Ruza: injenerlik inshootlarni geodezik kuzatish
-shakl. Joylashtirish sxemasi
Download 1.12 Mb.
|
15-MA’RUZA INJENERLIK INSHOOTLARNI GEODEZIK KUZATISH
18.3-shakl. Joylashtirish sxemasi.
A1 , A2 –boshlang‘ich asos punktlari; I, I I–kuzatish nuqtalari; 1,2,3–kuzatiladigan nuqta. 18.3-shaklda stvor o‘lchashlarda kuzatish belgilarini joylash- tirishning oddiy sxemasi keltirilgan. Stvor o‘lchash usullari. Inshootlar gorizontal siljishini aniqlash kichik paralaktik burchaklar o‘lchash yoki harakatlan- tiriladigan vizirlash markalaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Siljishni kichik burchaklar yordamida o‘lchashning mohiyati quyidagidan iborat: stvor hosil qiluvchi asbob I punktga o‘rnatiladi va u I,II stvor bo‘ylab oriyentirlanadi, keyin optikaviy asbob yordamida har bitta 1,2,3 nuqtalarning stvordan chetlashish qiymati o‘lchanadi. O‘lchangan burchak qiymati γj va kuzatilayotgan nuqtalargacha bo‘lgan lj masofaga asosan ko‘ndalang siljishning chiziqli qiymati hisoblanadi: (18.1) Siljishni aniqlashning o‘r.kv. xatoligi quyidagicha ifodalanadi: (18.2) bu yerda, mj – burchak o‘lchash xatoligi. Masalan, l= 200 m va mγ=0,7” bo‘lsa, my=0,7mm bo‘ladi. Harakatlantiriluvchi marka usulida stvordan chetlashishning qiymati u bevosita o‘lchanadi. Buning uchun marka mikrometr vinti bilan jihozlangan. Vizir markasining simmetrik o‘qi belgi markazidan o‘tgan holatdagi mikrometr shkalasidagi sanoq, markaning nol o‘rni deyiladi va u teodolit yordamida aniqlanadi. Kuzatish vaqtida harakatlantiriluvchi marka stvor belgisiga o‘rnatiladi va kuzatuvchi ishorasiga binoan vint yordamida harakatlantirilib, I-II stvor bo‘ylab oriyentirlangan vizir chizig‘i bilan tutashtiriladi. Markaning shu holatida uning mikrometr vintidan sanoq olinadi va undan nol o‘rni qiymatini ayirib, kuzatilayotgan nuqtaning stvordan chetlashish qiymati aniqlanadi. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling