10
TALABALAR BILIMINI BAHOLASH
Talabalarning darsga tayyorgarlik darajasi va mavzuni o’zlashtirishi dars
jarayononig turli bosqichlarida yozma va og’zaki so’rov (”aqliy xujum”,
“munozara”) va quyida keltirilgan boshqa tehnologiyalar yordamida aniqlanadi.
“Bumerang” treningi
Talabalar kichik bir nechta guruhlarga bo’linadi va vazifa yozilgan material
tarqatiladi, har bitta guruh o’z fikrlarini bayon qiladi hamda guruhlar orasida savol
javob ketadi.
I – guruh vazifasi
1. Alkaloidlarni sifat tahlili.
2. Alkaloidlar tasnifi.
II – guruh vazifasi
1. Alkaloidlar tavsifi.
2. Alkaloidlarni xromatorafik taxlili.
III – guruh vazifasi
1. Miqdoriy taxlil necha bosqichdan iborat.
2. Strixninga sifat reaktsiyasi.
IV – guruh vazifasi
1. Brutsinga sifat reaktsiyasi
2. Alkaloidlarning miqdoriy taxlili.
V – guruh vazifasi
1. Alkaloidlarni fizik - kimyoviy xossalari.
2. Alkaloidlar saqlovchi mahsulotlarning tibbiyotda ishlatilishi.
“Vertushka” treningi
Bu usulda talabalar ikki guruhga bo’linadilar, har bir guruhga bir xil jadval
beriladi. Talabalar jadvalni mustaqil to’ldiradilar, so’ngra bu jadval 3-5 marta
boshqa guruhga aylana bo’yicha o’tadi. Talabalar yana o’z fikrlarini bildiradilar.
Ohirida o’qituvchi yordamida berilgan jadvaldagi vazifa munozara jarayonida
umumlashtirilib, to’g’ri javob aniqlanadi.