Ruza: injenerlik inshootlarni geodezik kuzatish
- shakl. Cho‘kish markalarini o‘rnatish sxemasi
Download 1.12 Mb.
|
15-MA’RUZA INJENERLIK INSHOOTLARNI GEODEZIK KUZATISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18.2-shakl. Yer reperlarini turlari.
18.1- shakl. Cho‘kish markalarini o‘rnatish sxemasi.
Ayrim hollarda reperlar plotinalarning ham pastiga, ham ustki qismiga o‘rnatiladi. Bunday reperlarni sistematik ravishda nivelirlash, suv omboridagi suvning ko‘payib borishi mobaynida plotinaning mustahkamligini bilib borishga imkon beradi. Fundamental - chuqur reperlarga qo‘yiladigan asosiy talab, ularning cho‘kishini kuzatish davridagi mustahkamligi va barqa- rorligi hisoblanadi. Ishchi reperlarga bunday talab qo‘yilmaydi. Ular o‘zlarining mustahkamligini faqatgina ma’lum o‘lchash siklidagina saqlashi talab etiladi. Cho‘kishni II va III klass nivelirlash orqali o‘lchashda boshlang‘ich asos sifatida yer reperlari, hamda bino va inshootlar devorlariga o‘rnatilgan reperlarni qo‘llashga ruxsat beriladi. Yer reperlarining soni uchtadan kam bo‘lmasligi, devoriy belgilar esa to‘rttadan kam bo‘lmasligi kerak. Boshlang‘ich (asos) reperlar o‘rnatilgandan keyin ularning birortasiga yaqinroqda joylashgan geodezik balandlik tarmog‘i nuqtasidan otmetka uzatiladi. Reperlar turlari.18.2-shaklda yer reperining eng ko‘p tarqalgan turi ko‘rsatilgan. 18.2-shakl. Yer reperlarini turlari. Quvursimon yer reperlari sferik boshchadan iborat bo‘lib, 50- 80 mm diametrdagi trubaga mahkamlangan. Montaj vaqtida reper trubasi tayyorlangan quduqqa tushiriladi va betonlanadi. Joy sharoitiga mos ravishda turli xil reperlar qo‘llanilishi mumkin. Invar torli reper, ikki torli reper, bimetal reperlar shular jumlasidandir. 3. Inshootlarni gorizontal siljishini o‘lchash Kuzatish aniqligi va muddatlari. Bino va inshootlar qismlari va konstruksiyalarini gorizontal siljishi quyidagi usullar yordamida o‘lchanishi mumkin: stvor o‘lchashlar; alohida yo‘nalishlar va kesishtirishlar; triangulyatsiya va trilaterasiya; poligonometriya, stereofotogrammetrik plan olish usullari. Qo‘zg‘almas deb qabul qilingan, asos punktga nisbatan aniqlan- gan siljish absolyut gorizontal siljish deb qabul qilinadi. Inshootning qandaydir nuqtasiga nisbatan siljishi nisbiy siljish deyiladi. Qurilish meyori va qoidalariga (QMQ) asosan bino va inshootlar qismlarining gorizontal siljishini kuzatish quyidagi aniqliklarda bajarilishi talab etiladi: 1 mm toshloq va yarim toshloq joylarda qurilgan inshootlar uchun; 3 mm qumloq tuproq va siqiluvchan tuproqda qurilgan binolar uchun; 5 mm toshlardan ko‘tarilgan yuqori bosimli plotinalar uchun; 10 mm ko‘mma, cho‘kuvchan va kuchli siqiluvchan tuproqlarga qurilgan bino va inshootlar uchun. Noyob inshootlar uchun kuzatish aniqligi texnikaviy hisoblarga asosan belgilanadi. Gorizontal siljishni o‘lchash muddatlari tuproq xususiyatiga, inshoot turiga, hamda qurilish va montaj ishlariga bog‘liq holda belgilanadi. Kuzatishning birinchi bosqichi, o‘rnatilgan kuzatish (asos) belgilari holati barqarorlashgandan keyin va inshootga hali gorizontal kuch ta’sir etmasdan bajaraladi. O‘lchash 2-3 marta amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqich kuzatish ishlari, inshootga kuch ta’sir etish boshlanishi bilan birdan bajariladi. Keyingi o‘lchashlar inshootga ta’sir etuvchi kuchlar ortib borishiga bog‘liq holda o‘tkaziladi. Inshoot foydalanishga topshirilgandan keyin uning mustah- kamligini tekshirish uchun yil davomida 1-2 marta siljishni kuzatish ishlari amalga oshiriladi. Kuzatish asosan bahorda yoki kuzda, harorat va yer osti suvlari sathi o‘zgarishi davrida bajariladi. Gorizontal siljishni kuzatish ishlari uning qiymati 1-2 mm ni tashkil etgunga qadar amalga oshiriladi. Kuzatish belgilarini joylashtirish. Inshootning alohida nuqtalari siljishini aniqlash uchun deformasiya (nazorat) marka- lari poydevorga yaqin joylarga o‘rnatiladi. Kuzatish markalari bino perimetri bo‘ylab 20 m oraliqda, ta’sir etuvchi kuch katta qiymatga ega bo‘lganda 10-15 m oraliqda o‘rnatiladi. Gidrotexnik inshootlarga siljishni kuzatish markalari har bir seksiyaga kamida 2 tadan o‘rnatiladi. Belgilarni o‘rnatishda ulardan foydalanish va asbob o‘rnatish qulay bo‘lishi talab etiladi. Asos punktlar, kuzatilayotgan inshootdan tashqarida, mustahkam joyda o‘rnatiladi. Har bir bosqich (sikl) kuzatishda kuzatuv (asos) punktlarining mustahkamligi tekshirib turiladi. Agarda ularning holati yo‘l qo‘yarli darajada o‘zgarsa, shu qiymat tuzatma shaklida kiritiladi. Punktlar o‘rnini belgilashda vizirlash chizig‘ining judayam nishab bo‘lmasligi va to‘siqlar yaqinidan o‘tmasligiga e’tibor beriladi. Alohida hollarda asos belgilar inshootlar tomiga o‘rnatilishiga ruxsat beriladi. Vizir markalari turlari. Siljishni o‘lchash (kuzatish) uchun qo‘llaniladigan belgilarning turli xil konstruksiyalari mavjud. Ulardan eng oddiysi sterjen ko‘rinishidan iborat bo‘lib, tekshirilayotgan inshootga mahkamlashga mo‘ljallangan, ikkinchi uchi esa vizirlash markasini o‘rnatish uchun moslashtirilgan. Ba’zan belgilar ikkita bolt ko‘rinishida mahkamlanadi. Ayrim hollarda vizir markasidan kuzatish belgisi sifatida foydalanish ham mumkin. Bunday hollarda u inshootga mahkamlangan bo‘ladi. Vizirlash markasi odatda geometrik shakl tushirilgan yupqa ekran ko‘rinishidan iborat. Ular harakatlanuvchi va qo‘zg‘almas bo‘lishlari mumkin. Qo‘zg‘almas vizirlash markalari stvordan chetlashishlarni optikaviy o‘lchashda qo‘llaniladi. Harakatlantiruvchi vizirlash markalari, kuzatish belgilarini stvor chizig‘idan chetlashishini bevosita o‘lchashda qo‘llaniladi. Stvor o‘lchash usulida gorizontal siljishni aniqlash. Ikki nuqta orqali o‘tuvchi va unga nisbatan inshoot nuqtalarining stvordan chetlashishi o‘lchanadigan tik (vertikal) tekislikka stvor deyiladi. Odatda, stvor bo‘ylab absissa o‘qi joylashadi, u holda o‘lchanadigan chetlashish ordinata hisoblanadi. Stvor mahkamlangan (belgilangan) nuqtalar deformasiya zonasidan tashqarida joylashishi va butun o‘lchash davomida qo‘zg‘almasligi kerak. Yirik inshootlar uchun bu nuqtalar inshootdan ancha uzoqda joylashgan bo‘ladi, shu sababli yaqinroqdan qo‘shimcha kuzatish nuqtalari o‘rnatiladi. Stvor odatda yuqori aniqlikdagi optikaviy asboblar (teodo- lit, aliniometr, mikroteleskop) yordamida yoki struna tortish orqali berilishi mumkin. Stvor o‘lchashlar to‘g‘ri chiziqli plotinalar, ko‘priklar, bino kolonnalari va boshqa bir to‘g‘ri chiziqda joylashgan nuqtalarning chetlashishini aniqlashda qo‘llaniladi. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling