Tarmoqlarning texnik vositalari. Reja


Download 218.5 Kb.
bet2/2
Sana07.08.2020
Hajmi218.5 Kb.
#125698
1   2
Bog'liq
Tarmoqlarning texnik vositalari


Modem «modulyator» va «demodulyator» so'zlari birikmasidan hosil bo'lgan. Bu qurilma yordamida axborotlar uzatuvchi kompyuterda raqamli ko'rinishdan analog ko'rinishiga aylantiriladi, shuningdek, qabul qiluvchi kompyuterda analog ko' rinishidan raqamli ko'rinishga aylantiriladi. Boshqacha aytganda, modemning vazifasi kompyuterda «0» va «1» ko'rinishida tasvirlangan ma'lumotni ikki asosiy chastotalik telefon signallariga va aksincha, telefon signalini «0» va «1» yordamida kodlangan axborot ko'rinishiga o'tkazib berishdan iborat. Modemning asosiy xarakteristikasi bodlarda o'lchanadigan ma'-lumotlarni uzatish tezligidan iborat. Zamonaviy modemlarning tez-ligi 2400, 9600, 14400, 19200, 22880 va 33600 boddan iborat. Elek­tron aloqalar uchun ushbu modemlarning ixtiyoriysidan foydalanish mumkin.

Kompyuterlar tarmoqda ishlashi uchun serverga kerakli operatsion tizim o'rnatilishi kerak. Bunday operatsion tizimlar ikki turga bo'linadi. Masalan, Windows for Workdows 95, Windows — 1 Workstation operatsion tizimi serversiz tarmoqlarni tashkil etish imkoniga ega boigan operatsion tizimlar hisoblanadi. Bunday tarmoqdagi kompyuterlar teng huquqli hisoblanadi. Ikkinchi turdagi operatsion tizimlarda tarmoqni hosil qilish uchun maxsus kompyuter — server ajratiladi. Ularga Novell Net Ware NT Server va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Bunday operatsion tizim kompyuter ishini ishonchli va samarali qilib amalga oshiradi.



Savol va topshiriqlar

  1. Tarmoqning texnik vositalariga nimalar kiradi?

  2. Server nima?

  3. Konsentrator nima?

  4. Axborot uzatish kabellari haqida gapirib bering.

  5. Modem nima? Uning vazifasini tushuntiring.

  6. Tarmoqning axborot ashyolariga nimalar kiradi?

  7. Elektron aloqada qanday modem ishlatiladi?

  8. Modemda ma'lumotlarni uzatish tezligining o'lchov birligi nima?

  9. Serversiz tarmoq tashkil etish mumkinmi? Mumkin bo'lsa, qanday qilib?

Download 218.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling