012. — B.422 Sayfullayeva R. Hozirgi o’zbek tilida qo’shma gaplarning substantsional (zotiy) talqini. — Toshkent. “Fan”, 2007.– B.19. Download 12.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling