Tarkib: Kompyuter haqida umumiy ma'lumot Kompyuter tarixi Bugungi kunda kompyuterlardan qanday foydalaniladi? Statsionar kompyuter qanday tarkibiy qismlardan iborat? Kompyuterning ishlashi uchun qanday qismlar kerak?
Download 153.5 Kb.
|
Kompyuter qismlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompyuter qismlari haqida ma‘lumot
Tovush platasi (ing. Sound adapter, adapter – moslashtiruvchi) – axborot saqlagichlarga yozilgan raqamli audioaxborotni tovushlarga aylantirib beruvchi qurilma. Qurilmaning chiqish qismiga ovoz kuchaytirgich yoki karnaylarni ulash mumkin. Tovush platasi o‘z mikroprotsessoriga ega bo‘lib, tovushni kiritishda analograqamli o‘zgartirish va chiqarishida o‘zgartirishni ta’minlaydi.
Video-plata (ing. Graphics adapter) – murakkab tasvirlar va millionlab ranglarni qayta ishlashni ta’minlab beruvchi plata. Bu plata o‘z mikroprotsessori va tezkor xotirasiga ega bo‘ladi. Zamonaviy videoplata hajmli va uch o‘lchovli grafika bilan ishlash imkoniyatiga ega. Hozirgi kundagi juda ko‘p dastur va o‘yinlar 512 Mb yoki 2 Gb sig‘imli videoplatalar bilangina ishlaydi.Misol uchun, PES 2017 o’yini uchun mo’ljallangan videopalata GPU:VRAM 512 MB bo’lishi kerak. 4 Kompyuter qismlari haqida ma‘lumot Komyuter qismlari Agar Siz stolusti kompyuteridan foydalansangiz, unda Siz u yerdagi hech bir alohida qismni "kompyuter" deb atab bo‘lmasligini bilsangiz kerak. Haqiqattan ham, kompyuter – bu ko‘plab birga ishlaydigan qismlar tizimidir. Ko‘rish va ushlash mumkin bo‘lgan fizik qismlari texnik ta’minot deb ataladi. (Boshqa tomondan, Dasturiy ta’minot texnik ta’minotga nima qilish kerakligini aytadigan yo‘l-yo‘riqlar yoki dasturlarni o‘zida mujassam qiladi.) Quyida stolusti kompyuteri tizimining asosiy qurilmalari ko'rsatilgan. Sizning tizimingiz bir oz boshqacha bo'lishi mumkin, lekin unda ushbu qismlarning ko'pchiligi mavjud. Noutbuk kompyuterlari ham bir xil qismlarga ega, lekin ular kitob ko'rinishidagi kichkina qutiga joylashtirilgan. Stolusti kompyuteri tizimi Keling, uning har bir qismini ko‘rib chiqamiz. Tizimli blok Tizimli blok- bu kompyuter tizimining asosi hisoblanadi. Odatda, bu to‘rtburchak korpus, stol ustiga yoki tagiga joylashtiriladi. Korpus ichida ko‘plab ma’lumotlarni qayta ishlovchi elektron qismlar joylashgan. Ushbu tarkibiy qismlarning eng asosiysi --kompyuterning "miyasi" vazifasini bajaruvchi Markaziy protsessor (CPU) yoki mikroprotsessor hisoblanadi. Keyingi tarkibiy qism operativ xotira (RAM) hisoblanadi va u kompyuter yoqilgan vaqtda protsessorda ishlatiladigan ma’lumotlarni vaqtincha saqlanadi. Kompyuter o‘chirilgandan so‘ng operativ xotirada saqlanilayotgan ma’lumotlar o‘chib ketadi. Kompyuterning deyarli boshqa barcha qismlari kabellar orqali tizimli blokka ulanadi. Kabellar, odatda tizimli blokning orqa tomonida joylashgan, maxsus portlar (yoriqlar)ga ulanadi. Tizimli blokning tarkibiga kirmaydigan qism, uskunani, ba’zan tashqi qurilma yoki qurilma deb ataladi. Saqlash ombori Kompyuterda bir yoki bir nechta disk jamlovchilarimavjud, ular ma'lumotlarni metal yoki plastmassa disklarda saqlaydigan qurilmalar. Xattoki, kompyuter o‘chirilganda ham disklardagi ma’lumotlar saqlanib qoladi. Qattiq disk Kompyuterning qattiq disk jamlovchisi ma'lumotlarni qattiq diskda saqlaydi—u mahkamlangan yoki magnit yuzaga ega platterlar majmuidan tashkil topadi. Qattiq disklar katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlay olishi tufayli, odatda ular barcha fayllar va dasturlarni o‘z ichiga oluvchi asosiy saqlash vositasi sifatida xizmat qiladi. Odatda qattiq disk tizim blokining ichida joylashgan bo‘ladi. DVD va CD diskovodlari Hozirgi paytda deyarli barcha kompyuterlar, odatda tizim blokining old qismida joylashgan CD va DVD diskovodlari bilan jihozlangan. CD diskovodlar CD-disklardan ma'lumotlarni o'qish uchunlazerlardan foydalanadi; ko'pgina CD diskovodlar CDlarga ma'lumotlarni yozishi (qayd qilishi) mumkin. Agar diskovod yozuvchi bo‘lsa, u holda fayl nusxalarini toza kompakt-disklarga yozish mumkin. Kompyuterda diskovodni musiqa kompakt-disklarini qo‘yish uchun ishlatish ham mumkin. DVD diskovodlari CD diskovodlari qila oladigan hamma narsani bajaradi va qo‘shimcha tarzda DVD-disklarni ham o‘qiydi. DVD diskovodi yordamida kompyuterda filmlarni ko‘rish mumkin. DVD diskovodlarning ko‘pchiligi ma’lumotlarni bo‘sh DVD-disklarga yoza oladi. Maslahat ● CD yoki DVD disklarning yozuvchi diskovodi borligidan foydalanib, vaqti-vaqti bilan muhim fayllarni CD yoki DVD diskka saqlab boring (nusxalang). Shunda agar qattiq disk ishdan chiqsa, ma’lumotlarni yo‘qotmaysiz. Egiluvchan disklar diskovodi Egiluvchan disklar diskovodi ma’lumotlarni Egiluvchan disklar (ba’zan floppilar yoki disketalar deb ataluvchi qurilma) da saqlaydi. Kompakt-disk va DVDlar bilan solishtirilganda, egiluvchan disklarda uncha katta bo‘lmagan hajmdagi ma’lumotlarnigina saqlash mumkin. Bundan tashqari, ma’lumotlar sekin o‘qiladi va buzilishga ko‘proq duch keladi. Shu sababli egiluvchan disklar diskovodi oldingidek ommabop emas, biroq ayrim kompyuterlarda ular hamon o‘rnatilgan. Nima uchun ular "egiluvchan" deb nomlanadi? Ularning tashqi korpusi qattiq plastmassadan yasalgan, lekin u faqatgina qoplama. Ichkaridagi disk yupqa egiluvchan vanil materialdan tayyorlangan. Download 153.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling