Mavzu:
Zamonaviy tarmoqni
loyihalash dasturlari
Reja:
1.Tarmoqni loyihalashtirish
2.
Zamonaviy tarmoqni loyihalash dasturlari
3.
CAD5D , Office Anatomy , Visio dasturlari
Tarmoq muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun loyihalashtirishni rejalashtiring. Quyida
rejalashtirish(loyihalash)da bir nechta omillarni ko‘ramiz:
tarmoqdan maqsad;
tarmoq trafigi haqida xabar(tezligi);
ortiqcha so‘rov(talab)lar;
foydalanuvchini xatti-harakati;
kelajak rivojlanishiga moslashtirish;
xavfsizlikni rejalashtirish;
WANga ulanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish;
LAN va WAN narxi(harajati);
tarmoq topologiya va resurslarni saqlash.
Tarmoqdan maqsad
Birinchi qiladigan ishimiz tarmoqni loyihasi tarmoq istemolchilariga mos
kelishi kerak. Tarmoqdan maqsadni bir qancha umumiy baholashni ko‘ramiz:
Qanaqa turdagi axborotlar tarmoqda bo‘lishilgan?
Qanaqa dasturiy ilovalardan foydalangansiz
va tarmoq resursida kerakli
ilovalarni qanday ishlatgansiz?
Qanaqa qurilmalar bo‘lishilganmi, jumladan printerlar, DVD/CD-ROM
to‘plamlari, ko‘ngilochar qurilmalar, xotira va rezerv qurilmalar?
Tashkilotda biznes namuna qanaqa va bu biznes namuna
bilan tarmoq
bog‘liqligidan qanday foydalanasiz?
Tashkilotning ekspluatatsion strategiyasi yoki biznesida tarmoq qanday rol
o‘ynaydi?
Tarmoqqa qanday turdagi kompyuterlar ulangan va ularning funksiyalari
nimadan iborat?
Qanaqa mobil qurilmalar tarmoq bilan ulangan, jumladan, noutboklar,
planshetli kompyuterlar va smartfonlar?
Qanaqa turdagi printerlar tarmoq bilan ulangan va qanday maqsadda?
Qanday turdagi LANlar va WANlar tarmoq bilan bog‘lanadi?