Tarmoqlararo sohalarni boshqarish


O`zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi


Download 64 Kb.
bet2/2
Sana10.11.2023
Hajmi64 Kb.
#1763794
1   2
Bog'liq
Bojxona sohasini boshqarish

O`zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi hisoblanadi
O`zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati to`g`risida”gi qonuni2ga binoan O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi, Davlat bojxona qo`mitasining Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo`yicha boshqarmalari, bojxona komplekslari va bojxona postlari - davlat bojxona xizmati organlaridir. Bojxona organlari:

  • yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;

  • O`zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va o`z vakolati doirasida uning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlaydi;

  • bojxona siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

  • bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi;

  • bojxona to`lovlarini undiradi;

  • bojxona nazoratidan o`tkazilishi kerak bo`lgan tovarlar va transport vositalari shunday nazoratdan o`tkazilishini ta'minlaydi;

  • bojxona haqidagi qonun hujjatlari buzilishining, shu jumladan kontrabandaning oldini oladi, uni aniqlaydi va chek qo`yadi;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatga doir bojxona statistikasini hamda tovar nomenklaturasini yuritadi;

  • O`zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bojxona ishiga oid qismdan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta'minlaydi.

Davlat bojxona xizmati organlariga rahbarlikni O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi amalga oshiradi.
Davlat bojxona qo`mitasi bojxona ishini tashkil qilishni yaxshilash, yagona bojxona siyosatini o`tkazish, respublika bojxona organlarining tezkorligini hamda ular faoliyatining samaradorligini oshirish, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlashda ularning rolini kuchaytirish, shuningdek, bojxona ishi sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasini tashkil qilish to`g`risida"gi 1997 yil 8 iyuldagi Farmoniga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi Bosh bojxona boshqarmasining negizida O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi tashkil qilindi.
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo`nalishlari:

  1. respublika bojxona siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish;

  2. respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, belgilangan vakolatlar doirasida mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash, bojxona qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilib borish;

  3. bojxona ishlarini amalga oshirish chogida fuqarolarning, shuningdek, yuridik shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;

  4. O`zbekiston Respublikasining bojxona chegarasida bojxona nazoratini ta'minlash, shu chegara orqali tovarlar va transport vositalari o`tishini tezlashtirishga imkon beradigan shart-sharoitlarni vujudga keltirish;

  5. kontrabandaga, bojxona qonunchiligini buzishlarga qarshi kurash, narkotik moddalar, psixotrop va portlovchi moddalar, qurol-yarog, valuta boyliklari, milliy boylik hisoblanuvchi badiiy, madaniy-tarixiy va arxeologik meros buyumlari, aqliy mulk obyektlari respublikaning bojxona chegarasi orqali qonunga xilof ravishda olib o`tilishiga chek qo`yish;

  6. savdo-iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishning bojxona vositalarini qo`llash, boj haqi, soliqlar hamda boshqa bojxona to`lovlarini undirib olish;

  7. xorijiy davlatlarning bojxona organlari bilan, bojxona ishi masalalariga mutasaddi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, xalqaro bojxona va savdo tashkilotlarida ishtirok etish, O`zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bojxona ishiga taalluqli qismidan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta'minlash;

  8. tashqi iqtisodiy faoliyatga oid bojxona statistikasi va tovar nomenklaturasini yuritish;

  9. bojxona ishi sohasidagi faoliyat to`g`risida axborot to`plash hamda unga ishlov berish borasidagi avtomatlashtirilgan tizimni ishlab chiqish va joriy etishdan iboratdir.

Bojxona organlari o`z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni davlat boshqaruvining boshqa organlari va davlat hokimiyati mahalliy organlari bilan hamkorlikda bajaradilar. Mazkur organlar bojxona nazoratini amalga oshirish hamda bojxona haqidagi qonun hujjatlarining buzilishiga qarshi kurashda bojxona organlariga ko`maklashishlari shart. Bojxona organlari o`z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida boshqa organlar va tashkilotlar bilan aniqlangan huquqbuzarliklar bo`yicha mavjud materiallar to`g`risidagi axborotni, shuningdek boshqa axborotni qonun hujjatlarida va bitimlarda belgilangan tartibda o`zaro almashadilar.
Bojxona organlari o`z vakolatlari doirasida chiqaradigan hamma uchun majburiy tusdagi normativ hujjatlar tegishli vazirliklar, idoralar bilan kelishilishi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilishi lozim. Bojxona organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o`z vakolatlariga kiradigan ayrim harakatlarning boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan bajarilishiga yo`l qo`yadilar.

1 O`zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi. Toshkent, Adolat, 1998.

2 O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 №9, 230-m.

Download 64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling