Tarkibida bo‘yi, orti, oldi so‘zlari ishtirok etgan joy nomlari qo‘shib yoziladi


Download 14.04 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi14.04 Kb.
#185454
Bog'liq
5a


Biror shaxs, narsa yoki joyga atab qo‘yilgan nomlar atoqli otlar sanaladi. Atoqli otlar nimani atab kelishiga ko‘ra shaxs nomlari, joy nomlari va narsa nomlariga bo‘linadi. Kishilarning ismi, otasining ismi, familiyasi, taxallusini bildiruvсhi otlar shaxs nomlari sanaladi.

Familiyalar shaxs ismidan so‘ng otasining ismini qoldirish (Usmon Nosir), otasining ismiga -ov(a), -yev(a) qo‘shimchasini qo‘shish (Erkin Vohidov) bilan ifodalanadi.

Ma’lum bir geografik hududga atab qo‘yilgan nomlar joy nomlari hisoblanadi. Mamlakat, o‘lka, nomlari qo‘shma so‘z shaklida bo‘lganda, tarkibidagi har bir so‘z bosh harf bilan yoziladi.

Tarkibida bo‘yi, orti, oldi so‘zlari ishtirok etgan joy nomlari qo‘shib yoziladi.

Xalqaro tashkilot, oliy davlat tashkilotlari va mansablarining nomlari tarkibidagi har bir so‘z bosh harf bilan yoziladi. Vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va korxonalar nomi tarkibidagi birinñhi so‘z bosh harf bilan yoziladi.

Turli korxonalar, mahsulotlar, inshootlar, transport vositalari kabilarga berilgan shartli nomlar qo‘shtirnoq ichida bosh harf bilan (birikmali holatlarda faqat birinchi so‘z) yoziladi: «Turkiston» (saroy), «Sharq gullari» (firma).

Tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi birinchi so‘z bosh harf bilan yoziladi.

Shaxs otlari «kim?» so‘roq‘iga javob bo‘lib, shaxslarni yoshiga, yashash joyiga, mansab-unvoniga, kasb-koriga, ijtimoiy holatiga, qarindoshlik darajasiga, nasl-nasabiga ko‘ra nomlab keladi.



«Nima?» so‘rog‘iga javob bo‘lib, jonli va jonsiz narsalarni bildirgan otlarga narsa otlari deyiladi.

Izoh: Ushbu atoqli otlar haqidagi fikrlar o‘quvchi yoshiga moslashirib berilgan. Biroq imlo qoidaalr juda murakkablashtirilib yuborilgan. Bunda o‘quvchi tushunishga va ko‘plab qoidalarni eslab qolishga qiynaladi. Shaxs ismlariga esa faqat –ov, -ova singari qo‘shimchalarni emas, balki –zoda qo‘shimchasini ham, shariflarni ham kiritish kerak edi. Taxallus haqida ham to‘xtalish kerak.
Download 14.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling