Tarmoq kabel tizimining strukturasi Reja


Ba’zi kabellarning vaqt ko‘rsatgichlari


Download 399.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana27.03.2023
Hajmi399.94 Kb.
#1298948
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2) Tarmoq kabel tizimining strukturasi

Ba’zi kabellarning vaqt ko‘rsatgichlari 
Firma 
Kabel 
Kabel 
toifasi 
Qoplama turi NVP Ushlanish 
(nc) 
ATsT 
1010 

non-plenum 
0.67 
4,98 
— 
1041 

— 
0.70 
4,76 
— 
1061 

— 
0.70 
4,76 
— 
2010 

Plenum 
0.70 
4,76 
— 
2041 

— 
0,75 
4,44 
— 
2061 

— 
0,75 
4,44 
Belden 
1229A 

non-plenum 
0,69 
4,83 
— 
1455A 

— 
0.72 
4,63 
— 
1583A 

— 
0,72 
4,63 
— 
1245Ar 

Plenum 
0,69 
4,83 
— 
1457 A 

— 
0,75 
4.44 
1457A 

— 
0,75 
4.44 
Shu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, ko‘pgina kabel tarkibidagi o‘ralgan juftliklarni har 
birining qoplamasi alohida rangda bo‘ladi. Bu hol razyomlarni kabel uchlariga ulash vaqtida, 
ayniqsa, kabel uchlari boshqa-boshqa
xonada bo‘lsa va asboblar yordamida nazorat qilish qiyin holda ulashni sezilarli darajada 
osonlashtiradi. 
O‘ralgan juftli kabellarning ekranlashtirilgan turiga STP IBM 1-turi misol bo‘la oladi, bu 
kabel tarkibida AWG 22-turli ikkita o‘ralgan juftlik bor. Har bir juftlikni to‘lqin qarshiligi 150 
Om.ni tashkil qiladi. Bu turdagi kabellarga maxsus razyomlar (DB-9) ishlatiladi, ular 
ekranlanmagan o‘ralgan juftliklarda foydalaniladigan razyomlardan farq qiladi. 
 Koaksial kabellar 
 
Koaksial kabel elektr toki o‘tkazuvchi kabel bo‘lib, tuzilishi 3.2-rasmda ko‘rsatilgandek, 
markaziy mis sim ichki dielektrik qoplamaga olingan bo‘lib, metall sim to‘qmaga (ekran) 
o‘ralgan hamda u umumiy tashqi qoplamaga olingan bo‘ladi. 
Yaqin vaqtgacha koaksial kabellar eng ko‘p tarqalgan kabellar edi, buning sababi yuqori 
darajada himoyalanganligi (sim to‘qimasi — ekran mavjudligi), to‘qilgan juftlikka qaraganda, 


axborotni uzatish tezligi (500 Mbit/s.gacha) yuqoriligi va katta masofalarga uzatish imkoniyati 
mavjudligi (bir va undan ko‘proq kilometrga). Tarmoqdan ruxsat etilmagan axborotni mexanik 
ulanish orqali olish qiyinligi, shuningdek, u tashqariga sezilarli darajada kam elektromagnit 
nurlanish tarqatishi. Biroq o‘ralgan juftli kabelga nisbatan koaksial kabelni ta’mirlash va yig‘ish 
ishlarini olib borish ancha murakkabdir, narxi ham qimmat (uning bahosi o‘ralgan juftli 
kabellarga nisbatan 1,5-3 barobar yuqoridir). Kabel uchlariga razyomlar o‘rnatish ham murakkab 
ishdir. Shuning uchun bu turdagi kabellarni o‘ralgan juftli kabellarga qaraganda kam ishlatiladi. 
3.2-rasm. Koaksial kabel. 
 
Koaksial kabellar asosan «Shina» topologiyali tarmoqlarda ishlatiladi. Bu holda kabel 
uchlariga signalni ichki aksiga qaytishni oldini olish uchun, albatta, terminatorlar o‘rnatilishi va 
bu terminatorlardan faqatgina bittasi yerga ulanishi kerak. Yerga ulanmasa, kabeldagi sim 
to‘qimasi (ekran) tarmoqni tashqi elektromagnit to‘siqlardan himoya qila olmaydi va tashqi 
muhitga uzatilayotgan axborotni nurlanishini ham kamaytira olmaydi. Lekin kabeldagi sim 
to‘qimani ikki va undan ko‘proq joyidan yerga ulangan taqdirda, tarmoqqa ulangan qurilmalar va 
shuningdek, kompyuterlar ham ishdan chiqarishi mumkin. Terminatorlar, albatta, kabel bilan 
moslangan bo‘lishi shart, ya’ni ular qarshiligi kabelning to‘lqin qarshiligiga teng bo‘lishi shart. 
Masalan, agarda 50 Om kabel ishlatilsa, unga mos terminator faqat 50 Om.li bo‘lishi kerak. 
Koaksial kabellar kamroq «Yulduz» va «Passiv yulduz» topologiyali tarmoqlarda ham 
foydalaniladi, masalan, Arcnet tarmog‘i. Bu holda moslash muammosi keskin soddalashadi, 
chunki kabelning ochiq qolgan uchlariga tashqi terminatorlar lozim bo‘lmay qoladi. 
Kabelni to‘lqin qarshiligi haqidagi axborot har bir kabel o‘ram hujjatida keltiriladi. 
Ko‘pincha lokal tarmoqlarda 50 Om.li (masalan, RG-62, RG-11) va 93 Om.li kabellar (masalan, 
RG-62) ishlatiladi. Televizion texnikasida ko‘p tarqalgan 75 Om.li kabel lokal tarmoqlarda 
ishlatilmaydi. Umuman, o‘ralgan juftli kabellar rusumiga qaraganda koaksial kabellar rusumi 
ancha kam. Bu turdagi kabellardan kelajakda kam foydalaniladi. 
Fast Ethernet tarmog‘ida kaoksial kabellardan foydalanish rejalashtirilmaganligi ham, 
albatta, tasodif emas. Lekin ko‘pchilik hollarda «Shina» topologiya («Passiv yulduz» emas) juda 
qulay. Yuqorida aytib o‘tilganidek, qo‘shimcha qurilma — konsentratordan foydalanishning 
hojati yo‘q. 
Koaksial kabellarning asosan ikki turi mavjud: 

ingichka (thin) kabel, diametri 0,5 sm atrofida, ancha egiluvchan: 

yo‘g‘on (thick) kabel, diametri 1 sm atrofida, ancha qattiq, bu turdagi kabelni zamonaviy 
ingichka kabellar bozordan siqib chiqarmoqda. 
Ingichka kabellar kam masofalarga axborot uzatishda yo‘g‘on kabellarga nisbatan ko‘p 
ishlatiladi, chunki ularda signal so‘nishi ko‘proq. Lekin ingichka kabel bilan ishlash ancha qulay, 
tez har bir kompyuterga o‘tkazish mumkin. Yo‘g‘on kabelni xona devorlariga bir vaziyatda aniq 
mahkamlab qo‘yishni taqozo qiladi. Ingichka kabelga BNSturidagi razyomni ulash qulay va 
qo‘shimcha moslama talab qilinmaydi, lekin yo‘g‘on kabelga ulanish qimmat moslamalardan 
foydalanishga to‘g‘ri keladi, chunki markaziy mis simga etish uchun qoplamalarni teshib o‘ta 
olish hamda himoya sim to‘qima (ekran) bilan ham ulanish lozimdir. Yo‘g‘on kabel ingichka 
kabelga nisbatan narxi ikki barobar qimmat. Shu sababli ingichka kabellar ko‘p qo‘llaniladi. 
Xuddi o‘ralgan juftli kabellar singari koaksial kabellarda ham tashqi qoplama turi muhim 
ko‘rsatgich hisoblanadi. Xuddi shuningdek, bu vaziyatda ham non-plenum (PVC) va shuningdek, 
plenum kabellari ishlatiladi. Tabiiyki, teflonli kabel polivinilxoridli kabelga nisbatan qimmat. 
Odatda, qoplama turini uning rangiga qarab ajratish mumkin. (Masalan, Belden firmasining PVC 


kabellari uchun sariq rang, teflon qoplama uchun qovoqrang.) Koaksial kabellarda signal 
tarqalishining ushlanishi ingichka kabel uchun 5 ns/m.ni tashkil qilsa, yo‘g‘on kabel uchun 4,5 
ns/m.ni tashkil qiladi. 
Hozirgi vaqtda koaksial kabellar eskirib qolgan, deb hisoblanadi va ko‘pchilik hollarda 
ularni to‘liq o‘ralgan juftli kabellar bilan yoki shisha tolali kabellar bilan almashtirish mumkin. 
Kabel sistemalari uchun mo‘ljallangan yangi standartlarga endi koaksial kabel turlari ro‘yxati 
kiritilmagan. 

Download 399.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling