Tarkibida efir moylar bo‘lgan dorivor o‘simliklar Dars maqsadi
Download 78.5 Kb.
|
3. ЛАБ МАВЗУ -
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars vazifasi
- Umumiy malumot: Dorivor limono‘t (
- 9-rasm.
3-mavzu: Tarkibida efir moylar, alkaloidlar, glikozidlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar. 3--LABORATORIY mashg'ulot. Mavzu: Tarkibida efir moylar bo‘lgan dorivor o‘simliklar Dars maqsadi: Talabalarning tarkibida efir moylar bo‘lgan dorivor o‘simliklar (kiyiko‘t, yalpiz, limono‘t, tog‘rayhon, marmarak, qora zira, oddiy tog‘jambil, qarag‘ay (kurtagi), archa (qubbasi) va b.) to'g'risidagi bilimlarini boyitish, ulardan to‘g‘ri foydalanish usullarini o‘rgatish, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish. Dars vazifasi: Tarkibida efir moylar bo‘lgan dorivor o‘simliklardan uy sharoitida damlama va qaynatmalar tayyorlashni o'rganish. O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: suhbat, “Bumerang”, guruhlar. Dars jihozlari – og‘zi yopiladigan idish, o‘lchov idishi, suv, doka, tarkibida efir moylar bo‘lgan dorivor o‘simliklarning yer ustki qismlari. Dars jarayonining mazmuni: Umumiy ma'lumot: Dorivor limono‘t (Melissa Officinalis) yasnotkadoshlar Lamiaceae (labguldoshlar — Labiatae) oilasiga kiradi. Ko‘p yillik, sertukli, 30—60 sm balandlikdagi o‘t o‘simlik. Poyasi bitta yoki ko‘p, qarama-qarshi shoxlangan. Barglari tuxumsimon, bir oz o‘tkir uchli, ser tukli (ustki tomonidan), arrasimon qirrali bo‘lib, qisqa bandi bilan poya va shoxlarida qarama-qarshi o‘rnashgan. Oq rangli, tukli, ikki labli gullari gul bandi bilan barg qo‘ltig‘iga joylashib, to‘p g 9-rasm. Melissa officinalis - dorivor limono‘t ulni hosil qiladi. Mevasi — 4 ta yong‘oqcha. Iyun-avgustda gullaydi, mevasi iyul-avgustda yetiladi. Geografik tarqalishi. O‘rta Osiyo, Qrim, Kavkaz, Rossiyaning Yevropa qismining janubida va boshqa davlatlarda daraxt soyalarida, tog‘li tumanlarda toshlar soyasida va boshqa soya yerlarda o‘sadi. O‘zbekistonning Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida uchraydi. Kimyoviy tarkibi. Yer ustki qismi tarkibida 0,01—0,33% efir moyi, S vitamini, karotin, fenilkarbon kislotalar (kofe, xlorogen, rozmarin, ferul, protokatex va boshqalar), triterpenlar, flavonoidlar (lyuteolin-7-glikozid va boshqalar), 5—10% oshlovchi va boshqa moddalar, urug‘ida 20—27% yog‘ bor. Limono‘tning efir moyi geraniol, linalool, nerol, farnezol va ularni sirka kislotasi bilan birikmasi, limonen, pulegol, geranial, neral va boshqa terpenlardan tashkil topgan. Dorivor preparatlari. Damlama. Download 78.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling