Tarmoq faoliyatida kichik biznes subyektlarining hatti-xarakati
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o’rni
Download 153.79 Kb.
|
Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi iq
4.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o’rni
Mamlakatimiz iqtisodiyotini taraqqiy ettirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik alohida ahamiyat kasb etadi va hozirgi sharoitda uning roli yanada ortib bormoqda. Shu sababdan ham Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish har qanday mamlakat iqtisodiyotining barqaror o`sishini ta’minlovchi asosiy bo`g`in va amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo`nalishi hisoblanadi. Iqtisodiyotda ro`y berayotgan turli ijobiy o`zgarishlar ko`p jihatdan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi bilan uzviy bog`liqdir. Respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish va uni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ustuvor yo`nalishlaridan biri qilib belgilangan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlab o`tganlaridek: “...jiddiy va kundalik e’tiborini talab qiladigan yana bir muhim yo`nalish bor. Bu-xususiy mulk va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va ularning ta’sirchan himoyasini ta’minlashdir”5. Jamiyatimizning iqtisodiy negizi bozor iqtisodiyotiga asoslangan. Bozor iqtisodiyotining tayanchi sifatida esa kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi muhim o`rin egallaydi. Ushbu sohani jadal rivojlanishini ta’minlash maqsadida qonunchilik bazasini takomillashtirib borish ob’ektiv zaruriyat hisoblanadi. Chunki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o`rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Mamlakatimizda ham barqaror ijtimoiy-iqtisodiy o`sishni ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining o`rni beqiyosdir. Xususan, ularning yalpi ichki mahsulotdagi salmog`i muntazam o`sib, 2018- yil yakunlari bo`yicha 60,4 foizga, sanoatda esa 37,4foizga oshdi. Ushbu ko`rsatkichlarga erishishda tijorat banklari kreditlash hajmining oxirgi yillarda o’sishi ham muhim omillardan hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo`ljallangan harakatlar strategiyasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik xususida quyidagilar ta’kidlangan: “...kichik biznes va xususiy tadbirkorlik milliy iqtisodiyotni yaratish, jamiyatning ijtimoiy barqarorligini asosi hisoblanuvchi o`rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, raqobat muhitini vujudga keltirish va barqaror iqtisodiy o`sishga erishishda muhim omil bo`lib hisoblanadi” Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ahamiyatini oshirishda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoni alohida rol o`ynadi, chunki bu farmonda xususiy mulkni huquqiy himoya qilishni yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va har tomonlama qo`llab-quvvatlashga asosiy e’tibor qaratilgan. Mamlakatimiz iqtisodiyotini taraqqiy ettirish, yangi ish o`rinlarini yaratish bilan bog`liq masalalarni hal etishda tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirish juda muhimdir, aynan ushbu masalaga berilgan e’tibor yuqorida ta’kidlab o`tilganidek, ushbu sohaning mamlakatimiz YaIMdagi ulushini doimiy oshib borishiga sabab bo`lmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo`llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida 2016-yilda tadbirkorlik bilan shug’ullanayotgan sub’ektlar soni 32 mingtani tashkil etgan. Shu o`rinda biz mazkur sohaning mamlakatimiz hududlarida qanday ahamiyaga ega ekanligini ko`rib chiqamiz. 1-jadval ma’lumotlaridan ko`rinib turibdiki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyot va uning tarmoqlaridagi ulushi ko`rsatkichlarini respublikamiz va Toshkent viloyati hamda Toshkent shahri darajasini solishtirsak, YaIMdagi ulush 2016 yilda respublikamiz bo`yicha 56,9 foizni, Toshkent viloyatida 57,1 foizni, Toshkent shahrida esa 58,9 foizni tashkil etgan, ya’ni poytaxt viloyatida va Toshkent shahrida bu ko`rsatkich respublika darajasidan yuqoridir. Sanoat sohasiga keladigan bo`lsak, bu ulush respublika bo`yicha 45 foiz bo`lsada, Toshkent viloyatida bu ko`rsatkich ancha past, Toshkent shahrida esa 71,4 foiz bo`ldi. Bunday tendentsiya investitsiya sohasida ham saqlandi, aholi bandligida butunlay boshqacha holatni kuzatishimiz mumkin, chunki respublika bo`yicha 78,1 foiz bo`lsa, Toshkent viloyatida 76,8 foiz, Toshkent shahrida esa bor yo`g`i 37,1 foizni tashkil etdi. 2-jadval O`zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushi, foiz hisobida6
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishda 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha harakatlar strategiyasining iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish bo`yicha uchinchi ustuvor yo`nalishida iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulkning huquqlarini himoya qilish va uning istiqbolli rolini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag`batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulkning huquq va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, barcha turdagi to`sqinliklar va cheklanishlarni bartaraf etish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish yo`lida to`liq erkinlik berish, amaliyotda “Agar xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va kuchli bo`ladi” degan printsipni amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, nazorat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning noqonuniy aralashuvini qat’iy oldini olish, davlat mulkini xususiylashtirish tartib-taomillarni yanada kengaytirish va soddalashtirish, xo`jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav jamg`armalarida davlat ishtirokini kamaytirish ko`zda tutilgan. Quyidagi jadval ma’lumotlari orqali kichik biznesning respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi roliga baho beramiz. 2-jadvaldan ko`rinib turibdiki, 2016 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan umumiy investitsiyalar hajmining 40,3 foizi, ya’ni 19963,2 mlrd. so`mlik investitsiyalar o`zlashtirildi, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi jami sanoat ishlab chiqarishining 45,0 foizini, ya’ni 50020,8 mlrd. so`mni tashkil etdi. Shu yili jami iqtisodiyotda band bo`lganlarning 78,1 foizi, ya’ni 10 392,5 ming nafar kishining bandligi ta’minlandi, shu jumladan band bo`lganlarning 8212,1 ming nafari yakka tartibdagi tadbirkorlar, 2180,4 ming nafari kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to`g`ri keldi. 3-jadval Tadbirkorlik rivojlanishining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari
Download 153.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling