Ruza: injenerlik inshootlarni geodezik kuzatish
Qurilish konstruksiyalari egilishini o‘lchash
Download 1.12 Mb.
|
15-MA’RUZA INJENERLIK INSHOOTLARNI GEODEZIK KUZATISH
4. Qurilish konstruksiyalari egilishini o‘lchash
Qurilish konstruksiyalari egilishining o‘lchash usullari turlicha bo‘lib, bunda qo‘llaniladigan asboblar aniqligi bilan farq qiladi. Keyingi paytlarda qurilish konstuksiyalarini joyda va laboratoriya sharoitida sinashda geodezik usullar ko‘proq qo‘llanilmoqda. Injenerlik inshootlarni qurish va ulardan foydalanishda egilishni o‘lchash asboblarini o‘rnatishda qiyinchilik tug‘ilsa yoki umuman imkoniyat bo‘lmagan hollarda geodezik usullar yagona hisoblanadi. Hozirgi paytda boshqalarga nisbatan ko‘proq geometrik va gidrostatik usullar qo‘llaniladi. Konstruksiyalarni egilishini geometrik nivelirlash usulida o‘lchashda yuqori aniqlikdagi va aniq nivelir va maxsus tayyorlangan kichik reykalardan foydalaniladi. Kuzatish vizir nuri katta bo‘lmagan (10-20 m) uzunlikda bajariladi. Bunda nivelir har bir kuzatish siklida mustahkam asosga har doim bir joyga o‘rnatiladi. Odatda, bunday maqsadda maxsus konstruksiyadagi belgilardan foydalaniladi. Bajarilgan kuzatishlar 10-15 m orasida joylashgan ikki nuqta orasidagi balandlik farqini geometrik nivelirlash usuli yordamida 0.03-0.05 mm atrofida o‘rta kvadratik xatolikda aniqlash mumkinligini ko‘rsatadi. Qurilish konstruksiyalari egilishini gidrostatik nivelirlash usulini qo‘llash masofadan turib, yuqori aniqlikda (0.001 mm) o‘lchash imkonini beradi. 5. Bino va inshootlarni og‘ishi (kren) va yorilishini kuzatish Inshootlar og‘ishi (kren) qo‘yilgan texnik talab va kuzatish sharoitiga bog‘liq holda turli xil usullarda aniqlanishi mumkin. Bular mexanik shovunlar va optik markazlashtirgichlar yordamida, geodezik usullar va hokazo. Og‘ishni kuzatish qurilayotgan va qurilib bitkazilgan inshootlarda ham amalga oshiriladi. Poydevor nishabligi hamda bino va inshootlar og‘ishini kuzatishda o‘lchash xatoligi quyidagidan oshmasligi kerak: Agreget va mashinalar osti poydevorlari uchun……….0,00001L; Sanoat va fuqaro binolari devorlari uchun ……………..0.0001H; Tutun chiqaruvchi quvurlar, machtalar uchun………..0,0005H. Bu yerda, L va H – poydevor uzunligi va inshoot balandligi. Shovunlarni qo‘llash. Ayrim hollarda og‘ishni aniqlash uchun shovunlar qo‘llaniladi. Shovun konstruksiyaning yuqori nuqtasiga osiladi va shkalali sanoq moslamasi yordamida uning tik o‘qdan og‘ishi o‘lchanadi. Bu usulda asosiy xato manbai shovun ipining tebranishi hisoblanadi. Qulay sharoitda inshoot balandligi 15 m gacha bo‘lganda bu usul kerakli aniqlikni ta’minlashi mumkin. Tik proyeksiyalovchi asboblarni qo‘llash. Inshoot va konstruk- siyalar og‘ishini aniqlash uchun turli xil optikaviy asboblar, kompensatorli zenit-asboblar qo‘llaniladi. Tik proyeksiyalovchi optikaviy asboblar qulay sharoitlarda, inshoot balandligi 100 m gacha bo‘lganda og‘ishni 2 mm atrofidagi xatolikda aniqlashga imkon beradi. O‘lchash chegarasini kengaytirish va aniqligini oshirish maqsadida zenit-asboblarda nur sochish manbai sifatida lazerlar qo‘llanilmoqda. Lazer nuri tik holatga aniq adilak yoki nivelir kompensatori yordamida keltiriladi. Ko‘pchilik hollarda og‘ishni aniqlash teodolit qo‘llash yordamida amalga oshiriladi. Koordinatalar usuli. Tekshirilayotgan inshoot atrofiga, uning balandligidan 2-3 marta katta bo‘lgan masofada yopiq poligonometriya yo‘li barpo etiladi va doimiy mahkamlangan 3-4 punkt koordinatasi topiladi. Bu nuqtalardan inshootning yuqori qismidagi yaxshi ko‘rinadigan nuqtaning koordinatalari (xj ,yj)aniqlanadi. Bosqich (sikl) koordinatalari (x0 , u0) va joriy kuzatishlari natijalariga binoan hisoblangan koordinatalar farqidan og‘ish (kren) qiymati topiladi, Qx=xj - x0 ; Qy=yj - y0 (18.3) Og‘ishning to‘liq qiymati va uning yo‘nalishi ifoda yordamida hisoblanadi. Tik proyeksiyalash usuli. Inshootning ikkita, o‘zaro perpendikulyar o‘qlarida doimiy punktlar I va II mahkamlanadi (18.4-shakl). Bu punktlarga teodolit o‘rnatilib, ular gorizontal holatga keltiriladi va inshootning bironta yuqori nuqtasi doiraning ikki holatida asosga (poydevorga) proyeksiyalanadi[6]. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling