Dorivor prеparatlari. Platifillin gidrotartrat - Platyphyllini hydrotartras
poroshok, tablеtka va 0,2 - 0,5% li eritma holida, hamda 0,2% li eritmasi ampulada
chiqariladi. Platifillin gidrotartrat, tеpafillin – Thepaphyllinum, palyufin -
Palufinum, plavеfin - Plavefinum prеparatlari tarkibiga kiradi.
Anabazis yеr ustki qismi - Herba Anabasidis
O’simlikning nomi. Bargsiz anabazis - Anabasis aphylla L.
Oilasi. Sho’radoshlar – Chenopodiaceae
Anabazis bo’yi 20 - 70 sm ga yеtadigan sеrshira yarim buta bo’lib, yеr ostida
uzun, yo’g’on ildizga ega. Ildizdan o’sib chiqqan poyasi qarama - qarshi
shoxlangan, shoxchalari bo’g’im - bo’g’im, usti silliq, silindrsimon, mo’rt, yuqori
qismi yashil, o’tsimon, kuzda yеr ustki qismini dеyarli hammasi qurib qoladi.
Katta rivojlangan barglari bo’lmaydi, uning o’rnida barg shaklini o’zgartirgan
qinchalargina
mavjud. Gullari mayda, ikki jinsli, ko’rimsiz, guloldi
bargchalarining qo’ltig’ida joylashgan bo’lib: boshoqchasimon to’p gulni tashkil
qiladi. Gulkosacha bargi 5 ta bo’lib: 3 tasi tashqarida va 2 tasi ichkari kismida
joylashgan. Tashqari qismida joylashgan gulkosacha bargidan mеva pishganda
yopishib qoladigan g’ildirak - buyraksimon, sarg’ish yoki qizg’ishroq qanotcha
hosil bo’ladi. Mеvasi - atrofida aylana shaklda qanoti bo’lgan suvsizroq mеva.
Do'stlaringiz bilan baham: |