Tarmoq tushunchasi
Internetga ulanish usullari va tartiblari
Download 2.08 Mb.
|
Tarmoq tushunchasi-fayllar.org
Internetga ulanish usullari va tartiblari.
Internetning kommunikasion funksiyasi foydalanuvchilarning masofadan turib o‗zaro muloqot qilish imkoniyatini yaratib berilishi bilan ifodalanadi. Bunga misol tariqasida internet elektron pochtasi, internet telefon va real vaqt oralig‗idagi bevosita xabar almashish, Chat konferensiya yordamida amalga oshirilayotgan muloqotlarni keltirishimiz mumkin. Bundan tashqari internetning kommunikasion funksiyasi uning foydalanuvchilariga videomuloqot qilish, videokonferensiyalar uyushtirish, bir shaxardan turib ikkinchi shaxar ko‗chalarini (masofadagi Web kameralar yordamida) tomosha qilish va muzeylariga tashrif buyurish, xamda tabiat manzaralaridan roxatlanish imkoniyatlarini yaratib beradi. Buni quyidagi misol yordamida tushuntirishga xarakat qilamiz. Nima uchun Amerika bilan telefon orqali gaplashishning xar daqiqasi 34 $ turadiyu, xuddi shu muloqot internet orqali amalga oshirilsa bir necha o‗n barobar kam xarajat talab qiladi? Internetda muloqot amalga oshirilganda esa, aloqa kanali xam va unda ishtirok etuvchi biror bir texnik vosita xam monopol egallanmaydi. Buning sababi Internet tarmog‗i da uzatilayotgan so‗rov, xabar va ma‘lumotlar bir necha mayda bo‗laklarga ajratilgan "paket"lar ko‗rinishida amalga oshiriladi. Bu paketlar TCR (Transfer Control Rrotocol) paketlari deb ataladi. Xar bir TCR paket tarkibida jo‗natuvchi va qabul qiluvchilarning IR manzillari mavjud bo‗ladi. Internet tarmog‗i da mavjud bo‗lgan kommunikasiya vazifasini o‗tovchi maxsus texnik vositalar va host kompyuterlar TCR paketlar tarkibidagi IR manzillar asosida, paket kimga yo‗llanganligini aniqlab, o‗sha mijozga yoki navbatdagi mijozga yakin bo‗lgan tarmoq tuguniga yo‗naltiradi. Mijoz kompyuteriga etib kelgan TCR paketlar yagona bir xujjatga yig‗iladi. 111-rasm. Xar bir TCR paket jo‗natilayotganida va kimdan qaerda yig‗ilishi kerakligi xaqidagi informasiyani o‗zida olib yurganligi uchun, bir aloqa kanalining o‗zida bir nechta mijozlarning TCR paketlarini bir vaqtning o‗zida aralashtirib uzatish mumkin bo‗ladi (15.4-rasm). Bu paketlar ushbu oqim ichida yo‗qolib xam, adashib xam qolmaydi. Ularni qaysi mijozlarga tegishli ekanliklarini, xamda egalariga to‗la - to‗kis etib borishligini maxsus dastur va texnik vositalar qatoiy nazorat qilib turadi. SHunday qilib Amerika bilan Toshkentni yoki Evropani bog‗lab turgan aloqa kanali bir vaqtning o‗zida millionlab mijozlarga xizmat ko‗rsatishi mumkin. Ma‘lumki internet dunyo miqyosida yuz millionlab kompyuterlarni o‗z tarmog‗iga birlashtirib, unda millionlab host tugunlar mavjuddir. Bunday murakkab strukturaga ega bo‗lgan tarmog‗ning ixtiyoriy bir qismi yoki tuguni, shikastlanishi ishdan chiqishi mumkin. Bunday xollarning oldini olish, xamda TSR paketlar okimini optimallashtirish va boshqarish uchun tarmoqda "marshrutizator" lardan foydalaniladi. Marshrutizator bu paketlarni IR manzillar asosida ta‘lil qilib, ushbu paket kimga tegishli va uni qaysi tartibda, yo‗nalishda uzatishga kam vaqt va xarajat talab qilishligini aniqlagan xolda amalga oshiradigan maxsus qurilma yoki kompyuter ishlayotgan dasturidir. 112-rasm. Natijada bir mijozdan ikkinchi mijozga uzatilayotgan xujjatning TSR paketlari bir necha xil marshrutlar bilan etib borishi mumkin (15.5-rasm). Bunda paketlarning manziliga etib borish tartibi va vaqti turlicha bo‗lishligining a‘amiyati yo‗k. TSR paketlarning markerlanganligi va maxsus strukturasi, paketlarning qaysi tartibda etib kelishidan katoiy nazar ularni yagona bir elektron xujjat shaklida yig‗ish imkonini beradi. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling