Asinxron mashinalarning maxsus turlari
Rotori tormozlangan faza rotorli asinxron mashina faza regulyator rejimida ishlashi mumkin. Rotorni qo’l bilan yoki boshqa asinxron motor yordamida 3600 gacha burish mumkin. Rotorni tomozlash uchun maxsus reduktorlardan foydalaniladi. Fazoregulyatorning stator cho’lg’ami bir tomonga manbaga ulanib, ikkilanchi tomoni esa yulduz sxemada ulanadi. Rotor cho’lg’ami tarmoq bilan ‘arallel ishlashga ulanadi.
Rotor faza cho’lg’amining magnit o’qi bilan stator faza cho’lg’amining magnit o’qlari orasidagi burchakni bilan belgilanadi. Stator va rotor cho’lg’amlarida natijaviy aylanuvchan magnit maydon Ye1 va Ye2 eyuk larni induktsiyalaydi. Bu eyuk lar bir biridan burchakga siljigan bo’lib, bu burchak rotor cho’lg’amini stator cho’lg’amiga nisbatan burilganligini ko’rsatadi. Fazoregulyatorda cho’lg’amlar orasida faqat magnit bog’lanish mavjud. Fazaregulyatorlar asosan ishlab chiqarish va ilmiy tadqiqot laboratoriyalarda qo’llanadi.
Rotori tormozlangan faza rotorli asinxron mashinalar induktsion reguliyator rejimida ham qo’llanilishi mumkin. Bunda rotor cho’lg’ami birlamchi cho’lg’am bo’lib xisoblanib istehmolchi bilan ketma-ket ulanadi. Stator cho’lg’ami-ikkilam chi cho’lg’am esa tarmoqqa ‘aralel ulanadi. Induktsion reguliyator asosan uch fazali elektr tarmoqlarida kuchlanishni rostlash maqsadida, katta quvvatli elektr motorlar-ni ishga tushirishda qo’llanadi. Uning cho’lg’amlari avto transformotor sxemasiga o’xshash ulanadi. Induktsion regulyatorlarning kuchlanishlari quyidagi ifodalar yordamida aniqlanadi.
U2maks=U1 + E2
U2min=U1 – Ye1
Induktsion ruguliyatorlarni stator va rotor cho’lg’amlarining o’ramlar soni teng bo’lsa Ye2 =E1= U2 bo’lib
U2maks=2U1 U2min=0
Induktsion reguliyatorning birlamchi cho’lg’ami yulduz va uchburchak sxemalarda ulanashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |