Tarmoqlar iqtisodiyoti


Kurs ishi mavzusining dolzarbligi


Download 147.48 Kb.
bet2/17
Sana19.11.2021
Hajmi147.48 Kb.
#175706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Курс иши намуна учун 1

Kirish



Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Iqtisodiyotda bozor muvozanatining samarali amal qilishi va raqobat muhitining taminlanishi monopoliyalar, ularning kelib chiqish sabablari va amal qilish xususiyatlarini ko’rib chiqishni taqozo etadi. Bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmi ko’plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko’pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyusiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.

Xususiy mulkchilikning paydo bo’lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro’y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo’lishing umumiy sharoiti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo’jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo’lishi o’z-o’zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko’zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.

Bozor mexanizmining asosiy tarkibiy qismlaridan biri raqobat hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti o‘zining yetuklik darajasi va rivojlanish xususiyatlaridan qat’iy nazar raqobatning mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Shu bilan birga, bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o‘z shakllarini o‘zgartirib boradi. O`zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvrаldаgi PF-4947-sоnli Fаrmоni bilаn tаsdiqdаngаn “2017-2021 yillаrdа O`zbеkistоn Rеspublikаsini rivоjlаntirishning bеshtа ustuvоr yo`nаlishi bo`yichа Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi”dа ishlаb chiqаrishni mоdеrnizаtsiyalаsh vа tехnik-tехnоlоgik yangilаsh, ishlаb chiqаrishgа innоvаtsiоn tехnоlоgiyalаrni qo`llаsh, mаhsulоt ishlаb chiqаrish turlаrini divеrsifikаtsiyalаsh, chuqur tаrkibiy o`zgаrishlаrni аmаlgа оshirish hаmdа tаrmоqlarning rаqоbаtbаrdоshligini

mustаhkаmlаsh bоrаsidа izchil chоrа-tаdbirlаrni аmаlgа оshirish belgilab berilgаn1.




Download 147.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling