Tarmoq xajmi va strukturalariga talablar. USB port orqali kompyuterlarni ulash. Lokal tarmoqlarni modellashtirish
Reja:
Kabelni o‘rnatish uchun ko‘rsatmalarni amalga oshirish
USB port orqali kompyuterlarni ulash
Lokal tarmoqlarni modellashtirish
Kabelni o‘rnatish uchun ko‘rsatmalarni amalga oshirish
Tarmoq kabelini montaj qilish ko‘p tashkilotlarning hayotining bir qismi, boshqa barcha komponentalar unga bog‘liq. Tarmoqni loyihalashtiruvchi sifatida, mumkin bo‘lgan eng yuqori sifatli kabel o‘rnatish. Bundan tashqari, kelajakda foydalanuvchilarni o‘sishi va ish joyini o‘zgarishini inobatga olib qo‘shimcha kabeli o‘rnatish. Tashkilotda kabel o‘rnatilgan bo‘lsa, kabel trassalarini ishlashini tekshiring. Loyihalashtirishda eski kabellarni topish va kabellarni modernizatsiya qilish rejasini ishlab chiqish tarmoqni kengaytirishga, yuqori tezlikda kommunikatsiya va moslashuvchan WAN ulanishga yo‘l ochadi. Vaqt o‘tishi bilan kabel eskiradi joriy IEEE spetsifikatsiyalar yoki frayd kodlar ishlamasligi mumkin.
Kabellarni modernizatsiya qilishda strategiyalar.
Kabelni almashtirishni rejalashtirishda quyidagi omillarni hisobga oling:
amaldagi kabelni almashtirish, jumladan eksi ingichka(koaksial) kabel avlodi Cat 3ni Cat 5ga;
kabel va konnektor(ulagich) xarajatlari;
o‘rnatish(montaj) xarajatlari;
muhit talablari, jumladan plenum joylar va EMI/RFI(ekran qo‘yib elektromagnit maydonidan saqlash va radiochastotali xalal beruvchi to‘siqlar) joylar;
qo‘shimcha kabelga talablar, keyinchalik ofislarni omborlari yoki kelajakda ofislardagi foydalanuvchilarni ortishi;
Kommutatsion shkaf joylari;
simsiz tarmoqdan foydalanishda, tashkilotning pulini tejaladi va ulanishga va xavfsizlikka bo‘lgan talablarni ko‘rishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |