Tarmogʻidagi bir necha korxonalarning


olding, holding kompaniya


Download 24.79 Kb.
bet4/4
Sana07.05.2023
Hajmi24.79 Kb.
#1437413
1   2   3   4
Bog'liq
Kartel

oldingholding kompaniya (inglizchaholding — egalik) — asosiy faoliyati korxonalarning aksiyalarini oʻz tasarrufiga olish orqali ularning ishini nazorat qilish va boshqarishdan iborat boʻlgan kompaniya, bosh korxona. Holding tarkibida asosiy korxona va shoʻʼba korxona yoki bir necha shoʻʼba korxonalar mavjud boʻladi. Xolding kompaniyaning oʻzi ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanmasligi mumkin, lekin koʻp hollarda Holdinglar aksiyalarni boshqarish bilan bir qatorda moliya-kredit, savdo, transport va boshqa faoliyat turlari sohasida tadbirkorlik bilan shugʻullanadi. Ish oqilona tashkil etilganda holding yagona ilmiy-texnika, investitsiya, tashqi iqtisodiy siyosatni oʻtkazish, ayrim xizmatlarni markazlashtirish imkoniyatini yaratadi. Holding boshqa korxonalar aksiyalarining paketlariga egalik qilish orqali nazoratidagi korxonalarning direktorlar kengashi, boshqaruvi va boshqa rahbar organlariga oʻzi taklif etadigan nomzodlarning saylanishini taʼminlash imkoniyatiga ega boʻladi. Holdingning asosiy belgisi bir korxona (bosh korxona) boshqa korxona yoki korxonalar (shoʻʼba korxonalar) tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni nazorat qilish imkoniyatiga egaligida.
Shoʻba korxona — huquqiy jihatidan mustaqil, lekin ustav kapitalida boshqa (asosiy) xoʻjalik jamiyati yoki shirkatning hissasi yuqori boʻlgan xoʻjalik jamiyati[1][2]. Shoʻba korxona muassisi uning ustavini tasdiqlaydi va ayrim boshqaruv, shu jumladan nazorat funksiyalarini oʻzida saqlab qoladi. Shoʻba korxona aksiyadorlik jamiyati yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat boʻlishi mumkin. Shoʻba korxona tashkil etish asosiy korxona oʻzining tuzilmaviy boʻlinmasi yoki mulkiy majmuasi negizida; asosiy korxonani qayta tashkil etish jarayonida oʻz tarkibidan ajratib chiqarish; xoʻjalik jamiyati yoki shirkat tomonidan aksiyadorlik jamiyati aksiyalari nazorat paketini yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat ustav kapitalidagi tegishli hissani sotib olish shakllarida boʻlishi mumkin. Shoʻba korxonaning asosiy korxona bilan oʻzaro munosabatlarining muhim xususiyati shundaki, Shoʻba korxonaning asosiy korxonaga yoki asosiy korxonaning Shoʻba korxonaga mablagʻlarni qaytarib olmaslik bilan oʻtkazishi soliqqa tortilmaydi.
Download 24.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling