Tarkibida 0,02 dan 2,14 gacha uglerod bo‘lgan temir-uglerod qotishmasiga nima deb ataladi?
Download 170 Kb.
|
Сирож
Kukun materiallarni prokatlash bilan qanday zagotovkalar olinadi? {=Turli xildagi sortli prokat detallar Temir kukunlarining texnologik xossalariga nimalar kiradi? {=Faqat oquvchanligi va presslanuvchanligi kiradi Metallurgiya fanining vazifasini tushuntiring. {=Metallurgiya metallar va metal qotishmalarini olinishi haqidagi fandir Domna pechining asosiy mahsulotini ko‘rsating. {=Cho‘yan Pirometallurgiyaning mohiyati qaysi javobda to‘g‘ri keltilgan? {=Bunda yoqilg‘i yonishi issiqligi evaziga rudalar eritilib,zarur ximiyaviy reaksiyalar yordamida metallar suyuq holda ajratib olinadi Gidrometallurgiyaning mohiyati qaysi javobda to‘g‘ri keltilgan? {=Bunda turli suyuqliklar, eritmalar yordamida rudalar cho‘ktirilib, elektrolizlash orqali metallar ajratib olinadi Rudalarni suyultirishda flyuslarning vazifasini ko‘rsating? {=rudadagi bekorchi jinslarni shlakka chiqarish Qaysi dastgoh 6H82 modeli bilan markalanadi? {=frezalash Yo‘lakay frezalash deb nimaga aytiladi? {=Yo‘lakay frezalashda frezaning aylanish yo‘nalishiga zagotovkaning surish yo‘nalishi mos keladi Tokarlik-vint qirqish dastgohining modelini ko‘rsating {=1K62; 1336 Metallarni kesish jarayonida o‘simta hosil bo‘lsa, uni yo‘qotish uchun qanday tezlikda kesib ishlash kerak? {=70÷80 m/min Og‘ir va katta o‘lchamdagi zagotovkalarni kesib ishlashga mo‘ljallangan qanday tokarlik dastgohini bilasiz? {=Tokarlik karusel dastgohi Po‘latning xossalariga salbiy ta’sir etadigan elementlarni ko‘rsating? {=S, P
Elektrometallurgiya-ning mohiyati qaysi javobda to‘g‘ri keltilgan? {=Bunda rudalar elektr pechlarida eritish yoki metallarni tuzli eritmalaridan elektrolizlash yo‘li bilan ajratib olinadi Poroshokli (kukun) metallurgiyaning mohiyati qaysi javobda to‘g‘ri keltilgan? {=Metall kukunlari hosil qilinib,ularni presslash va pishirish yo‘li bilan olinadi Ximiyaviy metallurgiyaning mohiyati qaysi javobda to‘g‘ri keltilgan? {=Bunda metallar bir vaqtning o‘zida metallurgik va va ximiyaviy usul yordamida ajratib olinadi Rudalar deb nimaga aytiladi? {=Tarkibidagi metallarni iqtisodiy jihatdan ajratib olish maqsadga muvofiq bo‘lgan tog‘ jinslariga rudalar deyiladi Iqtisodiy jihatdan temirni ajratib olish maqsadga muvofiq bo‘lgan temir rudalari tarkibida necha foiz temir bo‘ladi? {=30...50% Metall quymasining qaysi qismida eng mayda donali kristallar hosil bo‘ladi? {=O‘zak qismida (o‘rtasida) Iqtisodiy jihatdan misni ajratib olish maqsadga muvofiq bo‘lgan mis rudalari tarkibida necha foiz mis bo‘ladi? {=3...5%
Iqtisodiy jihatdan molibdenni ajratib olish maqsadga muvofiq bo‘lgan rudalar tarkibida necha foiz molibden bo‘ladi? {=0,005...0,02% Konsentratdan foydalanilganda metallurgik pechning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichi yaxshilanishiga sabab nima? {=Rudalar maxsus ishlanib, rudaga nisbatan metallning miqdori oshirilgan mahsulot-konsentrat tayyorlanadi, undan foydalanish esa metallurgik pechning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichini yaxshilanishiga olib keladi Qanday qotishmalar po‘latlar deb ataladi? {=Tarkibida 2,14% dan kam uglerod bo‘lgan temir-uglerod qotishmalari Metallurgiyadagi asosiy xom-ashyo va yordamchi materiallarga nimalar kiradi? {=Tarkibida metallar bo‘lgan tog‘ jinslari(rudalar),yoqilg‘i, o‘tga chidamli materiallar, flyuslar Flyuslar metallurgiyada nima maqsadda ishlatiladi? {=Flyuslar metallurgik pechda rudadagi boshqa jinslar, hamda yoqilg‘idagi kul bilan oson eriydigan ximiyaviy birikmalar- shlak hosil qiluvchi material sifatida ishlatiladi Metallurgiyada ishlatiladigan koks qanday olinadi? {=Havo kirmaydigan pechlarda toshko‘mirni 1000 0S da 14...16 soat mobaynida quruq haydash yo‘li bilan olinadi Metallurgik pechning ichki qismi yuzasi o‘tga chidamli materiallardan qilinadi va ximiyaviy tarkibiga ko‘ra qaysi guruhlarga bo‘linadi? {=O‘tga chidamli materiallar ximiyaviy tarkibiga ko‘ra kislotali, asosli va neytral o‘tga chidamli materiallarga bo‘linadi Ledeburit strukturasi qanday qotishmadan iborat? {=Austenit bilan sementitning mayda donalaridan iborat mexanik aralashma Qanday po‘latlar avtomatbop po‘latlar guruhiga kiradi? {=Tarkibida fosfor va oltingugurt mikdori oshirilgan po‘latlar Temir bilan uglerod qotishmalarining ledeburit strukturasi deb nimaga aytiladi? {=Ledeburit (L)- austenit bilan sementitning mayda donlaridan iborat bo‘lgan mexanik aralashma bo‘lib, tarkibi 4,3 % uglerod bo‘ladi Evtektoiddan keyingi po‘latlarda uglerodning miqdori qancha va uning tarkibi nimalardan iborat bo‘ladi? {=Po‘latning tarkibidagi uglerod miqdori 0,8 % dan 2,14 % gacha bo‘lsa, bunday po‘latlar evtektoiddan keyingi po‘latlar bo‘lib, uning tarkibi P+Ts dan iborat bo‘ladi Temir bilan uglerod qotishmalarining ferrit strukturasi deb nimaga aytiladi? {=Ferrit (F)-uglerodning alfa-temirdagi qattiq eritmasi (Feα (S)) bo‘lib, bu eritmada uglerodning miqdori juda oz bo‘ladi. Umuman olganda, uning tarkibida 99,8÷99,9 % Fe bor Temir rudalarining necha foizi to‘g‘ridan eritishga, necha foizi eritishdan oldin maxsus ishlanadi? {=5% va 95% Aglomeratsiyalash deb nimaga aytiladi? {=Temir rudasi, ohak, kichik aglomerat va kokslardan iborat shixtani 1300...1500 0C da maxsus aglomeratsiya mashinalarida pishirish jarayoniga aglomeratsiya deyiladi Domna jarayonining mohiyati nimadan iborat? {=Temir oksidlaridan temirning qaytarilishi, yoqilg‘i yonishi; temirning uglerodga to‘yinishi, Mn, Si va boshqa qo‘shimchalardan qaytarilishi hamda shlak hosil bo‘lishiga domna jarayoni deyiladi Bir karbidli metallokeramik qotishmalar qanday markalanadi, ularning kimyoviy tarkibini qanday moddalar tashkil kiladi? {=VK2, VK3, …VK15 kabi markalanadi. Ularning kimyoviy tarkibini volfram karbidi bilan kobalt elementining aralashmasi tashkil etadi Legirlangan po‘latning yuqori sifatli ekanligini ko‘rsatish uchun ushbu po‘lat markasining oxirga qanday harf yoziladi? {=A, masalan, 30XСНA, 20XН3A, 25XГСATemir oksidlarini qaytarilishi qaysi haroratlarda va qanday ketma-ketlikda sodir bo‘ladi? {=500...1000 0C haroratlarda, Fe2O3—Fe3O4—FeO—Fe Po‘lat tarkibidagi qanday legirlovchi elementlar uglerod bilan ta’sirlashishida karbid hosil qiladi? {=Fe, Mn, Cr, Mo, W Agar austenit strukturali evtektoid po‘lat namuna o‘ta sovitilsa, austenitdan uglerod temir karbidi (Fe3C) tarzida ajralishga ulgurolmaydi, qattiq eritmada qoladi, bunda yoqlari markazlashgan kub kristall panjara hajmiy markazlashgan kub kristall panjaraga aylanadi. Natijada Fe ning uglerodli qattiq eritmasi (Fe(C)) hosil bo‘ladi. Bu struktura qanday nomlanadi? {=Martensit Yuqori sifatli konstruksion uglerodli po‘latlar tarkibida zararli element (oltingugurt va fosfor)ning har birining miqdori necha foizdan oshmasligi kerak? {=0,025 % Legirlangan o‘rtacha uglerodli yaxshilanadigan po‘latlar tarkibidagi uglerodning miqdori qancha foiz atrofida, legirlovchi elementlarning umumiy miqdori qancha foizdan oshmasligi kerak? {=0,35÷ 0,5 % uglerod va 5,0 % legirlovchi elementlar Agar po‘lat tarkibidagi legirlovchi elementning umumiy miqdori qancha foiz bo‘lsa u yuqori legirlangan po‘latlar deyiladi? {=Q >10 % Kulrang cho‘yanning tarkibida uglerod grafit holatida bo‘ladi. Grafitning shakli ko‘pincha qanday shaklda bo‘ladi? {=Buralgan yaproq shaklda Dizel dvigatel bloklari, uning qopqoqlari va silindrlar qanday tamg‘ali(markali) cho‘yanlardan quyib tayyorlanadi? {=СЧ21, СЧ24, СЧ25, СЧ30, СЧ35 Legirlangan cho‘yanlar deb nimaga aytiladi? {=Agar oddiy cho‘yanlar tarkibiga Ni, Mo, Cr,Su, W, V, Mn, Ti kabi elementlar kiritilgan bo‘lsa Qanday cho‘yanlar po‘latlar ishlatiladigan sohalarda qo‘llanilishi mumkin? {=Yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan cho‘yanlar Po‘lat ishlab chiqarish metallurgik jarayoning mohiyati qaysi javobda to‘liq keltirilgan. {=Qayta ishlanadigan cho‘yan tarkibidagi uglerod va boshqa qo‘shimchalarni tanlab oksidlantirish yo‘li bilan ularni gazga va shlak o‘tkazish orqali tozalash jarayoni hisoblanadi Quyish uchun mo‘ljallangan titan qotishmalarining qanday markalari bor? {=ВT5L, ВT20L, ВT21L Yoqilg‘i sarf qilmay, suyultirilgan cho‘yandan havo haydash yo‘li bilan po‘lat olishni kim amalga oshirgan? {=G. Bessemer Kulrang cho‘yan markasini ko‘rsating. {=СЧ10, СЧ15, СЧ18 Bolg‘alanuvchan cho‘yan markasini ko‘rsating. {=KЧ37-12; KЧ35-10 Uglerodli asbobsozlik po‘latlarinng markasini ko‘rsating. {=У8, У9, У10 Quyma cho‘yanlar tarkibida kremniy miqdori qancha bo‘ladi? {=2,75...3,25% Si Shlakdan qanday qurilish materiallari olinadi? {=Sement, g‘isht, g‘ovak va zich plitalar Qanday cho‘yanlarga oq cho‘yanlar deyiladi? {=Bunday cho‘yanlar tarkibidagi uglerod Fe3C ko‘rinishdagi ximiyaviy bog‘lanishda bo‘lib mikroskopda yaltirab ko‘ringani sababli oq cho‘yanlar deyiladi Shteyn qanday hosil qilinadi va uni tarkibi qaysi javobda to‘liq ko‘rsatilgan? {=Boyitilgan mis konsentratlaridan alangali pechlarda suyuqlantirilib, shteyn hosil qilinadi, uni tarkibi asosan mis va temir sulfidlari (80...90%), hamda rux,qo‘rg‘oshin, nikel sulfidlarining qotishmasidan iborat Alyuminiy ishlab chiqarish qanday amalga oshiriladi? {=Alyuminiy ishlab chiqarish ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1-boksitdan glinozem olinadi; 2-suyuq glinozemdan elektroliz yordamida alyuminiy olinadi Metallokeramika deb texnikaning qaysi sohasiga aytiladi? {=Texnikaning poroshok (kukun) materiallar ishlab chiqarish sohasiga poroshok metallurgiyasi yoki metallokeramika aytiladi Quymalar olish qo‘llaniladigan qotishmalariga qanday talablar qo‘yiladi? {=Quymalar tayyorlanadigan qotishmalar zarur fizikaviy,ximiyaviy, mexanik xossalarga, hamda eng maqbul texnologik xususiyatlarga, ya’ni suyuqoquvchanlik, cho‘kish, likvatsiyaga moyillik,gazlarni yutishi va boshqalarga ega bo‘lishi lozim Quymalar olish jarayonlariga erituvchi agregatlar qanday ta’sir qiladi? {=Erituvchi agregatlar va eritish jarayonlari quyma sifati, metalning cho‘kishi,uni gazga to‘yinishi, haroratsi va ximiyaviy tarkibini belgilaydi Legirlangan cho‘yanlar deb nimaga aytiladi? {=Agar oddiy cho‘yanlar tarkibiga Ni, Mo, Cr, Su, W, V, Mn, Ti kabi elementlar kiritilgan bo‘lsa Yuqori puxtalikka ega bo‘lgan cho‘yanning tarkibida uglerod qanday holatda uchraydi; bu cho‘yanning strukturasi nimadan iborat? {=Shar nusxa xolatda; cho‘yan strukturasi perlit bilan ferritdan iborat bo‘ladi Modifikatorlar deb nimaga aytiladi? {=Suyuq metall qotishmasi eritmasiga kristallanishdan oldin kiritiladigan qiyin eriydigan zarralarga modifikatorlar deyiladi Kulrang cho‘yanlarga modifikatorlar sifatida qanday elementqo‘shiladi? {=Ferrosilitsiy, suyuq metal massasining 0,1...0,3 % hisobidan grafit qo‘shiladi Tuzilishi murakkab va hajmi katta bo‘lgan kesuvchi asboblar uchun toblashning qaysi usuli qo‘llaniladi? {=Tez sovitilib, suyuq muhitda bir oz ushlab turilib va havo muhitida sovitiladi Bolg‘alanuvchan cho‘yanlarga modifikatorlar sifatida qanday elementqo‘shiladi? {=Berilliy va bor qo‘shiladi Qotishmaga qanday o‘zga qo‘shimchalarni qo‘shib, struktura o‘zgarishiga erishish orqali xossalarini boshqarish mumkin? {=Cr, Mo, Ni, Co, Ti, W, Zn, Nb, Mn, Si Evtektikagacha bo‘lgan cho‘yanlarda uglerodning miqdori qancha va uning tarkibi nimalardan iborat? {=Qotishma tarkibida uglerodning miqdori 2,14< C< 4,3 % gacha bo‘lsa, bunday cho‘yanlar evtektikagacha bo‘lgan cho‘yanlar bo‘lib, uning tarkibi P+Ts dan iborat bo‘ladi Magniyning kuymabop qotishmasi markasini kursating {=МЛ5, МЛ6, МЛ10 O‘ta mustahkam cho‘yanlarga modifikatorlar sifatida qanday elementqo‘shiladi? {=Magniy, kalsiy, vannadiy, selen qo‘shiladiAlyuminiyning 6% gacha kremniyli qotishmalarini modifikatsiyalash qanday amalga oshiriladi? {=Alyuminiyning 6% gacha kremniyli qotishmalarini natriy,xlorli va ftorli tuzlar bilan modifikatsiyalash 800...820 0C haroratda amalga oshiriladi Bosim bilan ishlashning mohiyati tushuntiring? {=Tashqi nagruzka ta’sirida konstruksion materiallarni plastik deformatsiyalash yo‘li bilan kerakli shaklli va o‘lchamli mahsulotlar olish texnologik jarayoniga bosim bilan ishlov berish deyiladi Mashinasozlikda metallarni bosim bilan ishlov berish qaysi usullari keng tarqalgan? {=Prokatlash, kiryalash, presslash,bolg‘alash va shtamplash Titan va titan qotishmalarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan minerallarni ko‘rsating {=Ilmenit, rutil, titanit Bosim bilan ishlov berishda mahalliy cho‘ktirish deb nimaga aytiladi? {=Zagotovkaning bir joyigina cho‘ktirilsa Mayda pokovkalar olishda qanday qurilmalardan foydalaniladi? {=Pnevmatik bolg‘alardan Qanday alangali qizdirish qurilmalari mavjud? {=kamerali, metodik, quduq tipidagi pechlar Bosim bilan ishlashning qaysi usulida shveller olinadi {=Prokatlash Yirik pokovkalar olishda qanday qurilmalardan foydalaniladi {=Gidravlik presslardan Prokat maxsulotlarining qanday asosiy guruxlari mavjud? {=list maxsulotlar, trubalar, maxsus prokatlar, sortli prokatlar Qanday elektr qizdirish qurilmalari mavjud? {=qarshilikli, kontakli, induksion Barabanli kiryalash stanlarida diametri qancha mm gacha bo‘lgan mahsulotlar tayyorlanadi? {=0,002 ... 10 mm Quyidagi qotishmalarning qaysisi yaxshi quyilish xossasiga (suyuqlanuvchanlik, kam kirishuvchanlikka) ega? {=Kulrang cho‘yanlar Qobiqli qoliplar uchun qolip aralashmasi materiali komponentlarini ayting? {=Mayda kvars qumi va 5 ... 8% fenoltermoreaktiv smola Qanday quyma qoliplarini tayyorlashda qum otar mashinalardan foydalaniladi? {=Yirik quymalar qoliplarini tayyorlashda Diametri uzunligiga nisbatan katta bo‘lgan quymalar qaysi usulda qo‘yib olinadi? {=Quymani aylanuvchi metall qoliplarda olish Opoka deb nimaga aytiladi? {=qolip materiallarida model aksini olishga ko‘maklashuvchi ochiq ramaga Bir marta quyma olishga yaroqli qolipning tarkibi qaysi materiallar tashkil etadi? {=grafit, yog‘och kipig‘i va kvars kukunining suv bilan qorishtirilgani, kvars qumi, qolip gili 1 tonna sifatli quyma olish uchun qancha m3 qolip materiali sarflanadi? {=3 ... 5 m3 Metall va metallmas materiallar kukunlarini sanoat miqyosida tayyorlashning qanday usullaridan foydalaniladi? {=Mexanik, kimyo, fizika-kimyoviy Metallarni bosim bilan ishlash jarayoni deb nimaga aytiladi? {=Konstruksion materiallarni tashqi nagruzka ta’sirida plastik deformatsiyalash natijasida kutilgan shakl va o‘lchamlarga keltirish jarayoniga bosim bilan ishlash deyiladi Kukun materiallarining texnologik xossalariga qaysilari kiradi? {=Press formadagi to‘kma zichligi, oquvchanligi, presslanuvchanligi Kukun materialidan olingan detallar qanday markalanadi? {=ЖГрН7Д2-6,8; ЖГр1-20 ПФ Quyida ko‘rsatilgan payvandlash usullaridan qaysi biri suyuqlantirib payvandlashga kiradi? {=Elektr yoy yordamida payvandlash Termik sinfga kiruvchi payvandlash usullariga qaysi payvandlash usullari kiradi? {=Plazma, gaz alangasida, elektr yoy, elektr-shlak, elektron-nur Metallarni payvandlash simlari bilan gaz alangasi yordamida payvandlashda payvandlanuvchi metallning qalinligi qancha bo‘lsa maqsadga muvofiq deb hisoblaysiz? {=0,2÷5,0 mm Roliklar bilan payvandlashda payvandlanuvchi metallarning qalinligi qancha mm bo‘lsa samarali bo‘ladi? {=0,3 ÷3,0 mm 1 kg kalsiy karbidddan necha litr atsetilen olinadi? {=230...280 litr UR tipidagi keskich mundshtugi metallning qirqiladigan joyidan qancha masofa oraliqda tutib yuzaga tik yo‘naltiriladi? {=3,0...6,0 mm Metallarni yumshoq kavshar bilan kavsharlashda qanday koviyadan foydalaniladi? {=Elektr koviyalardan Elektr yoy deb nimaga aytiladi? {=Elektrod bilan payvandlanadigan metall oralig‘idagi ionlashgan gaz va bug‘ muhitidan o‘tib turuvchi kuchli elektr razryadlarga elektr yoy deyiladi Gaz alangasi yordamida payvandlashda va kesishda ehtiyot suv qulfi nima vazifani bajaradi? {=Payvandlashda mudshtukning gaz chiqarish teshigi bekilib qolganda С2Н2 bilan O2 gazi aralashmasi o‘z kanalidan shlang orqali generatorga o‘tib uni portlatishi mumkin. Buning oldini olish uchun ehtiyot suv qulfidan foydalaniladi Alyuminiy va uning qotishmalarini payvandlashda metall vannani oksid pardadan tozalash uchun flyus kukuni ishlatiladi. Bunday flyusning tarkibi qanday bo‘ladi? {=50 % KCℓ, 28% NaCℓ, 14%LiCℓ, 8%NaF Qo‘sh tavr (dvutavr) li profil sortamentning qaysi guruhiga kiradi? {=Sortli prokat Qanday metallarni kesib ishlashda uvoq qirindi hosil bo‘ladi? {=qattiq va mo‘rt metallarni Parmalash asbobining surish tezligi birligini ko‘rsating {=mm/ayl
Qaysi dastgohda 2A135 modeli ko‘rsatiladi. {=parmalash Shponka ariqchalari ochishda, teshiklarda shlitslar hosil qilishda quyidagi dastgohlardan foydalaniladi: {=O‘yish dastgohi Qanday metallarni kesib ishlashda yoriq qirindi hosil bo‘ladi? {=o‘rtacha qattiqlikda metallarni Cho‘yan va rangli metall materiallarni kesib ishlov berishda kesuvchi asboblarni tayyorlashda qaysi materiallardan foydalaniladi? {=ВK8, ВK6, ВK3 Keltirilgan donador abraziv guruhidan dag‘al donador abrazivni aniqlang. {=2000...160 mkm Sovuq holda deformatsiyalash deb nimaga aytiladi? {=Deformatsiyalanayotgan metall harorati (Td), kritik harorat qiymatidan kichik bo‘lsa (Td Payvandlashning fizikaviy mohiyati nimadan iborat? {=Metall buyumlardan molekulalararo va atomlararo bog‘lanish kuchi evaziga ajralmas birikma olish texnologik jarayoniga payvandlash deyiladi Payvandlash usullari qaysi belgisiga ko‘ra klassifikatsiyalanadi? {=Payvandlash usullari ikki asosiy belgisiga, ya’ni payvandlash jarayonida metall holati bo‘yicha va payvandlanadigan joylarni qizdirish uchun qo‘llaniladigan energiya turiga ko‘ra klassifikatsiyalanadi O‘zi eriydigan metall elektrod bilan yoyli payvandlash usulini kim taklif etgan? {=N.B.Slavyanov O‘zi erimaydigan ko‘mir elektrod bilan yoyli payvandlash usulini kim taklif etgan? {=N.N.Benardos Metallarni kavsharlash deb qanday jarayonga aytiladi? {=Ikkita metall buyumlar orasidagi chokka boshqa metallarnieritib quyish orqali ajralmas birikma hosil qilish jarayoniga kavsharlash deyiladi Kavsharlar qaysi belgilariga ko‘ra klassifikatsiyalanadi? {=Kavsharlashda qo‘llaniladigan kavsharlar erish haroratlari va xossalariga ko‘ra yumshoq (oson eriydigan) va qattiq (qiyin eriydigan) kavsharlarga bo‘linadi Yumshoq kavsharlardan qanday maqsadlarda foydalaniladi? {=Yumshoq kavsharlardan turli idishlar, baklar, rezervuarlar va radiotexnikada turli o‘tkazgichlarni ulashda foydalaniladi Qattiq kavsharlardan qanday maqsadlarda foydalaniladi? {=Qattiq kavsharlardan keskichda qattiq qotishma plastinkalarini, truboprovodlarni; velosiped ramalarini ulashda foydalaniladi Materiallarga mexanikaviy ishlov berishda qaysi kattaliklar kesish rejimi elementlari hisoblanadi? {=Kesish tezligi, kesish chuqurligi va keskichning surilishi Qaysi metall kesish dastgohida rezba ochish mumkin? {=Tokarlik Yuritmalardan qaysi biri suyuqlik bilan ishlaydi? {=Gidravlik Qaysi dastgohlar jilvirlash dastgohlariga mansub? {=barch javoblar to'g'ri Parmalash ishlarini qaysi usul bilan bajarish mumkin? {=Qul bilan pardozlash (donalab ishlab chiqarishda) Kesuvchi retka vositasida tishli g‘ildirak kesish jarayoni uchun qaysi xarakatlar zarur? {=aylanish bilan dumalatish xarakatini birgalikda bajarish yo‘li bilan surish Kesib ishlanishi qiyin va mutloq ishlab bo‘lmaydigan, jumladan metallokeramik materiallarni, issiqbardosh qotishmalarni, yarim o‘tkazgich va keramik materiallarni qanday usullardan foydalanib ishlov beriladi? {=elektroximiyaviy va elektrofizikaviy Materiallarga ishlov berishning elektroximiyaviy va elektrofizikaviy usullarini asosini nimalar tashkil etadi? {=anod-mexanikaviy, elektr impuls, elektr uchqun, ultratovush usuli Zagotovkalarni qirindi yo‘nmay qanday ishlash mumkin? {=maxsus asboblar bilan (sharchalar, roliklar) bilan ctanok va presslar yordamida Elektronlar uchqun usuli qaysi metall qotishmalarini ishlov berishda qo'llaniladi? {=qattiq qotishmalar uchun Tishli g‘ildirak qanday sxema asosida qirqiladi? {=O‘yish boshlanishida dolbyak qo‘shimcha xarakat qiladi, ya’ni zagotovkaga botadi Kesishda qanday xarakatlardan bir vaqtda foydalaniladi? {=Asosiy va yordamchi xarakatlarda Qattiq materiallarga ishlov berishning plazma oqimi bilan ishlash qanday? {=Plazma gorelkalar argon, azot elektrodlari bilan yoy ryazryad yordamida ionlashtirilib plazma oqimi bilan ishlov beriladi Materiallarni ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan texnologik protseslarni avtomatlashtirishning asosiy yo‘nalishlari qaysilar? {=Tez rostlanuvchi avtomatlar va avtomatik sistemalar konstruksiyalarini ishlab chiqish Qaysi metall kesish dastgohida rezba ochish mumkin {=Tokarlik dastgohida Kesib ishlashda qattiq qotishmali keskich bilan qanday ishlarni amalga oshirish mumkin? {=Toza yo‘nish Tokarlik keskichi bilan qaysi materialni kesib bo‘lmaydi? {=Olmos Quyidagi materiallardan qaysi biri rangli materaillar asosida yaratilgan? {=Bronza БрAЖН 10-4-4 Parmalash dastgohida qaysi ishlarni bajarish mumkin? {=Parmalab teshik ochish P18 tez kesar po‘lati bilan qaysi materiallarni kesib yo‘nish mumkin emas? {=Latun va bronza Kesish elementlarini ko‘rsating? {=v, s, n, t Download 170 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling