Tarmoqlar iqtisodiyoti


Sanoat tarmoq tuzilmasi va uni belgilovchi omillar


Download 29.96 Kb.
bet2/2
Sana20.12.2022
Hajmi29.96 Kb.
#1033905
1   2
Bog'liq
tarmoq 4-joriy (2)

2.Sanoat tarmoq tuzilmasi va uni belgilovchi omillar
Tarmoq tuzilmasi deganda, uning tarkibi, tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlar va o‘zaro bog‘liqlik tushuniladi. Tarmoq tuzilmasi sanoat taraqqiyoti darajasini belgilaydi hamda unda yuz bergan va yuz beradigan o‘zgarishlarni aks ettiradi. Tarmoq tuzilmasiga binoan quyidagi jihatlarni aniqlash mumkin bo‘ladi:
 ijtimoiy mehnat taqsimoti va kooperatsiyaning darajasini;
 mamlakatning iqtisodiy jihatdan mustaqil ekanligini;
 sanoat va butun iqtisodiyotning ilmiy-texnika salohiyatini;
 mamlakat va uning viloyatlari sanoatining rivojlanish darajasini;
 sanoat tarmog‘ining “A“ guruhi bilan “B“ guruhi o‘rtasidagi ishlab chiqarish aloqadorligini;
 ijtimoiy mehnat unumdorligi yoki ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligining darajasini;
 mehnatkashlarning moddiy faravonligi va madaniy darajasi o‘sganligini.
Sanoat tarmoqlari tuzilmasini tavsiflash uchun ayrim tarmoqlar o‘rtasidagi ma’lum ishlab chiqarish aloqadorligini ifodalovchi miqdoriy nisbatlarni aniqlab olish kerak. Bu muammoni hal etish uchun bir qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ulardan biri tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlarni ifodalasa, ikkinchisi ma’lum davr ichidagi tuzilmaviy o‘zgarishlarni, uchinchisi esa ishlab chiqarish aloqalarini ifodalaydi. Tarmoq tuzilmasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar jumlasiga quyidagilar kiradi: -mustaqil sanoat tarmoqlarining soni; -tarmoqlarning sanoat ishlab chiqarish umumiy hajmidagi salmog‘i; -tarmoq rivojining sur’ati; -tarmoqning ilgarilab ketish koeffitsiyenti. Mustaqil sanoat tarmoqlarining soni mamlakat industrial taraqqiyoti, uning iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyati, iqtisodiy jihatdan mustaqilligini ifodalaydi. Tarmoqning yalpi mahsulot sanoat ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi ulushi, ishchilar soni va asosiy fondlar qiymatidagi salmog‘i ko‘rsatkichlari bilan o‘lchanadi. Tarmoqning rivojlanish sur’atini quyidagicha ifodalash mumkin: Х П C 100 *  , bu yerda C – tarmoqning rivojlanish sur’ati; П – tarmoq rivojlanishining rejali darajasi; X – tarmoq rivojining hisobot davridagi darajasi. 31 Tarmoqning rivojlanish koeffitsiyenti tarmoqlar tarkibidagi miqdor o‘zgarishlarni ifodalaydi va ma’lum davrdagi sanoat tarmoq tuzilmasidagi siljishlarni ko‘rsatib beradi. Bu koeffitsiyent quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Ср с Тр с К * *  , bu yerda Tr * c – tarmoqning rivojlanish sur’ati; Sr * c – sanoatning rivojlanish sur’ati. Sanoat tarmoqlari orasidagi yuzaga kelgan mutanosibliklar va ularning o‘zgarishiga ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi hamda boshqa bir qator omillar ta’sir etadi. Sanoat ishlab chiqarish tarmoq tuzilmasini belgilovchi asosiy omillarga quyidagilar kiradi: - fan-texnika taraqqiyoti va uning yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish; - material va yoqilg‘i, energetika resurslarini iqtisodiy tejashni kuchaytirish; - ijtimoiy mehnat taqsimoti, ixtisoslashtirish va kooperativlashtirishning darajasi; - sanoat ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari; - aholining moddiy va madaniy darajasi o‘sishi; - ijtimoiy-tarixiy sharoitlar; - mamlakatning tabiiy resurslari va ularni o‘zlashtirish darajasi; - mamalakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o‘rni va uning boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorligi. Sanoat tarmoq tuzilmasi o‘zgarishiga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri ilmiy-texnika taraqqiyotidir. Fan- texnika taraqqiyoti eng avvalo, yangi mehnat vositalari va mahsulotning yangi turlarini yaratish, mavjud asbob-uskunalar va texnologiya jarayonlarini takomillashtirish, yangilarini joriy etish bilan bog‘liqdir. Bu esa mavjud sanoat tarmoqlaridan yangidan yangi sohalarning ajralib chiqishiga va shakllanishiga turtki beradi. Natijada progressiv hisoblangan, ya’ni avtomobilsozlik, asbobsozlik, radiotexnika va elektronika, lazer texnologiyasi tez sur’atlar bilan rivojlanadi. Bundan tashqari, fan-texnika taraqqiyoti tufayli yangi progressiv xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya turlaridan foydalanish sanoatda ishlab chiqarish xarakterini o‘zgartiradi. Yuqori tejamkorlikka ega bo‘lgan xomashyo, material, yarim fabrikatlar va yoqilg‘i ishlab chiqaradigan tarmoqlar iste’molchi tarmoqlarga yetkazib borishni kengaytirishlari natijasida iqtisodiyotning boshqa tarmoq mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji nisbatan kamayadi. Masalan, sun’iy va sintetik tolani ishlab chiqarishning taraqqiy etishi to‘qimachilik sanoatida bir so‘mlik mahsulot uchun sarflanadigan tabiiy tola sarfini qisqartiradi. Natijada mahsulotning materialtalabligi kamayadi va sanoat bilan qishloq xo‘jaligi, sanoatning qazib oluvchi tarmog‘i bilan ishlov beruvchi tarmog‘i o‘rtasidagi nisbat o‘zgaradi. Sanoat tuzilmasining o‘zgarishiga ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy shakllari – konsentratsiyalash, ixtisoslashtirish va kombinatlashtirish juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarishda kichik korxonalarning ko‘payishi tarmoq taraqqiyotini tezlashtirgani holda uning umumsanoat mahsulotidagi miqyosini oshirishga olib keladi. Ixtisoslashtirish ijtimoiy mehnat taqsimoti jarayonini ifodalagani holda ayrim mahsulotlar yoki mahsulot qismlarini mustaqil ishlab chiqarishga, tayyorlashga, yangi sanoat tarmoqlari tashkil qilinishiga sabab bo‘ladi. Masalan, ixtisoslashtirishning taraqqiy etishi natijasida mashinasozlikda komplektlovchi (butlovchi) buyumlar sanoati, asbob-uskuna sanoati, priborsozlik, elektronika va boshqa sanoat sohalari tashkil topadi. Kooperativlashtirish va kombinatlashtirish tarmoqlar o‘rtasidagi aloqadorlikni kengaytiradi va tarmoq tarkibini murakkablashtiradi. Kishilar moddiy va ma’naviy farovonligining o‘sishi ham sanoat tarmoqlari tuzilmasining o‘zgarishiga muhim ta’sir ko‘rsatadi. Bu omil ta’siri ostida yengil va oziq-ovqat sanoatlarida chiqariladigan mahsulotlar nomenklaturasi va assortimenti o‘zgaradi, shuningdek, madaniy-maishiy buyumlar – televizor, soat, fotoapparat, kir yuvish mashinasi, motosikl, motoroller va boshqalar ishlab chiqaradigan maxsus tarmoqlar tashkil topadi. Sanoat tarmoqlari tuzilmasiga ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim omillardan yana biri, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘rni hisoblanadi. Hozirgi davrda iqtisodiy integratsiyaga kiruvchi har bir mamlakatda ayrim tarmoqlar taraqqiyoti uchun qulay iqtisodiy, ijtimoiy va tabiiy sharoitlar borligi tufayli iqtisodiy integratsiya dasturlari tuzilgan. Ulardagi sanoat o‘z mamlakatining ehtiyojlarinigina emas, balki boshqa davlatlar ehtiyojlarini ham hisobga olgan holda rivojlanmoqda. Mustaqillik yillarida sanoat tarmoq tuzilmasida g‘oyat muhim o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.
Download 29.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling