Tarmoqni boshqarish tizimi (Network Management System, nms)
Download 13.75 Kb.
|
Tarmoqni boshqarish tizimi (Network Management System, nms)-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- ICMP boshqarish xabarlari bilan almashish protokoli
Telnet protokoli. Masofaviy qismni kompyuter tarmog‘i bilan
transport ulashni amalga oshiruvchi, protokollar ustidan ishlovchi masofaviy boshqarish ish tartibi maxsus amaliy bosqich protokoli bilan quvvatlanadi Standart va firmalar tomonidan ishlatiladigan ko‘p sonli masofaviy boshqarish protokollari mavjut. IP- tarmoqlar uchun bu turdagi protokol bu telnet protokolidir (RFC 854). Telnet protokoli mijoz-server arxitekturasida ishlovchi, u foydalanuvchini buyruq qatori ish tartibidan chegaralab alfavit-raqam terminal ishini emulatsiyasini ta’minlaydi. Taklif etilayotgan telnet protokolining himoyalanganlik darajasi foydalanuvchini qoniqtirmagan hollarda, himoyalanganlik darajasi yuqoriroq bo‘lgan SSH (Secure Shell) masofaviy boshqarish protokolidan foydalaniladi. ICMP boshqarish xabarlari bilan almashish protokoli Boshqarish xabarlari bilan almashinuv protokoli ICMP (Internet Control Message Protocol). Marshrutizator ushbu tugundan kelgan bironta IP paketini uzatishda duch kelgan xatolar toʻgʻrisida xabar berishiga imkon beradi. Shuni aytish kerakki, ICMP protokoli – bu xatolar toʻgʻrisida xabar beruvchi, lekin xatolarni tuzatuvchi protokol emas. Oxirgi tugun, xato boshqa takrorlanmasligi uchun ayrim xarakatlar qoʻllashi mumkin, lekin bu xarakatlar ICMP protokoli tomonidan belgilanmagan. ICMP protokolining xar bir xabari tarmoq boʻyicha IP paket ichida uzatiladi. ICMP xabarlari bilan IP paketlari, boshqa xar qanday paketlar singari imtiyozsiz marshrutlanadi, shuning uchun ular xam yoʻqolishi mumkin. Bundan tashqari, yuklangan tarmoqda, ular marshrutizatorlarning qoʻshimcha yuklanishini keltirib chiqarishi mumkin. Xatolar toʻgʻrisida juda koʻp xabarlar keltirib chiqarmasligi uchun xatolar toʻgʻrisidagi ICMP xabarlarni tashuvchi IP paketlarning yoʻqolishi, ICMP ning yangi xabarlarini tugʻdirib chiqarmasligi kerak. DNS server. DNS (Domen Name Service – domen nomlar xizmati) – IP manzillar va kompyuterlar domen nomlarini aniqlovchi server. Download 13.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling