Hozirgi paytda kompyuter texnologiyalarining katta sur’atlar bilan rivojlanayotgan yo’nalishlaridan biri - dasturiy majmualarni ishlab chiqishdir.
Bunday majmualar o’zlarining tarkiblari hamda vazifalariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
universal-professional dasturiy majmualar;
ixtisoslashtirilgan dasturiy majmualar;
qo’shimcha dasturiy majmualar.
Universal-professional dasturiy majmualar. Bunday majmualardan eng ko’p tarqalganlari korxona va tashkilotlarning ish hujjatlarini tashkil qilish hamda qayta ishlash jarayonlarini avtomatlashtirishga xizmat qiluvchi ofis - ilovalar (ofisnыye prilojeniya) dir.
Quyida, hozirda eng ommalashgan shunday majmualar hamda ularning tarkibilagi dasturiy vositalar to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.
Microsoft Office majmuasi (Microsoft kompaniyasi mahsuloti)
Tarkibi:
Microsoft Word - ko’p funksiyali matn tahrirchisi;
Microsoft Excel - elektron jadvallarni tashkil qiluvchi va ularni qayta ishlovchi dasturiy vosita;
Microsoft Outlook - elektron daftarchasi va ofis menedjeri. Bu vosita kundalik tavqim (kalendar), telefon daftarchasi, elektron pochta hamda faks ma’lumotlar bilan ham ishlashi mumkin;
Microsoft Power Point – turli prezentasiyalar (matnli, grafik, ovozli, animasiyali, ko’rgazmali ma’lumotlar hamda videolavhalar) tayyorlashga va ularni namoyish etishga xizmat qiluvchi dasturiy vosita;
Microsoft Access - ma’lumotlar bazasini tashkil qiluvchi hamda ular bilan ishlash vositasi;
Microsoft Front Page - Internet sahifalarini (Web sahifalarini) tashkil qiluvchi hamda ularni bezovchi dasturiy vosita;
Microsoft Photo Draw - turli rasmlar bilan ishlashga imkon beruvchi grafik muharrir;
Microsoft Publisher – matnli ma’lumotlarni sahifalashga hamda ularni bezashga xizmat qiluvchi dasturiy vosita;
InfoPath - hujjatlarning turli formalarini tayyorlovchi formalar ustasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |