59
lantsetsimon, patsimon kesik bo’lib, asos qismiga tomon torayib boradi. Barg
bo’laklarining uchi barg asosiga qarab yo’nalgan. Gul o’qi tuksiz, ichi kovak,
silindrsimon, uzunligi 15–30 sm. Gullari savatchaga to’plangan. Savatchaning
o’rama
barglari ikki qator joylashgan, gullarining hammasi tilsimon. Gultojisi
5 tishli, tilla rangli, otaligi 5 ta,
onalik tuguni bir xonali, yuqoriga joylashgan.
Mevasi – uchmali pista.
May-iyul oylaridan tortib, to sovuq tushgunga qadar gullaydi.
Mahsulotning tashqi ko’rinishi. Tayyor mahsulot ildizdan,
yoki alohida
ildiz bilan birgalikda o’simlikning er ustki qismidan tashkil topgan.
Ildizi o’q ildiz, shoxlanmagan, uzunasiga burishgan, mo’rt,
ustki tomoni
qo’ng’ir, qari ildizlari esa to’q qo’ng’ir rangda bo’ladi. Ildizi hidsiz, achchiq
mazaga ega.
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Spirt va glitserinda yumshatilgan
ildizni ko’ndalangiga va uzunasiga (tangental) kesib preparat tayyorlanib
mikroskop ostida ko’riladi. Ildiz ko’ndalang kesimida
gruppa holida aylana
bo’ylab joylashgan yumaloq sut naylarini ko’rish mumkin. Tangental holda
kesilgan preparatda esa sut naycha shaklida shoxlangan va bir-biri bilan birlashgan
holda uchraydi. Sut naylari yod ta’sirida sariq – qo’ng’ir rangga, sudan-III eritmasi
ta’sirida esa (bir oz qizdirilgandan so’ng) qizil rangga bo’yaladi.
Ildiz tarkibida inulin bor. Inulin borligini
Molish reaksiyasi yordamida
aniqlash mumkin. Buning uchun ildizdan kesib olingan a-naftolning spirtdagi 20%
li eritmasidan 2-3 tomchi (yoki timol eritmasidan) va kontsentrlangan sulfat
kislotasidan 2-3 tomchi tomizilsa, inulin saqlaydigan hujayralar
binafsha yoki qizil
rangga bo’yaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: