- 2.3.6-rasm. GSM texnologiyasi yordamida Internetga ulanish
- O‘zbekiston Respublikasidagi Internet tarmog‘ining rivojlanishi. Respublikamizda milliy Internet-segmentini rivojlantirish bo‘yicha ishlar O‘zR Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002 yil 6 iyundagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan “2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi”ga asosan amalga oshirilmoqda.
- Respublika telekommunikatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish natijasida mamlakatimiz aholisining keng qatlamlari uchun Internet xizmatlaridan foydalanish borgan-sari engil bo‘lib bormoqda. Hozirgi vaqtda respublikamizda Internet foydalanuvchilarining umumiy soni 12 mln. kishidan ortdi. Mobil Internet foydalanuvchilarining soni esa hozirgi kunda 5 mln. kishini tashkil etadi.
- Respublikamizda AKTni rivojlantirishga bo‘lgan katta e’tibor tufayli Internet tarmog‘ida milliy resurslar soni yildan yilga ortmoqda. Hozirgi kunda respublikada UZ domen zonasida domen nomlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha 12 ta registratorlar, UZ domen zonasida domen nomlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha viloyatlardagi kompyuterlashtirish markazlari soni 9 tani tashkil etadi. Tomas, Billur.com, Arsenal-D, Sarkor Telecom, VSS, TV-Inform va Simus. (2.3.7-rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |