Tarmoqlarini
Qishloq xo’jaligi korxonalarini modernizatsiyalashning iqtisodiy samaradorligining tahlili
Download 114.46 Kb.
|
uzbekiston dexkon va fermer xujaliklarini takomillashtirish yo\'nalishlari
Qishloq xo’jaligi korxonalarini modernizatsiyalashning iqtisodiy samaradorligining tahliliHozirgi sharoitda qishloq xo’jaligi rivojlanishini yanada jadallashtirishning eng dolzarb muammolaridan biri tarmoq samaradorligini oshirishdir. Ishlab chiqarish samaradorligi murakkab iqtisodiy kategoriya bo’lib, unda iqtisodiy qonunlarning harakatlari o’z ifodasini topadi va korxona faoliyatining muhim tomoni – natijaviyligi yuzaga keladi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi iqtisodiy samaradorligini xarakterlashda natural va qiymat ko’rsatkichlari tizimidan foydalaniladi. Samaradorlikning natural ko’rsatkichlari qishloq xo’jaligi o’simliklari hosildorligi va hayvonlar mahsuldorligi hisoblanadi. Natural ko’rsatkichlar qiymat ko’rsatkichlarni: yalpi va tovar mahsulot, yalpi va sof daromad, foyda va ishlab chiqarish rentabelligini hisoblashda asos sanaladi. Yalpi mahsulot – ma’lum davr mobaynida yaratilgan barcha qishloq xo’jaligi mahsulotlarining puldagi ifodasi, tovar mahsulot esa, sotilgan mahsulotdir. Yalpi daromad (YaD) –yalpi mahsulot (YaM) qiymati bilan undagi moddiy sarflar (Ms) orasidagi farqdir: ЯД ЯМ Мс Sof daromad (SD) yalpi mahsulot qiymatidan ishlab chiqarish xarjatlari yoki uning tannarxini ayirib tashlash yo’li bilan aniqlanadi: СД ЯМ Тм Sof daromad hajmini yalpi daromad qiymatining ish haqiga to’lovini (Hi) ayirib ham hisoblash mumkin: СД ЯД Хи Iqtisodiy adabiyotlarda yaratilgan (T) va realizatsiya qilingan (T`) sof daromad farqlanadi. Sof daromadning realizatsiya qilingan qismi korxona foydasi hajmiga to’g’ri keladi. Demak, agar sof daromadni yalpi mahsulotni taqsimlash orqali topadigan bo’lsak, unda foyda (F) mahsulotni sotishdan keladigan tushum (Ts) bilan uning to’liq tannarxi (Ts) ayirmasi sifatida hisoblanadi. Ф Тс Тк Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligini umumlashtiruvchi natija rentabellikdir. Rentabellik darajasi (R) foydaning mahsulotning to’liq (tijorat) tannarxiga nisbatan % dagi qiymati sifatida hisoblanadi. Bu ko’rsatkichlar butun qishloq xo’jaligining samaradorligini xarakterlashda ham, tarmoq samaradorligini ifodalashda alohida mahsulot bo’yicha ham qo’llaniladi. Qishloq xo’jaligi moddiy-texnika bazasi sohaga etarli ahamiyat berilmaganligi, texnika, o’g’it, kapital mablag’lar kam ajratilganligi tufayli hozirgi holatga tushdi. Chunonchi, keyingi yillarda qishloq xo’jaligiga xalq xo’jaligiga sarf etilgan kapital mablag’larning 30-32%i ajratilgan. Download 114.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling