Tarmoq qurilmalari


– rasm. Tarmoqning ikki bo‘lagini repiter yordamida ulash


Download 60.54 Kb.
bet5/6
Sana15.11.2023
Hajmi60.54 Kb.
#1774627
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-maruza (1)

6 – rasm. Tarmoqning ikki bo‘lagini repiter yordamida ulash.

Konsentratorlar (Hub), o‘z nomidan kelib chiqadiki, bir necha tarmoq qismlarini birlashtirib bir butun tarmoq hosil qilishga xizmat qiladilar. Konsentratorlarni aktiv va passivga ajratish mumkin.


Passiv konsentratorlar konstruktiv jihatidan bir necha repiterlarni o‘z tarkibiga olgan bo‘ladi. Ular repiterlar bajaradigan vazifalarini o‘zini bajaradilar (4.17–rasm). Bunday konsentratorlarning alohida olingan repiterlarga nisbatan ahzalligi hamma ulanish nuqtalari bir joyga yig‘ilganligi. Bu tarmoq tuzilishini o‘zgartirishga qulaylik tug‘diradi, tarmoqni nazorat qilish va nosozliklarni topishni osonlashtiradi. Shuningdek hamma repiterlar bu holda sifatli va bir nuqtadan elektr manbayiga ulanadilar.


7 – rasm. Repiterli konsentratorning tarkibi.


Passiv konsentratorlar ba’zi hollarda axborot almashinuviga aralashdilar, yani ba’zi bir aniq xatoliklarni yo‘qotishga yordamlashib.


Aktiv konsentratorlar ancha murakkab vazifalarni bajaradilar, masalan, ular almashuv protokollarini va axborotni o‘zgartirishni amalga oshiradilar. To‘g‘ri, bu o‘zgartirishlar ancha sodda. Aktiv konsentratorlarga misol, kommutatsiya qiluvchi konsentratorlar (switching hub), kommutatorlar bo‘lishi mumkin. Ular paketlarni tarmoqning bir qismidan ikkinchi qismiga uzatadilar, lekin aynan shu tarmoq qismidagi abonentga manzillangan paketnigina uzatadilar. Bu holda paketning o‘zi kommutator tomonidan qabul qilinmaydi. Bu tarmoqda axborot almashish chastotasini kamaytirib yuboradi, chunki har bir tarmoq qismi faqat o‘ziga ta’luqli paketlar bilan ishlaydi.
Ko‘priklar (Bridge, mosti), yo‘naltirgichlar (router, morshrutizatori) va shlyuzlar (gateway) turli xildagi tarmoqlardan bir butun tarmoq hosil qilish uchun ishlatiladi, yaʻni turli quyi bosqich almashish protokollari, xususan, turli o‘lchamdagi paketlar, turli kodlash usullari va turli tezlikdagi uzatishlar va hokazo. Ularni qo‘llash oqibatida murakkab va o‘z tarkibida turli xildagi tarmoq qismlaridan iborat tarmoqqa ega bo‘linadi. Foydalanuvchi nazarida oddiy tarmoq bo‘lib ko‘rinadi, ya’ni yuqori bosqich protokollari uchun tarmoqda «shaffoflik» ta’minlanadi. Tabiiyki ko‘prik, yo‘naltirgich va shlyuzlar konsentratorlarga nisbatan ancha murakkab va qimmat, chunki ulardan axborotga murakkab ishlov berish talab qilinadi. Ular kompyuter asosida nosil qilinib, tarmoqqa tarmoq adapterlari yordamida ulanadi. Aslida ular tarmoqning ixtisoslashtirilgan abonentlaridir (tugun, uzel).
Ko‘priklar – eng sodda qurilma bo‘lib. ular yordamida turli axborot almashish standartli tarmoqlarni birlashtirishda, masalan Ethernet va Arcnet, yoki bir tarmoqning bir necha qismlarini birlashtirishda foydalaniladi. Masalan, Ethernet (17.4 – rasm) foydalaniladi.
4.18 – rasmning ikkinchi rasmsidagi holatda, tarmoq qismlaridagi yuklamani taqsimlash orqali, tarmoqning umumiy unumdorligini oshirishga xarakat qilinadi.




Download 60.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling