Tarmoq odob axloqi. (Infoetika) Bu hayotda ko‘rgan-bilganlaringiz asosida bir haqiqatni yaxshi tushunib olgan bo‘lsangiz kerak: insoniyat hayotini odamlarning o‘zaro muomala-munosabatisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi


Download 4.65 Kb.
Sana06.11.2023
Hajmi4.65 Kb.
#1752276
Bog'liq
Tarmoq odob axloqi. (Infoetika)

Tarmoq odob axloqi. (Infoetika)

Bu hayotda ko‘rgan-bilganlaringiz asosida bir haqiqatni yaxshi tushunib olgan bo‘lsangiz kerak: insoniyat hayotini odamlarning o‘zaro muomala-munosabatisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

«Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» kitobida mintaqamizning tabiiy-geografik tuzilishi biz va atrofimizdagi xalqlarni qadimdan jamoa bo‘lib yashashga undagani ta’kidlanadi.

Xulq va odob esa o‘z ichiga juda ko‘p narsani qamraydi.


Yurishturishimiz, odamlar orasida va yolg‘iz qolganimizda o‘zimizni tutishimiz, muomala madaniyatimiz, atrofdagilarga diqqat-e’tiborimiz – bularning bari bir bo‘lib bizning xulq-odobimiz qanday ekanini ko‘rsatadi.

Shunday do‘stlaringiz borki, ularni eshitib charchamaysiz, tinglab maza qilasiz.

Alisher Navoiy «Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz» der ekan, o‘z tilini tiya olmaydigan mana shunday kimsalardan odamlarga ko‘p ozor yetishini nazarda tutgan.

Bir narsani aniq bilishimiz kerakki, elga e’tiborsiz qaraydigan har qanday kishini ana shu el ham e’tiborsiz qoldiradi.


Bu – inson o‘zining badfe’lligi bilan el nazaridan qoladi, deganidir.

Ta’kidlaganimizdek, biz Sharq xalqlari sirasiga kiramiz.


Ota-bobolarimiz
odob-axloq, uyat, iffat, hayo singari chinakam insoniy fazilatlarni ulug‘-
lovchi va insonlardan talab qiluvchi islom diniga e’tiqod qilib kelganlar.

Inson xulq-atvorida uning tili qanchalik ahamiyatga ega ekani to‘g‘risida gapirdik.


Endi G‘arb mamlakatlarida suratga olingan kinofilmlardagi ayrim qahramonlarning tili, muomala usuliga ahamiyat bering.

Bizda qachon va qayerda bo‘lmasin, beparda so‘zlarni ishlatish uyat, andishasizlik hisoblanadi. Faqat hisoblanmaydi, balki shu yozilmagan qoidalarga amal qilishni har bir odam o‘zining insoniy burchi deb biladi.

Bir narsani unutmaslik kerakki, og‘zaki targ‘ibot-tashviqotdan ko‘ra san’at orqali qilinadigan ta’sir nihoyatda kuchli va samarali bo‘ladi.

Negaki, san’at va adabiyot obrazlar orqali ish ko‘radi, ularning ta’siri insonning ongiga, tuyg‘ulariga, hislariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yetib boradi.

Modomiki, biz shu xalq vakili, uning tarixiy vorisi ekanmiz, bu noyob an’analarni ko‘z qorachig‘idek asrashimiz, ularga sodiq qolishimiz, hech qachon o‘zligimizni yo‘qotmasligimiz talab etiladi.

Savol va topshiriqlar

1. Kishi odobining shakllanishida u yashaydigan muhitning qanday ta’siri bor, deb o‘ylaysiz?

2. Xalqimizning «Odobni odobsizdan o‘rgan» degan iborasini sharhlab bera olasizmi?

3. Tengdoshlaringiz xulqi va odobida sizga ma’qul bo‘lmaydigan qanday kamchiliklarni kuzatyapsiz?

4. «Odobsizlik ko‘proq o‘g‘il bolalarga xos bo‘ladi» degan fikrga qanday qaraysiz?

5. Xorijiy filmlar, turli tomoshalarning ijobiy va salbiy jihatlari to‘g‘risida sinfdoshlaringiz bilan munozara uyushtiring.


Download 4.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling