Tarmoqlangan axborot texnologiyalari


Download 1.73 Mb.
bet1/6
Sana05.01.2022
Hajmi1.73 Mb.
#213996
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tarmoqlangan axborot texnologiyalari

Tarmoqlangan axborot texnologiyalari

Reja:

  • Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati.
  • Tarmoq turlari.
  • Internet tarmog’ining tuzilishi.

Hozirda kompyuterlarni qo‘llashda ko‘pgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta’riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Buni butun dunyo kompyuter tarmog‘i hisoblanmish Internet misolida yaqqol ko‘rish mumkin.

  • Hozirda kompyuterlarni qo‘llashda ko‘pgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta’riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Buni butun dunyo kompyuter tarmog‘i hisoblanmish Internet misolida yaqqol ko‘rish mumkin.
  • Uzatish kanallari orqali o‘zaro bog‘langan shaxsiy kompyuterlar majmuiga kompyuterlar tarmog‘i deyiladi. Bu tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot almashuv vositasi va apparat, dastur hamda axborot tarmog‘i resurslaridan jamoa bo‘lib foydalanishni ta’minlaydi .
  • Kompyuterlarni bir-biri bilan bog‘lash. Kompyuterlar orasida ma’lumot almashish va umumiy masalalarni birgalikda echish uchun komyuterlarni bir-biri bilan bog‘lash ehtiyoji paydo bo‘ladi. Kompyuterlarni bir-biri bilan bog‘lashda ikki xil usuldan foydalaniladi:
    • Kabel yordamida bog‘lash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, o‘ralgan juftlik kabeli (UTP) yoki optik tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plata yordamida bog‘lanadi.
    • Simsiz bog‘lanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalari yordamida, ya’ni radio to‘lqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth texnologiyalari yordamida bog‘lanadi.
  • Bir-biri bilan bog‘langan kompyuterlarning bunday majmuasi kompyuter tarmog‘ini tashkil etadi.
  • Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati. Tarmoq - kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma’lumot almashishini ta’minlaydigan aloqa kanallari bilan o‘zaro bog‘langan majmuidir. Kompyuterlararo ma’lumotlarni almashishni ta’minlab beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi.
  • Tarmoq orqali axborotlarni uzoq masofalarga uzatish imkoniyati vujudga keldi. Tarmoq axborotlarni uzatish, alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir nechta kompyuter yordamida echish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari har bir kompyuterni ma’lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan (ma’lumotlari, xotirasi) birgalikda foydalanish hamda butun dunyo kompyuterlarini o‘zida birlashtirgan Internet tarmog‘iga bog‘lanish mumkin.

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling