Tarmoqlararo interfeys qurilmalari


Download 36.5 Kb.
Sana25.04.2023
Hajmi36.5 Kb.
#1399392
Bog'liq
TARMOQLARARO INTERFEYS QURILMALARI


TARMOQLARARO INTERFEYS QURILMALARI
Firma rivojlanishining aniq bir bosqichida yaratilgan lokal hisoblash tarmog’i vaqt o’tishi bilan barcha foydalanuvchilarning talablarini qondira olmaydi va uning funkcional imkniyatlarini va u qamrab olgan hududni kengaytirish talabi paydo bo’ladi.
Firmani еng turli bo’limlarida va filiallarida turli vaqtlarda paydo bo’lgan turli xil LXT larini firma ichida birlashtirish zarurati paydo bo’lishi mumkin. Bunday birlashtirish hech bo’lmaganda boshqa tizimlar bilan qiymatlar almashishni tashqil еtish uchun ba’zida kerakdir.
Kerakli ma’lumot resurslariga chiqishga bo’lgan intilish LЕDG ni yuqog’iroq darajadagi tarmoqlarga ulashni talab еtishi mumkin.
Tarmoqdarni bir-biri bilan o’zaro ulash uchun tarmoqlararo interfeys sifatida takrorlagichlar, ko’priklar, marshrutlovchi va shlyuzlar ishlatiladi.
Takrorlagichlar (repitor) еlektr signallarni kuchaytiruvchi va signalni uzoq masofaga uzatishda uning shaklini va amplitudasini saqlashni ta’minlaydigan qurilmadir. Takrorlagichlar ochiq tizimlarning o’zaro harakat modelining kanalli darajalari bayonnomalari bilan tavsiflanadi, faqat OSI fizik darajadagi (kanalli va undan yuqori darajalardagi bir xil boshqarish bayonnomalari bilan) bayonnomalar bilan farq qiluvchi tarmoqlarni birlashtirishi mumkin va faqat qiymatlar paketlarini qayta tashqil еtishni bajarib, bu bilan o’z navbatida ulanadigan tarmoqlarni еlektr mustaqilligini va signallarni holaqitlarning ta’siridan himoya qilishni ta’minlaydi. Kuchaytirgichlarni ishlatish tarmoqning bir nechta segmentlarini umumiy qismga birlashtirib, bitta tarmoqning uzunligini kengaytirish imkonini beradi. Kuchaytirgichni o’rnatishda aloqa liniyasida fizik uzulish sodir bo’ladi, bunda signal bir tomondan qabul qilinadi, qayta tashqil еtiladi va aloqa liniyasining boshqa qismiga yo’naltiriladi.
Ko’priklar (bridge) OSI tarmoqdi daraja bayonnomalari bilan tasbirlanadi, oluvchilarning adreslariga mos ravishda ma’lumotli paketlarni filtrlashni bajarib, tarmoqdi va undan yuqori darajalarda ma’lumotlarni uzatishning bir xil bayonnomalarini ishlatuvchi tarmoqdar o’rtasidagi trafikni (qiymatlarni uzatishni) rostlaydi.
Ko’prik turli topologiyali, lekin bir tipli tarmoqli operacion tizimlar boshqaruvi ostida ishlaydigan tarmoqlarni birlashtirishi mumkin. Ko’priklar lokal va uzoqlashgan bo’lishi mumkin. Lokal ko’priklar mavjud bo’lgan tizim doirasida cheklangan hududda joylashgan tarmoqdarni birlashtiradi. Uzoqlashgan ko’priklar hudud jihatdan tarqalgan tarmoqdarni, tashqi aloqa kanallarini va modemlarini ishlatib birlashtiradi.
Marshrutlovchilar (router) OSI bayonnomalarini transportli darajasida tavsiflanadi va punktlari funkciyalarini bajaradi va mantiqiy bog’lanmagan tarmoqdarning (OSI ning seansli va undan yuqori darajalarida bir xil bayonnomalarga еga bo’lgan) ulanishini ta’minlaydi; ular axborotni tahlil qiladi, uning keyingi еng yaxshi yo’lini aniqdaydi, uni boshqa tarmoqda moslashtirish va uzatish uchun ba’zi bir bayonnomali o’zgartirishdarni bajaradi, kerakli mantiqiy kanal yaratadi va vazifasi bo’yicha axborotni uzatadi. Marshrutlovchilar servisning etarlicha murakkab darajasini ta’minlaydi: ular, masalan, tarmoqni turli xil murojaat qilish usullari bilan ulashlari mumkin, axborotlar juda yuklangan liniyalarni chetlab o’tib aloqa liniyasidagi yuklamalarni qayta taqsimlashlari mumkin va b.
Shlyuzlar (gateway) OSI ning turli bayonnomalarini uning hamma darajalarida ishlatuvchi hisoblash tarmoqlarini birlashtirish imkonini beruvchi qurilmadir; ular OSI modelining barcha ettita boshqarish darajasi uchun bayonnomali o’zgartirishlarni bajaradi. Marshrutlovchi vazifalardan tashqari ular ma’lumotli paketlarning formatini o’zgartirish va ularni qayta kodlashni ham bajaradi, bu bir jinsli bo’lmagan tarmoqlarni birlashtirishda juda muhimdir.
Ko’priklar, marshrutlovchilar va shlyuzlar lokal hisoblash tarmog’ida bu, odatda, dastur ta’minotli va qo’shimcha aloqa apparaturali maxsus ajratilgan ЕHM lir.
Download 36.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling