Tarmoq adapterlari


Download 96 Kb.
bet4/5
Sana15.06.2023
Hajmi96 Kb.
#1486516
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tarmoq adapterlari

Amaliy  bosqich (Application, прикладный уровень)  yoki  ilovalar  bosqichi, u  quyidagi  xizmatlarni  amalga oshiradi : foydalanuvchining  ilovasini  shaxsan  tasdiqlaydi, masalan,  fayllar  uzatishning  dasturiy  vositalari axborot  bazasiga  ega  bo’lish,  elektron pochta  vositalari,  serverda  qayd  qilish  xizmati. Bu  bosqich  qolgan 6  ta  bosqichni  boshqaradi.
Prezitentatsiya bosqichi(Presentation, презентативый  уровень) axborotni  tanishtirish  bosqichi, bu bosqichda  axborotni  aniqlanadi  va  axborot formatini ko’rinish  sintaksisini  tarmoqqa  qulay  ravishda o’zgartiradi, ya’ni  tarjimon  vazifasini  bajaradi. Shu  yerda  axborot  shifrlanadi  va  deshifrlanadi,  lozim  bo’lgan taqdirda  ularni  zichlashtiradi.
Aloqa  o’tkazish  vaqtini  boshqarish  bosqichi (Session, сеансовый  уровень)  aloqa  o’tkazish  vaqtini boshqaradi(ya’ni  aloqani  o’rnatadi,  tasdiqlaydi  va  tamomlaydi). Bu  bosqichda  abonentlarni  mantiqiy nomlarini  tanish,  ularga  ega  bo’lish  huquqini  nazorat  qilish  vazifalari  ham  bajariladi.
Transport  bosqichi (Transport) paketni  xatosiz  va  yo’qotmasdan,  kerakli  ketma-ketlikda  yetkazib berishni  amalga  oshiradi.  Shu  yerda  yana  uzatilayotgan  uzatilayotgan  axborotlarni  paketga  joylash  uchun bloklarga  taqsimlanadi  va  qabul  qilingan  axborotlarni  qayta  tiklanadi.
Tarmoq  bosqichi (Network,  сетевой  уровень)  bu  bosich  paketlarni  manzillash,  mantiqiy  nomlarni jismoniy  tarqmoq  manziliga  o’zgartirish,  teskariga  ham  va  shuningdek  paketni  kerakli  abonentga  jo’natish yo’nalishini  tanlashga (agarda  tarmoqda  bir  nechta  abonent  bo’lsa) javobgar.
Kanal  bosqichi  yoki  uzatish  yo’lini  boshqarish  bosqichi (data link), bu  bosqich  standard  ko’rishdagi paket  tuzishga  va  boshlash  hamda  tamom  bo’lishni  boshqarish  maydonini  paket  tarkibiga  joylashishiga javobgardir.  Shu  yerda  yana  tarmoqqa  ega  bo’lishni  uzatishdagi  xatoliklar  aniqlanadi  va  yana  qabul qilish  qurilmasiga  xato  uzatilgan  paketlarni  qaytatdan  uzatishni  boshqarish  amalga  oshiriladi.

Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling