Tarmoq iqtisodiyoti fanidan joriy nazorat


 Qishloq xo’jaligida yer resurslarida samarali foydalanishni tashkil


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana23.04.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1390647
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
tarmoq iqtisodiyot 2

2.2. Qishloq xo’jaligida yer resurslarida samarali foydalanishni tashkil 
etish. 
Tarixni olib qaraydigan bo‘lsak, hamma zamonda ham yer masalasi, yerdan 
samarali va maqsadli foydalanish davlat siyosatida eng muhim bosh masalalardan 
biri bo‘lib kelgan va buning oddiy haqiqati barchamizning tirikchilik manbaimiz, 
ishlab chiqarish vositamiz va yashash makonimiz ekanligidadir. 
Bugungi kunda respublikamizning jami yer maydoni 44,9 mln. gektarni 
tashkil etib, shundan qishloq xo‘jaligi yerlari 20,2 mln ga (45 %)ni va shundan 4,3 
mln. gektari yoki 9,5 foizi sug‘oriladigan ekin yer maydonlarini tashkil etadi 
hamda ushbu yerlar respublikamizning “oltin fondi” hisoblanadi. Oziq-ovqat 
mahsulotlari va iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur xom-ashyoning katta qismi 
mazkur suvli yerlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bugunda nafaqat respublikamiz 
ehtiyoji uchun oziq-ovqat va asosiy sanoat xom-ashyosi bazasini taʼminlab 
kelmoqda, balki jahon bozorlarida ham katta hajmda eksport yo‘lga qo‘yilgan. Shu 
sababdan ham respubilkamizdagi sug‘oriladigan yerlar alohida muhofaza etiladi. 


32 
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng agrar sohasini yanada isloh 
qilinishi, yerga bo‘lgan mulk huquqini o‘zgarishi sharoitida yer resurslaridan 
samarali foydalanish tamoyillariga alohida eʼtibor qaratildi. 
Birinchidan, mustaqillikning dastlabki davrlarida respublikamiz qishloq 
xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, qishloqda ishlab 
chiqarish munosabatlarini takomillashtirish, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini 
boshqarishning bozor tamoyillariga mos keladigan tashkiliy tuzilmasini tadbiq 
etish maqsadida sobiq kolxoz va sovxozlar bosqichma-bosqich tugatilib, uning 
bazasida yangi mulkdorlar sinfi - fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. Sug‘orma 
dehqonchilik hamda sug‘oriladigan ekin maydonlari cheklanganligi sharoitida 
mulkchilikning ijara shakllari va shartnomaviy munosabatlarga asoslangan xo‘jalik 
yuritish tizimi tashkil etildi. 
Ikkinchidan, fermer xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, yer 
va suv resurslaridan oqilona foydalanilishini taʼminlash, yerning ekologik holatini 
yaxshilashga qaratilgan zamonaviy innovatsion va resurs tejamkor texnologiyalarni 
keng joriy etish, mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, fermer 
xo‘jaliklarining moliyaviy va iqtisodiy holatini mustahkamlash maqsadida fermer 
xo‘jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari maydonlari maqbullashtirildi. 


33 
Uchinchidan, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, 
ularning unumdorligini oshirish, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini 
ko‘paytirish, shuningdek melioratsiya ishlarini tashkil qilish maqsadida 2007 yilda 
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi tashkil etildi. 
Har yili qabul qilinadigan Davlat dasturlari asosida davlat byudjeti mablag‘lari 
hisobiga jami 1,7 mln. gektardan ortiq sug‘oriladigan maydonlarning suv taʼminoti 
hamda 2,5 mln. gektar maydonlarning meliorativ holatining yaxshilanishiga 
erishildi. Aksariyat hududlarda tuproqning ball boniteti 2-3 ballga ko‘tarildi. 
To‘rtinchidan, so‘ngi ikki yilda qishloq xo‘jaligida yangi tizim, klaster tizimi 
joriy etila boshlandi. Klaster - bitta sohaga birlashgan va bir-biri bilan uzviy 
aloqada bo‘lgan korxonalar guruhi bo‘lib, maʼlum bir turdagi qishloq xo‘jaligi 
ekinini ekishdan boshlab, qayta ishlash, butlash, saqlash, eksport qilish, ilmiy 


34 
ishlanmalarni yo‘lga qo‘yish, urug‘chilik va boshqa muhim yo‘nalishlar 
mujassamlashgan bo‘ladi. 
Bundan eng asosiy maqsad - hududlarni rivojlantirish, qo‘shimcha ish 
o‘rinlarini yaratish, mahalliy byudjet daromadlarini oshirish, tadbirkorlik 
tuzilmalari bilan o‘zaro taʼsirlashish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
subʼyektlarining innovatsion faolligini hamda hududlar innovatsion jozibadorligini 
yuksaltirish, hududiy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishning yangi imkoniyatlarini 
yaratish. 
Beshinchidan, yillar davomida irrigatsiya va melioratsiya holati yomonlashuvi 
natijasida foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni bosqichma-bosqich qayta 
foydalanishga kiritish, yer osti suv zahiralaridan samarali foydalanish, suv tejovchi 
texnologiyalarni joriy etish hamda ichki irrigatsiya tarmoqlarini rekonstruktsiya 
qilish orqali suv yo‘qotilishini kamaytirish, shuningdek, bu ishlarda salohiyatli 
investorlar ishtirokini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan 
samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 5742-sonli Farmoni qabul qilindi. 
Mazkur Farmon bilan qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali 
foydalanish kontsepsiyasi hamda 2020-2030 yillarda qishloq xo‘jaligi yerlaridan 
foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar 
dasturi qabul qilindi. 2030 yilga qadar jami 1 mln. 111 ming gektar qishloq 
xo‘jaligi yerlaridan foydalanish samaadorligini oshirish, bunda yillar davomida 
foydalanishdan chiqib ketgan 298 ming gektar sug‘oriladigan yerlarni qayta 
o‘zlashtirish, 813 ming gektar lalmi va yaylov yerlarda foydalanish 
samaradorligini oshirish belgilab berildi. 
Shuningdek, sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarini maxsus muhofaza 
qilish, ekin yerlarni kamayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ushbu yerlarni 
turli xil qurilish uchun faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori bilan 
ruxsat etilishi qattiq belgilab qo‘yildi. Maʼlumki, shu kungacha amaldagi 


35 
qonunchilikka muvofiq suvli ekin yerlarni noqishloq xo‘jalik ehtiyojlari uchun 
tuman va viloyat hokimlari tomonidan ajratib kelinar edi. 
Shuningdek, irrigatsiya-meloratsiya tarmoqlarini tiklash, rekonstruktsiya 
qilish, suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hamda suvsizlikka chidamli 
ekinlarni ekish orqali foydlanishga kiritish uchun investitsiyaviy shartnoma yoki 
davlat-xususiy sherikchilik asosida ijaraga foydalanish huquqi bilan berilishi 
belgilab berilgan. 


36 
XULOSA 
Xulosa o‘rnida shuni taʼkidlash lozimki, mustaqillikning ilk davridan boshlab 
shu kungacha qishloq xo‘jaligida amalga oshirilib kelinayotgan barcha islohotlar 
zamirida yer resurslaridan yanada samarali va maqsadli foydalanish, yer 
munosabatlarini tartibga solish, sug‘oriladigan yerlarning unumdorligini oshirish, 
ekin yerlarni asrab-avaylash, aholi daromadini yanada oshirish, xalqimiz hayotini 
yaxshilash maqsadi mujassam. 
O’zbekiston qishloq xo'jalik ishlab chiqarishni asosi sug'oriladigan 
dehqonchilikdir. Suv xo'jaligi (kanallar, suv omborlari, injenerlik va gidrotexnika 
inshoatlari) qurilish, yerning miliorativ holatini yaxshilash ishlari va boshqa 
tadbirlar Respublikada keng avj olib ketdi. Mirzacho'ldagi quruq yerlar 
o'zlashtirildi. Bu yerda paxta va qishloq xo'jaligining boshqa maxsulotlarini 
yetishtiradigan yirik tumanlar tashkil etildi. Qarshi, Jizzah, Zarafshon, 
Surxonsherobod dashtlari, Amudaryoning quyi oqimidagi yerlarni o'zlashtirish 
yuzasidan keng ko'lamda ishlar olib borilmoqda. Qishloq xo’jaligidan 
foydalaniladigan yerlar deb qishloq xo'jalik ehtiyojlari uchun berib qo'yilgan va 
shu maqsadlarga mo'ljallangan barcha yerlarga aytiladi. Bunday yerlar jumlasiga 
haydaladigan yerlar, ko'p yillik daraxtzorlar, qo'riqlar, pichanzorlar va yaylovlar 
kirsa, qishloq xo'jaligiga yaroqsiz yerlarga -o'rmonlar, bo'tazorlar, botqoqliklar, 
qum bosgan va boshqa noqulay yerlar kiradi. 
Qishloq xo`jaligi mehnat resursdarini mexnatining qurollanish darajasini 
oshirish ulardan foydalanishni yaxshilash yo`llaridan biridir. Qishloq xo`jaligida 
mehnat har bir ekin turi yoki mahsulot turi bo`yicha texnologiyani hisobga olgan 
xolda zarur vositalar bilan ta`minlanishi kerak. Shu sababli, ayniqsa, kichik
texnika ishlab chiqarini yoki sotib olishni yo`lga qo`yish talab qilinadi.
Qishloq xo`jaligida mulkiy munosabatlarni yanada rivojlantirish ham mehnat 
resurslarinidan foydalanish samarasadorligini oshirishning bir yo`nalishidir. Fan- 
texnika taraqqiyoti qishloq xo`jaligi mehnat resurslaridan foydalanish etibor 


37 
yangi, serhosil ekin navlarini yaratish, ularni ishlab chiqarishga joriy etish, chorva 
mollarining sermahsul zotlarini ko`paytirishga qaratilishi maqsadga muvofiq.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling