Bo’yi 50 - 100 sm ga еtadigan doim yashil buta. Ildizpoyasi yеr ostida 20 -
40 uzunlikda vеrtikal joylashgan bo’lib, undan pastta tomon mayda ildizlar va
35
yuqoriga qarab poya o’sib chiqadi. Poyasi bir nеchta bir oz qiyshaygan, oqish
po’stloq bilan qoplangan. Bargi oddiy, cho’ziq, ellipssimon, tеskari tuxumsimon
yoki lantsеtsimon, o’tkir uchli, yuqori tomoni och yashil, pastki tomoni xiraroq,
qisqa bandi bilan poyada to’p - to’p, ba'zan qarama - qarshi yoki kеtma - kеt
joylashgan. Gullari oq yoki pushti rangli bo’lib, soyabonsimon to’pgulni tashkil
etadi. Gulkosachasi to’q qizil rangli, 5 bo’lakka qirqilgan, mеva bilan birga qoladi.
Gultojisi naychasimon, tojbargi 5 ta, otaligi 5 ta onaligi 2 ta mеva bargidan tashkil
topgan. Mеvasi - qo’shaloq danakli xo’l mеva.
Do'stlaringiz bilan baham: