Ruza: injenerlik inshootlarni geodezik kuzatish


Download 1.12 Mb.
bet1/6
Sana03.04.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1322689
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
15-MA’RUZA INJENERLIK INSHOOTLARNI GEODEZIK KUZATISH


MA’RUZA: INJENERLIK INSHOOTLARNI GEODEZIK KUZATISH
Reja:
1. Inshootlar deformasiyasini turlari va sabablari
2. Inshootlar cho‘kishini kuzatish
3. Inshootlarni gorizontal siljishini o‘lchash
4. Qurilish konstruksiyalari egilishini o‘lchash
5. Bino va inshootlarni og‘ishi (kren) va yorilishini kuzatish
1. Inshootlar deformasiyasini turlari va sabablari
Loyiha bo‘yicha qurilgan inshootlar vaqt o‘tishi bilan turli sabablarga ko‘ra o‘z o‘rnidan vertikal yoki gorizontal tekislik bo‘yicha cho‘kish yoki og‘ish tufayli birmuncha o‘zgaradiki, bu defor- masiya deyiladi. Deformasiya qurilish davrida yoki inshoot bitgan- dan keyin foydalanish davrida bo‘lishi mumkin. Deformasiyani kuzatish inshoot turiga va o‘zgarish xarakteriga qarab vaqt-vaqti bilan olib boriladi. Buning uchun inshoot yaqinida maxsus maydon ajratilib, unda reper va mustahkam belgilar o‘rnatiladi, inshootning siljishini fototeodolit orqali syomka qilish yo‘li bilan aniqlanadi, fotosurat stereokomparatorda ishlanib, uning o‘zgarish fotoplani topiladi.
Deformasiya turlari. Inshootlar deformasiyasi ularning poydevoriga va inshootning o‘ziga turli xil tabiiy va texnogen faktorlar ta’sir etishi natijasida yuzaga keladi. Asosan inshoot va binolar deformasiyasi ular poydevoridagi tuproq qatlamining harakatiga bog‘liq. Bu harakatlar tik holatda va gorizontal holatda yuzaga kelishi mumkin.
Poydevorlarning tik deformasiyasi quyidagilarga bo‘linadi: Cho‘kish–deformasiyalar, poydevor tagidagi tuproqning tashqi ta’sir va alohida holatlarida tuproqning o‘z og‘irligi ta’sirida zichlanishi natijasida yuzaga keladi va bunda tuproq strukturasi tubdan o‘zgarmaydi.
Siqilish deformasiyalari, tuproqning zichlanishi natijasida yuzaga keluvchi va tashqi ta’sir sababli tuproq strukturasi tubdan o‘zgarishiga olib keladi, masalan, tuproqning namlanishi, muzlangan tuproqning erishi va hokazolar;
Bo‘rtish deformasiyalari, tuproq qatlamiga turli kimyoviy moddalar ta’sirida yoki uning namligi, harorati o‘zgarishi natijasida tuproq hajmining o‘zgarishi;
O‘tirish deformasiyalari, yer osti qazilma boyliklarini qazib olish, gidrogeologik sharoitning o‘zgarishi natijasida yuzaga keladi.
Poydevor cho‘kishining matematik xarakteristikasi poydevor- ning boshlang‘ich va cho‘kish sodir bo‘lgandan keyingi tekisliklari oralig‘idagi tik kesma bilan ifodalanadi.
Agarda bu kesmalar inshoot poydevorining barcha burchak- larida teng bo‘lsa, bunday cho‘kish bir tekisda cho‘kish deyiladi, agarda kesimlar teng bo‘lmasa notekis cho‘kish xisoblanadi. Shunday qilib bir tekisda cho‘kish inshootning barcha qismiga bo‘lgan tashqi muhit ta’siri bir xilda bo‘lgan, hamda poydevor tagidagi tog‘ jinslarining bir xilda siqilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Bu holat amalda kam uchraydi.
Notekis cho‘kishlar inshoot qismlariga turli xil ta’sir ko‘rsatilish va tuproqning turlicha siqilishi natijasida yuzaga keladi va bu holat bino va inshootlarni og‘ishiga, egilishi va boshqa xil o‘zgarishlariga olib keladi. Bu o‘zgarishlar sezilarli darajada bo‘lganda bino poydevorlari va devorlarida yorilishlar paydo bo‘lishi mumkin.
Inshootning o‘z og‘irligi natijasida sodir bo‘ladigan cho‘kishlar tuproq qatlamining siqilib borishi natijasida ma’lum vaqtda keyin to‘xtaydi.
Bunda odatdagiday, qumli tuproqlarda cho‘kish katta tezlikda harakatlanadi va tez to‘xtaydi. Loy tuproqli joylarda esa teskari holatda, ya’ni sezilarli bo‘lmagan tezlikda boshlanib, ko‘p yillar davomida tugamaydi.
Bir tomonlama kuch ta’sirida (masalan, suv bosimi) inshoot- larining gorizontal siljishi sodir bo‘ladi.
Bino va poydevorlarning birgalikdagi siljishi quyidagi parametrlar orqali ifodalanadi:
a) alohida poydevor yoki qurilish blokining to‘liq cho‘kishi S; b) bino va inshootlar poydevorining o‘rtacha cho‘kishi S o‘r ;
v) poydevor nuqtalarining notekis cho‘kishi S;
g) nisbiy notekis cho‘kish,  ya’ni poydevor ikki nuqtasi orasidagi cho‘kish farqini nuqtalar orasidagi masofaga nisbati;
d) poydevor nishabligi i; ya’ni cho‘kish farqi S ni poydevor eni yoki uzunligi nisbati. Poydevor nishabligi inshootning og‘ishiga (kren) olib keladi.
e) inshootning burilish burchagi x;
j) inshootning gorizontal siljishi u.
Deformasiyani kuzatish inshoot qurilishi boshlangan vaqtdan, to undan foydalanishning birinchi yillargacha davom ettiriladi. Bunda kuzatish bosqichlari bir oraliqlarda olib borilishiga harakat qilinadi. Bino va inshootlar poydevorlari va konstruksiyalarining siljishi va cho‘kishini geodezik kuzatish maxsus texnikaviy vazifaga binoan bajariladi. U yerda quyidagilar ko‘rsatiladi:
a) bino va inshootlarning kuzatilishi kerak bo‘lgan qismlari;
b) boshlang‘ich reperlar va cho‘kish markalarining joylashishi; v) kuzatish davriyligi;
g) talab qilingan aniqligi;
d) hisobot hujjatlarining ro‘yxati.
Poydevor va binolar deformasiyasi kuzatish natijalari, bino va inshootlarning qanchalik mustahkamligi aniqlashga, hamda cho‘kish sodir bo‘lishini oldini olishga imkon beradi.
Deformasiya sabablari. Yuqorida ko‘rsatilgandek, poydevorlar deformasiyaga tabiiy, texnogen faktorlar ta’siri natijasida yuzaga keladi.
Tabiiy faktorlarga quyidagilarni keltirish mumkin:

  1. tog‘ jinslarining turli xil injener–geologik va gidrogeologik hodisalarga moyilligi;

  2. tog‘ jinslarining sovuqda muzlash va muzlangan jinslarning erishi;

  3. gidrometrik sharoitning o‘zgarishi, ko‘p yillik harorat, namlik va yer osti suvi sathining o‘zgarishi.

Texnogen faktorlarga quyidagilar kiritiladi:

  1. inshootning o‘z og‘irligi ta’siri;

  2. yer osti suvlarining sun’iy ravishda ko‘tarilish va pasayishi sababli tog‘ jinslarining xususiyatini o‘zgartirishi;

  3. yer osti ishlari natijasida poydevorning zaiflashishi;

  4. binoga qo‘shimcha qavat qurilishi yoki yonidan yangi bino bar- po etilishi natijasida, poydevorga bo‘lgan bosim (kuch) o‘zgarishi;

  5. turli xil agregatlar, ishlashi transportlar harakati sababli poydevor tebranishi.

Shular bilan birga inshoot deformasiyasiga poydevor shakli, o‘lchamlari va mustahkamligi ham ta’sir qiladi.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling